Xorazm viloyati yuridik texnikumi "Yurist kitobxon" videoroliklar tanlovini e'lon qiladi.

❗️Diqqat e'lon!

🇺🇿 Adliya vazirligi yuridik texnikumlari o'quvchi-yoshlari o'rtasida kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish, yuridik darsliklarga bo'lgan muhabbatlarini yanada oshirish va o'quvchilarni mustaqil ta'lim olish ko'nikmasini shakllantirish maqsadida Xorazm viloyati yuridik texnikumi "Yurist kitobxon" videoroliklar tanlovini e'lon qiladi.

🎥 "Yurist kitobxon" tanlovida ishtirok etish istagida bo'lgan o'quvchilar o'zlari o'qigan yuridik darsliklardan birini 3 daqiqadan oshmagan videorolik orqali yoritib berishi lozim.

🗓 Videoroliklaringizni texnikum to'garak rahbari Jumanyozov Sanjar (@yurist_kitobxon)ga 2022-yil, 10-fevral, soat 17:00ga  qadar yuborishlaringiz mumkin.

👍 Tanlov g'oliblari eng ko'p ovoz to'plaganiga qarab belgilanadi. Ovozlar 2022-yil, 15-fevral, soat 17:00ga qadar inobatga olinadi.

🏆G'oliblar texnikum tomonidan darajali diplom va esdalik sovg'alar bilan taqdirlanadi.

Xorazm viloyati Yuridik Texnikumi

Bog'lanish ma'lumotlari

O'zbekiston Respublikasi, Xorazm viloyati
Urganch tumani, Fayozov ko'chasi, 1-uy

+998 (62) 229-28-35
xoryuridiktexnikum@umail.uz

Dushanba – Juma / 9:00 – 18:00

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Talabalar uchun resurslar

Ommabop xabarlar

Huquqiy targ'ibot
Xorazm viloyati yuridik texnikumida "Kitob mening do‘stim” ko‘rik-tanlovining texnikum bosqichi bo'lib o'tdi
Huquqiy targ'ibot
"IDROK" - INTELLEKTUAL O'YININING TEXNIKUM BOSQICHI!