Normativ hujjatlar

***********************************************************************************************************************

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING FARMONI
PROFESSIONAL TA’LIM TIZIMINI YANADA TAKOMILLASHTIRISHGA DOIR QO‘SHIMCHA
CHORA-TADBIRLAR TO‘G‘RISIDA


2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalarni amalga oshirish, mehnat bozori talablariga mos yuqori malakali kadrlarni tayyorlash, ta’lim sifatini baholashning xalqaro standartlarini joriy etish, innovatsion ilm-fan yutuqlarini amaliyotga tatbiq etishning samarali mexanizmlarini yaratish orqali mamlakatda ta’lim tizimini isloh qilish bo‘yicha izchil ishlar amalga oshirilmoqda.
Shu bilan birga, professional ta’lim dasturlari YUNESKO tashkiloti tomonidan qabul qilingan Ta’limning xalqaro standart tasniflagichi (MSKO) darajalari bilan uyg‘unlashmaganligi, o‘quv jarayoniga O‘zbekistonning Milliy kvalifikatsiya tizimi to‘laqonli joriy etilmaganligi tayyorlanayotgan kadrlarning mehnat bozorida munosib o‘rin egallashlariga to‘sqinlik qilmoqda.
Professional ta’lim tizimini ilg‘or xorijiy tajribalar asosida takomillashtirish, boshlang‘ich, o‘rta va o‘rta maxsus professional ta’lim bosqichlarini joriy qilish orqali mehnat bozori uchun malakali va raqobatbardosh kadrlar tayyorlash hamda mazkur jarayonga ish beruvchilarni keng jalb qilish maqsadida:
1. 2020/2021 o‘quv yilidan boshlab O‘zbekiston Respublikasida Ta’limning xalqaro standart tasniflagichi (keyingi o‘rinlarda — Xalqaro tasniflagich) darajalari bilan uyg‘unlashgan yangi boshlang‘ich, o‘rta va o‘rta maxsus professional ta’lim tizimi hamda tabaqalashtirilgan ta’lim dasturlari joriy etiladigan ta’lim muassasalari tarmog‘i tashkil etilsin.
2. Quyidagilar:
Xalqaro tasniflagichning 3-darajasiga mos keluvchi ta’lim dasturlari asosida 9-sinf bitiruvchilarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan boshlang‘ich professional ta’lim bosqichida kadrlar tayyorlaydigan ta’lim muassasalari ro‘yxati 1-ilovaga muvofiq;
Xalqaro tasniflagichning 4-darajasiga mos keluvchi ta’lim dasturlari asosida o‘rta professional ta’lim bosqichida kadrlar tayyorlaydigan ta’lim muassasalari ro‘yxati 2-ilovaga muvofiq;
Xalqaro tasniflagichning 5-darajasiga mos keluvchi ta’lim dasturlari asosida oliy ta’lim tizimi bilan integratsiyalashgan o‘rta maxsus professional ta’lim bosqichida kadrlar tayyorlaydigan, oliy ta’lim muassasalari huzurida faoliyat yuritadigan ta’lim muassasalari ro‘yxati 3-ilovaga muvofiq;
Kasbga o‘qitish markazlarini tashkil etish uchun O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tizimiga o‘tkaziladigan kasb-hunar kollejlari ro‘yxati 4-ilovaga muvofiq;
Oliy ta’lim muassasalari quvvatlarini oshirish, istiqbolda xorijiy oliy ta’lim muassasalari va ularning filiallarini tashkil etish uchun beriladigan kasb-hunar kollejlari ro‘yxati 5-ilovaga muvofiq;
Oliy ta’lim muassasalarining ko‘p tarmoqli o‘quv markazlari va amaliyot poligonlarini tashkil etish uchun beriladigan kasb-hunar kollejlari ro‘yxati 6-ilovaga muvofiq;
Binolari umumiy o‘rta ta’lim muassasalari sifatida foydalaniladigan kasb-hunar kollejlari ro‘yxati 7-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga zarur hollarda ushbu band bilan tasdiqlangan ro‘yxatlarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish huquqi berilsin.
3. Belgilab qo‘yilsinki:
a) boshlang‘ich, o‘rta va o‘rta maxsus professional ta’lim muassasalariga Xalqaro tasniflagich bo‘yicha asosiy ta’lim dasturlaridan tashqari quyi darajadagi ta’lim dasturlari bo‘yicha kadrlar tayyorlash huquqi beriladi;
b) tizimda mos ravishda boshlang‘ich, o‘rta va o‘rta maxsus professional ta’lim dasturlari joriy etilgan kasb-hunar maktablari, kollejlar va texnikumlardan iborat professional ta’lim muassasalari tarmog‘i tashkil etiladi;
v) kasb-hunar maktablarida:
kadrlar tayyorlash umumta’lim muassasalarining 9-sinf bitiruvchilari hisobidan shakllantirilgan guruhlarda 2 yillik umumta’lim va mutaxassislik fanlarining integratsiyalashgan dasturlari asosida kunduzgi ta’lim shaklida amalga oshiriladi;
ta’lim olayotgan o‘quvchilar O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti hisobidan bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida oylik stipendiya hamda uch mahal ovqat bilan ta’minlanadi. Bunda, kasb-hunar maktablari o‘quvchilarini uch mahal ovqat bilan ta’minlash yoki mazkur ovqat pullarini ularga to‘lab berish huquqiga ega;
joriy saqlash, faoliyatni yuritish, moddiy-texnik bazani mustahkamlash va kadrlar tayyorlash xarajatlari O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi;
g) kollejlarda:
kadrlar tayyorlash Xalqaro tasniflagichning kamida 3-darajasiga mos ta’lim dasturlarini tamomlagan, “Hayot davomida ta’lim olish” prinsipi asosida kamida umumiy o‘rta ma’lumotga ega bo‘lgan shaxslar hisobidan kasblar va mutaxassisliklarning murakkabligidan kelib chiqqan holda 2 yilgacha muddatda kunduzgi, kechki va sirtqi ta’lim shakllarida davlat buyurtmasi hamda to‘lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi;
joriy saqlash, faoliyatni yuritish, moddiy-texnik bazani mustahkamlash va kadrlar tayyorlash xarajatlari tegishli vazirlik, idoralarning budjetdan tashqari mablag‘lari, o‘quvchilarni davlat buyurtmasi va to‘lov-kontrakt asosida o‘qitishdan tushadigan mablag‘lar hamda qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi;
d) texnikumlarda:
kadrlar tayyorlash Xalqaro tasniflagichning kamida 3 yoki 4-darajasiga mos ta’lim dasturlarini tamomlagan, “Hayot davomida ta’lim olish” prinsipi asosida kamida umumiy o‘rta ma’lumotga ega bo‘lgan shaxslar hisobidan shakllantirilgan guruhlarda kasblar va mutaxassisliklarning murakkabligidan kelib chiqqan holda 2 yildan kam bo‘lmagan muddatda kunduzgi, kechki va sirtqi ta’lim shakllarida davlat buyurtmasi hamda to‘lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi;
o‘rta maxsus ta’lim dasturlarini muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilar o‘z sohasiga mos bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha kirish imtihonlarisiz yakka tartibdagi suhbat orqali oliy ta’lim muassasalarida 2-kursdan o‘qishini davom ettirish huquqiga ega bo‘ladi;
joriy saqlash, faoliyatni yuritish, moddiy-texnik bazani mustahkamlash va kadrlar tayyorlash xarajatlari tegishli vazirlik, idoralarning budjetdan tashqari mablag‘lari, o‘quvchilarni davlat buyurtmasi va to‘lov-kontrakt asosida o‘qitishdan tushadigan mablag‘lar hamda qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi;
e) kasb-hunar maktablari, kollejlar va texnikumlarga idoraviy bo‘ysunuvidan qat’i nazar o‘quv-metodik rahbarlik qilish hamda bu sohada davlat siyosatini yuritish O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.
4. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 2020-yil 1-yanvardan yangi tashkil etiladigan boshlang‘ich, o‘rta va o‘rta maxsus professional ta’lim muassasalarining ta’minotiga, shu jumladan ularning joriy saqlanishiga, faoliyatini yuritishiga, moddiy-texnik bazasini mustahkamlashga Davlat budjeti parametrlari doirasida zarur moliyalashtirishni nazarda tutsin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi hamda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasining umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining 10-11-sinflari o‘quvchilariga kasbiy ta’lim berishga ixtisoslashgan o‘quv-ishlab chiqarish majmualarini tugatish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
Belgilansinki, umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining 10-11-sinflari o‘quvchilariga kasbiy ta’lim berishga ixtisoslashgan o‘quv-ishlab chiqarish majmualari tugatilishi hisobiga bo‘shaydigan mablag‘lar professional ta’lim tizimini moliyalashtirishga yo‘naltiriladi.
6. O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Savdo-sanoat palatasi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda:
a) ikki oy muddatda Milliy kvalifikatsiya tizimiga muvofiq Xizmatchilarning asosiy lavozimlari va ishchi kasblari klassifikatorini qayta ko‘rib chiqsin;
b) ilg‘or xorijiy tajribalar asosida:
uch oy muddatda O‘zbekiston Respublikasida milliy kvalifikatsiya ramkasini;
2020-yil 1-yanvargacha iqtisodiyotning barcha tarmoqlari uchun Kvalifikatsion ramkalarni;
2020-yil 1-aprelgacha Milliy professional standartlarni ishlab chiqsin va amaliyotga joriy etsin.
7. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi:
a) quyidagilarni:
ikki oy muddatda Uzluksiz boshlang‘ich, o‘rta va o‘rta maxsus professional ta’limi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlashni;
uch oy muddatda kasb-hunar maktablari, kollejlar va texnikumlarning namunaviy ustavlarini tasdiqlashni;
2020-yil 1-yanvargacha hududlarda investitsion loyihalar asosida yaratilayotgan ish o‘rinlari, kadrlarga bo‘lgan real ehtiyojlardan kelib chiqib, ta’lim muassasalarining ixtisoslashuvini inobatga olib, mavjud jihozlarni qayta taqsimlashni;
2020-yil 1-aprelgacha idoraviy bo‘ysunuvidan qat’i nazar professional ta’lim muassasalarining o‘qituvchi va ishlab chiqarish ta’lim ustalarini qayta tayyorlash va malakasini oshirishning yangi tizimini joriy etishni nazarda tutuvchi hukumat qarori loyihalarini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
b) 2020-yil 1-iyungacha boshlang‘ich, o‘rta va o‘rta maxsus professional ta’lim tizimi uchun ta’lim dasturlarini ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
8. O‘zbekiston Milliy axborot agentligi, O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi ommaviy axborot vositalarida ushbu Farmonning maqsad hamda vazifalarini keng yoritish bo‘yicha chiqishlar va mavzuga oid ko‘rsatuvlarni tashkil etsin.
9. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Adliya vazirligi boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga mazkur Farmondan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
10. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi A.A. Abduvaxitov va O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.A. Abduxakimov zimmasiga yuklansin.


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2019-yil 6-sentabr,
PF-5812-son

*************************************************************************************************************************
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 6-sentabrdagi PF-5812-son Farmoniga
3-ILOVA
 
Oliy ta’lim muassasalari huzurida tashkil etiladigan texnikumlar
RO‘YXATI
T/rTuman (shahar) nomiTexnikum nomiMetodik yordam ko‘rsatuvchi oliy ta’lim muassasasiVazirlik, idora va tashkilotlar nomiQuvvati (o‘quvchi o‘rni)
Xorazm viloyati
.Urganch tumanXorazm viloyati yuridik texnikumiToshkent davlat yuridik universitetiAdliya vazirligi720
*************************************************************************************************************************
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING
QARORI

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA UZLUKSIZ BOSHLANG‘ICH, O‘RTA VA O‘RTA MAXSUS PROFESSIONAL TA’LIM TIZIMINI TARTIBGA SOLUVCHI NORMATIV-HUQUQIY HUJJATLARNI TASDIQLASH TO‘G‘RISIDA


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Professional ta’lim tizimini yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2019-yil 6-sentabrdagi PF-5812-son Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
O‘zbekiston Respublikasida uzluksiz boshlang‘ich, o‘rta va o‘rta maxsus professional ta’lim to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Boshlang‘ich professional ta’lim bosqichida kadrlar tayyorlaydigan kasb-hunar maktablarining namunaviy ustavi 2-ilovaga muvofiq;
O‘rta professional ta’lim bosqichida kadrlar tayyorlaydigan kollejlarning namunaviy ustavi 3-ilovaga muvofiq;
O‘rta maxsus professional ta’lim bosqichida kadrlar tayyorlaydigan texnikumlarning namunaviy ustavi 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Tizimida o‘rta va o‘rta maxsus professional ta’lim bosqichida kadrlar tayyorlaydigan kollejlar va texnikumlar bo‘lgan vazirliklar, idoralar va xo‘jalik birlashmalari tasdiqlangan namunaviy ustav asosida ta’lim muassasalarining ustavlarini ishlab chiqsinlar hamda ularning faoliyati yo‘lga qo‘yilishini ta’minlasinlar.
3. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 5-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
4. Vazirlar Mahkamasining “2020-yil uchun O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetining barqarorligini ta’minlash va xarajatlarini maqbullashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2020-yil 16-apreldagi 232-son qaroriga muvofiq kasb-hunar maktablarida boshlang‘ich professional ta’lim dasturlari asosida ta’lim oladigan o‘quvchilarga O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti hisobidan bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida oylik stipendiya hamda uch mahal ovqat bilan ta’minlash tartibi 2021/2022 o‘quv yilidan joriy etilishi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari B.A. Musayev hamda O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri I.U. Madjidov zimmasiga yuklansin.

************************************************************************************************************************



Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 7-avgustdagi 466-son qaroriga
1-ILOVA


O‘zbekiston Respublikasida uzluksiz boshlang‘ich, o‘rta va o‘rta maxsus professional ta’lim to‘g‘risida
NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasida uzluksiz boshlang‘ich, o‘rta va o‘rta maxsus professional ta’limni (keyingi o‘rinlarda professional ta’lim deb ataladi) tashkil etish va amalga oshirish tartibini belgilaydi.
2. O‘zbekiston Respublikasida professional ta’lim “Ta’lim to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq amalga oshiriladi.
3. O‘zbekiston Respublikasida professional ta’lim — iqtisodiyotning rivojlanish istiqbollari va ustuvor vazifalarini, zamonaviy texnika va texnologik tendensiyalarni hisobga olib, mehnat bozoridagi kadrlarga bo‘lgan real ehtiyoj, ish beruvchilarning takliflari hamda “Hayot davomida ta’lim olish” prinsipi asosida shaxslarning ta’lim olishiga mo‘ljallangan.
4. Professional ta’limni amalga oshirishda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, boshqa qonun hujjatlariga, shuningdek, ushbu Nizomga amal qilinadi.
5. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
boshlang‘ich professional ta’lim — YUNESKO tashkiloti tomonidan qabul qilingan Ta’limning xalqaro standart tasniflagichi (keyingi o‘rinlarda Xalqaro tasniflagich deb ataladi) 3-darajasiga mos keluvchi ta’lim dasturlari;
kasb — maxsus tayyorgarlik va ish tajribasi natijasida ma’lum bir sohada mehnat faoliyatni amalga oshirish uchun lozim bo‘lgan nazariy bilimlar, amaliy ko‘nikma va malakalar majmuasini egallagan, jismoniy imkoniyat, aqliy qobiliyat va huquqlari ta’minlangan mehnat faoliyati (mashg‘uloti)ning turidir;
kasbiy kompetensiya — bilim, ko‘nikma va amaliy tajriba asosida kasbiy faoliyatga tegishli vazifalarni bajarishda faoliyat yuritish qobiliyati;
kasb-hunar maktabi — Xalqaro tasniflagichning 3-darajasiga mos keluvchi ta’lim dasturlari asosida 9-sinf bitiruvchilarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan boshlang‘ich professional ta’lim bosqichida kadrlar tayyorlaydigan ta’lim muassasalari;
kvalifikatsiya — kasbiy mahorat darajasi yoki pog‘onasi kasbiy talablarning muayyan pog‘onasiga muvofiqligi darajasi;
kollej — Xalqaro tasniflagichning 4-darajasigacha mos keluvchi ta’lim dasturlari asosida kadrlar tayyorlaydigan vazirliklar va idoralar tizimida faoliyat ko‘rsatadigan ta’lim muassasalari;
kompetensiya — bilim, ko‘nikma, malaka va shaxsiy sifatlar majmui;
ko‘nikma — muayyan vazifani bajarish uchun egallangan qobiliyat;
mutaxassislik — biror kasb doirasida ma’lum bir faoliyat turi uchun maxsus tayyorgarlik va amaliy tajribasi bilan erishilgan zarur bilim, ko‘nikma va malakalar majmui;
professional standart — xodimga ma’lum bir kasbiy faoliyat turini, shu jumladan, ma’lum bir mehnat funksiyasini bajarish uchun zarur bo‘lgan malaka talablari;
professional ta’lim — ta’lim oluvchilarda ma’lum bir mutaxassislik va kasblar bo‘yicha kasbiy kompetensiyalarni shakllantiradigan va rivojlantiradigan uzluksiz ta’lim tizimi;
tabaqalashtirilgan ta’lim dasturi — Xalqaro tasniflagichning tegishli darajalariga muvofiq boshlang‘ich, o‘rta va o‘rta maxsus professional ta’limda kadrlar tayyorlash uchun kasb yoki mutaxassisliklarning murakkablik darajalari, o‘qitish muddatlari bir-biridan farq qiladigan ta’lim dasturi;
ta’lim dasturi — professional ta’lim muassasasi bitiruvchisiga muayyan egallagan kasb yoki mutaxassislik bo‘yicha kasbiy faoliyatni malakali bajarish imkonini berishga qaratilgan professional ta’lim tayyorgarligining asosiy mazmunini aniqlovchi ta’lim standartlari, o‘quv rejasi, o‘quv fanlari (modullar) dasturlari, malaka amaliyot dasturlaridan iborat hujjatlar to‘plami;
ta’lim standarti — ta’lim hajmi va mazmunini, bitiruvchilar umumiy va kasbiy kompetensiyalarini shakllantirishning zarur va yetarli darajasini, kadrlar tayyorlash sifatini nazorat qilishni hamda baholash darajalarini belgilaydigan me’yorlar va talablar majmui;
texnikum — Xalqaro tasniflagichning 5-darajasigacha mos keluvchi va oliy ta’lim tizimi bilan integratsiyalashgan ta’lim dasturlari asosida kadrlar tayyorlaydigan hamda oliy ta’lim muassasalari huzurida faoliyat yuritadigan ta’lim muassasalari;
umumiy kompetensiya — bilim, ko‘nikma va amaliy tajriba asosida kasbiga yaqin faoliyat turlarining ko‘pchiligi uchun umumiy bo‘lgan masalalarni hal etishda muvaffaqiyatli faoliyat yuritish qobiliyati;
o‘rta maxsus professional ta’lim — Xalqaro tasniflagichning 5-darajasiga mos keluvchi ta’lim dasturlari;
o‘rta professional ta’lim — Xalqaro tasniflagichning 4-darajasiga mos keluvchi ta’lim dasturlari;
o‘qitishning dual tizimi — ta’limning nazariy qismi ta’lim muassasasida va amaliy qismi ish joylarida tashkil etiladigan o‘qitish turi;
o‘quv rejasi — professional ta’limning muayyan kasbi yoki mutaxassisligi bo‘yicha o‘quv faoliyati turlari, o‘quv fanlari (modullari) va kurslari hamda malaka amaliyotlari tarkibi, ularni o‘rganish izchilligi, soha va tarmoqlarda ish turlarining mavsumiyligini hamda soatlardagi hajmini belgilaydigan hujjat;
o‘quv dasturi — professional ta’lim o‘quv rejasiga kiritilgan fanlar va amaliyotlarning mazmuni, o‘qitishning maqbul usullari, axborot manbalari ko‘rsatilgan hujjat;
o‘quv jarayonining grafigi — ta’lim jarayonining ketma-ketligi va almashuvchanligini, attestatsiya va ta’til vaqtlarini belgilovchi hujjat.
2-bob. Professional ta’limning maqsadi va vazifalari
6. Mehnat bozoridagi ehtiyojlar, jumladan, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari uchun raqobatbardosh kadrlarni professional ta’lim bosqichlarini joriy qilish orqali tayyorlash hamda turli yoshdagi shaxslarning “Hayot davomida ta’lim olish” prinsipi asosida ta’lim olishga bo‘lgan talablarini qondirish professional ta’limning maqsadi hisoblanadi.
7. Quyidagilar professional ta’limning vazifalari hisoblanadi:
ish beruvchilarning talab va takliflariga asosan kadrlarga bo‘lgan real ehtiyojni inobatga olgan holda iqtisodiyot soha va tarmoqlari uchun zarur bo‘lgan malakali mutaxassislarni tayyorlash hamda jamiyatning kasblar va mutaxassisliklarga bo‘lgan talablarini qondirish;
mehnat faoliyatida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini tatbiq qilish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lgan kadrlarni tayyorlash;
mahalliy va xorijiy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikni rivojlantirish, zamonaviy innovatsion o‘quv loyihalarini birgalikda amalga oshirish uchun malakali xorijiy mutaxassislarni jalb etish;
Xalqaro tasniflagich darajalari bilan uyg‘unlashgan tabaqalashtirilgan ta’lim dasturlarini hamda o‘qitishning kredit-modul tizimini bosqichma-bosqich joriy etish;
ta’lim olish bilan birgalikda o‘quvchilarga tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha zarur bilimlarni berish va ularni kelgusida o‘z biznesini tashkil etishi yuzasidan metodik qo‘llab-quvvatlash tadbirlarini amalga oshirish;
mamlakat iqtisodiyotini yanada isloh qilish, uni barqaror o‘stirish hamda modernizatsiyalash jarayonlarida samarali ishtirok etishga qodir bo‘lgan kadrlarni tayyorlash maqsadida o‘quv jarayoniga innovatsiya shakllar, texnologiyalar va ishlanmalarni faol qo‘llab, professional ta’lim va ishlab chiqarishning o‘zaro hamkorligini ta’minlash;
shaxslarning professional ta’lim muassasalarini ixtiyoriy tanlashi va kasb yoki mutaxassislik bo‘yicha bilim olish, shuningdek, “Hayot davomida ta’lim olish” prinsipi asosida kasbiy tayyorgarlik va qayta tayyorlashdan o‘tish imkoniga ega bo‘lish sharoitlarini yaratish;
professional ta’lim olish orqali shaxsning intellektual, madaniy va ma’naviy rivojlanishga bo‘lgan individual ehtiyojlarini qondirish, o‘quvchilarda vatanparvarlikni, faol fuqarolik pozitsiyasini shakllantirish hamda ularda mas’uliyat va ijodiy faoliyatni rivojlantirish.
3-bob. Professional ta’limni tashkillashtirish
8. Professional ta’lim tizimida kadrlar tayyorlash Xalqaro tasniflagich darajalari bilan uyg‘unlashgan va tabaqalashtirilgan ta’lim dasturlari joriy etiladigan professional ta’lim muassasalarida amalga oshiriladi.
Kasb-hunar maktablari, kollejlar va texnikumlar professional ta’lim muassasalari toifasiga kiradi.
9. Professional ta’lim muassasalari qonun hujjatlariga muvofiq tashkil etiladi, qayta tashkil etiladi va tugatiladi.
Davlat professional ta’lim muassasalarini tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Nodavlat professional ta’lim muassasalari belgilangan tartibda jismoniy va nodavlat yuridik shaxslar tomonidan tashkil etiladi.
O‘zbekiston Respublikasi rezidenti bo‘lgan yuridik va jismoniy shaxslarning xorijiy davlatlar va investorlar bilan tuzilgan shartnomalari va kelishuvlari asosida xalqaro professional ta’lim muassasalari tashkil etilishi mumkin.
Xalqaro (davlatlararo) professional ta’lim muassasalarini tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq amalga oshiriladi.
Professional ta’lim muassasasini litsenziyalash va akkreditatsiya qilish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
10. Davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, xo‘jalik birlashmalari qonun hujjatlariga muvofiq professional ta’lim muassasalarining muassislari bo‘lishi mumkin.
11. Professional ta’lim muassasalari xususan, kasb-hunar maktablari nomlari O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (keyingi o‘rinlarda Vazirlik deb ataladi) tomonidan kollejlar va texnikumlarning nomlari esa tegishli vazirlik va idoralar tomonidan Vazirlik bilan kelishgan holda belgilanishi yoki o‘zgartirilishi mumkin.
12. Professional ta’lim muassasasi o‘z tarkibida filiallar, kafedralar, bo‘limlar, o‘quv xonalari va laboratoriyalar, o‘quv va o‘quv-ishlab chiqarish ustaxonalari va xo‘jaliklari, texnoparklar, o‘quv maydonchalari (poligonlar), yotoqxonalar, umumiy ta’lim dasturlarini, professional ta’lim dasturlarini amalga oshiruvchi tarkibiy bo‘linmalar, ta’lim jarayoni bilan bog‘liq boshqa tarkibiy bo‘linmalarga ega bo‘lishi mumkin.
Professional ta’lim muassasalarining namunaviy tuzilmalari bo‘ysunuvidagi vazirliklar va idoralar tomonidan tasdiqlanadi.
Professional ta’lim muassasasining filiali mazkur professional ta’lim muassasasi idoraviy mansubligi bo‘yicha tegishli vazirliklar va idoralar tomonidan Vazirlik bilan kelishgan holda tashkil etiladi va tugatiladi. Professional ta’lim muassasasining filiali ushbu Nizom asosida faoliyat ko‘rsatadi.
13. Professional ta’lim muassasalarida tabaqalashtirilgan ta’lim dasturlari doirasida professional ta’lim beriladi, o‘quvchilarning kasbiy moyilliklari, mahorati va ko‘nikmalarining rivojlanishi, tanlangan kasblar yoki mutaxassisliklarga ega bo‘lishi ta’minlanadi.
14. Ta’lim standarti talablarini bajarish, agar qonun hujjatlarida boshqa holatlar nazarda tutilmagan bo‘lsa, O‘zbekiston Respublikasi hududida faoliyat ko‘rsatayotgan tashkiliy-huquqiy shaklidan va idoraviy bo‘ysunuvidan qat’i nazar (xorijiy ta’lim muassasasi filiallari bundan mustasno) barcha professional ta’lim muassasalari uchun majburiydir.
15. Professional ta’lim sohalari bo‘yicha ta’lim standarti namunasi Vazirlik tomonidan belgilanadi.
Ta’lim sohalari bo‘yicha ta’lim standartlari asosida kasblar va mutaxassisliklarning malaka talablari ishlab chiqiladi.
16. Ta’lim sohalari bo‘yicha ta’lim standartlari, kasblar va mutaxassisliklar malaka talablari, o‘quv rejasi va dasturlarini ishlab chiqish uchun Vazirlik, tegishli vazirliklar va idoralar, tayanch professional ta’lim muassasalari hamda oliy ta’lim muassasalarining tajribali mutaxassislaridan iborat tarkibda mualliflar jamoasi shakllantiriladi.
Ta’lim standartlari va malaka talablari tegishli kasb va lavozimlarning professional standartlari yoki malaka talablari asosida ishlab chiqiladi.
Tayanch professional ta’lim muassasalari ro‘yxati Vazirlik tomonidan belgilanadi.
Ishlab chiqilgan ta’lim standartlari, malaka talablari, o‘quv rejasi va dasturlari Vazirlik tomonidan tasdiqlangandan so‘ng ta’lim jarayoniga joriy etiladi.
Ta’lim standartlari, malaka talablari, o‘quv rejasi va dasturlarini takomillashtirish, ularga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish ish beruvchi tashkilotlarning takliflariga asosan Vazirlik tomonidan amalga oshiriladi.
Imkoniyatlari cheklangan shaxslar uchun Vazirlik tomonidan Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan birgalikda professional ta’limning maxsus dasturlari ishlab chiqiladi.
17. Ta’lim standartlari, malaka talablari, o‘quv rejasi va dasturlarini joriy etish, muvofiqlashtirish hamda unga metodik rahbarlik qilish Vazirlik tomonidan amalga oshiriladi.
18. Tabaqalashtirilgan ta’lim dasturlari asosida kadrlar tayyorlashda xalqaro tajribani o‘rgangan holda professional ta’lim jarayonlariga o‘qitishning kredit-modul tizimi bosqichma-bosqich joriy etiladi.
Professional ta’lim tizimida o‘qitishning kredit-modul tizimini joriy etish tartibi, joriy etiladigan kasblar va mutaxassisliklar hamda to‘planadigan kreditlar hajmi bo‘ysunuvidagi vazirliklar va idoralar tomonidan Vazirlik bilan kelishgan holda tasdiqlanadi.
19. Professional ta’lim muassasalarida asosiy ta’lim dasturlaridan tashqari quyi darajadagi ta’lim dasturlari bo‘yicha kadrlar tayyorlash Vazirlikning ruxsati asosida amalga oshiriladi. Professional ta’lim muassasalari ushbu ta’lim dasturlarini tegishli turdagi professional ta’lim muassasalari uchun belgilangan tartibga rioya qilgan holda amalga oshiradi.
20. Professional ta’lim muassasalarida o‘quvchilar, rahbar kadrlar, o‘qituvchilar va ishlab chiqarish ta’limi ustalari hamda ish beruvchilar ta’lim jarayoni ishtirokchilari hisoblanadi.
21. Professional ta’lim muassasasi yuridik shaxs hisoblanadi, o‘z ustaviga, mustaqil balansga, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining G‘aznachiligida va uning hududiy bo‘linmalarida shaxsiy hisobvaraqlariga (davlat ta’lim muassasalari uchun), o‘z nomi ko‘rsatilgan muhrga, burchakli shtampga va blankalarga ega bo‘ladi.
22. Professional ta’lim muassasalarining ustavi belgilangan tartibda ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi.
23. Professional ta’lim muassasalari hududlarning demografik, ijtimoiy-iqtisodiy va geografik sharoitlarini, mehnat bozorining tegishli soha mutaxassislariga bo‘lgan talabini, manfaatdor vazirliklar va idoralarning kadrlarga bo‘lgan ehtiyoji hamda oliy ta’lim tizimi bilan integratsiyalashgan ta’lim dasturlari asosida kadrlar tayyorlashni hisobga olgan holda tashkil etiladi.
Boshqa joylardan kelgan o‘quvchilarga, imkoniyatga qarab, professional ta’lim muassasalari uchun yotoqxonalar tashkil etiladi.
Yotoqxonalarda o‘quvchilarning yashash uchun to‘lanadigan to‘lov miqdori (bepul foydalanishda bo‘ladigan yotoqxonalar bundan mustasno) professional ta’lim muassasalari tomonidan belgilanadi.
24. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari professional ta’lim muassasalari bitiruvchilari bandligini ta’minlashda o‘z vakolatlari doirasida yordam ko‘rsatadilar va kasb-hunar maktablari faoliyatini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqadilar.
25. Professional ta’lim muassasalarining o‘quvchilari va xodimlariga ijtimoiy kafolatlar, qo‘llab-quvvatlash va imtiyozlar qonun hujjatlari, shuningdek, professional ta’lim muassasasining ustavi asosida belgilanadi.
26. Kollejlar va texnikumlarda kunduzgi, sirtqi va kechki ta’lim shakllari joriy etiladi.
Ta’lim shakllari Vazirlik tomonidan tizimida professional ta’lim muassasalari bo‘lgan vazirliklar, idoralar, xo‘jalik birlashmalari va yirik korxonalar bilan kelishgan holda belgilanadi.
Sirtqi va kechki ta’lim shakllarini tashkil etish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
27. Professional ta’lim muassasalarida qo‘shimcha kasblar va mutaxassisliklar bo‘yicha kvalifikatsiyalarni egallash, jumladan, traktorchi, kombayn operatori, “V” yoki “VS” toifadagi milliy haydovchilik guvohnomalarini va shu kabilarni olish istagidagi aholining turli qatlamlari uchun o‘qitish muddati 6 oydan oshmagan intensiv va qo‘shimcha o‘quv kurslari tashkil etilishi mumkin.
Mazkur o‘quv kurslari bitiruvchilariga belgilangan tartibda tashkil etilgan imtihonlarni muvaffaqiyatli yakunlaganidan so‘ng kelgusida mehnat faoliyati bilan shug‘ullanish huquqini beradigan davlat namunasidagi sertifikat yoki guvohnoma beriladi.
28. Professional ta’limning tayyorlov yo‘nalishlari, kasblar va mutaxassisliklar ro‘yxati Vazirlik tomonidan tasdiqlanadigan professional ta’limning tayyorlov yo‘nalishlari, kasblar va mutaxassisliklar klassifikatori asosida belgilanadi.
29. Professional ta’lim muassasalari kasblar va mutaxassisliklar bo‘yicha o‘quvchilarni kasbga yo‘naltirish ishlarini tizimli ravishda tashkil etadilar.
Umumta’lim maktablarida kasbga yo‘naltirish bo‘yicha tadbirlar O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining hududiy bo‘linmalari bilan hamkorlikda tashkil etiladi.
30. Professional ta’lim dasturlari bo‘yicha kadrlar tayyorlash belgilangan tartibda tuzilgan shartnomalar asosida o‘qitishning dual tizimi asosida tashkil etilishi mumkin. O‘qitishning dual tizimi joriy etiladigan professional ta’lim muassasalari, kasblar yoki mutaxassisliklar ro‘yxati Vazirlik bilan kelishgan holda tizimida professional ta’lim muassasalari bo‘lgan vazirliklar va idoralar tomonidan tasdiqlanadi.
O‘qitishning dual tizimini tashkil etish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
31. Professional ta’lim muassasalarini qayta ixtisoslashtirish va tayyorlanadigan kasblar va mutaxassisliklar ro‘yxati Vazirlik tomonidan mehnat bozorining kadrlarga bo‘lgan ehtiyojidan va tarmoq vazirliklari, idoralar, xo‘jalik birlashmalari, yirik korxonalar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, shuningdek, kadrlar buyurtmachilarining takliflaridan kelib chiqqan holda belgilanadi.
32. Professional ta’lim muassasalariga o‘quvchilar qabul ko‘rsatkichlari va o‘quvchilarni qabul qilish tartibi, agar qonun hujjatlarida boshqacha holatlar nazarda tutilmagan bo‘lsa, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
33. O‘quvchilar o‘qitish kurslari bo‘yicha guruhlarga, o‘qitish yo‘nalishi bo‘yicha esa — bo‘limlarga hamda texnikumlarda kafedralarga birlashtiriladi.
Professional ta’lim muassasasi o‘quv mashg‘ulotlari ma’ruzalar shaklida o‘tkazilganda o‘quvchilar guruhlarini birlashtirishi mumkin.
34. Professional ta’lim muassasalarida qoidaga ko‘ra guruhlarni to‘ldirish kamida 12 nafar va eng ko‘pi bilan 30 nafar o‘quvchilar doirasida belgilanadi.
Zarur hollarda buyurtmachilarning takliflari asosida kasblar va mutaxassisliklar bo‘yicha o‘qitish xarajatlarining qoplanishidan kelib chiqib, guruhdagi o‘quvchilar soni 12 nafardan kam bo‘lishi mumkin.
Kasb-hunar maktablari boshlang‘ich professional ta’lim bosqichidagi ta’lim dasturlari bo‘yicha kadrlar tayyorlashda guruhlardagi o‘quvchilar soni kamida 26 nafar etib belgilanadi.
35. O‘quvchilarning o‘quv yuklamasi, o‘quv va ishlab chiqarish amaliyotlarining hajmi, semestrlar soni, beriladigan ta’tillar va o‘quv jarayonini tashkil etishning boshqa masalalari professional ta’limning tabaqalashtirilgan ta’lim dasturlariga muvofiq belgilanadi.
Professional ta’limning o‘quv reja va dasturlari, agar qonun hujjatlarida boshqacha holatlar ko‘zda tutilmagan bo‘lsa, Vazirlik tomonidan tasdiqlanadi.
Ayrim kasblar va mutaxassisliklar bo‘yicha tanlangan professional ta’lim muassasalarida ta’lim standartlari, malaka talablari, o‘quv reja va dasturlari tajriba-sinovdan o‘tkazilishi hamda natijalar bo‘yicha xulosalar qabul qilinishi mumkin.
36. O‘quv mashg‘ulotlarini o‘tkazish uchun professional ta’lim muassasalarida guruhlarda o‘quvchilar soni 26 nafar va undan ortiq bo‘lganda ikkita kichik guruhga bo‘lgan holda quyidagi tartibda o‘qitishga ruxsat etiladi:
o‘zbek tili (ta’lim o‘zbek tilida olib borilmaydigan guruhlar uchun);
rus tili (ta’lim rus tilida olib borilmaydigan guruhlar uchun);
chet tili;
informatika va axborot texnologiyalari fanining amaliy mashg‘ulotlari;
jismoniy tarbiya (har bir guruhda kamida 13 nafar yigit yoki qiz bo‘lganda) mashg‘ulotlari;
Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi ta’lim qoraqalpoq tilida olib boriladigan guruhlarda qoraqalpoq tili o‘quv rejasidagi ona tili va adabiyoti faniga ajratilgan soatlar hisobidan, ta’lim rus guruhlarida olib boriladigan guruhlarga o‘zbek tili uchun ajratilgan soatlar hajmida o‘zbek tiliga qo‘shimcha soat ajratilgan holda o‘qitiladi. Boshqa tillarda olib boriladigan guruhlarda o‘zbek tili uchun ajratilgan soatlar hajmida qoraqalpoq tiliga qo‘shimcha dars soati ajratiladi.
37. Vazirlik tomonidan tasdiqlangan namunaviy o‘quv rejalari asosida professional ta’limning tibbiyot, ta’lim (musiqa xodimi) yo‘nalishlari bo‘yicha maxsus mutaxassislik fanlarining amaliy mashg‘ulotlari kichik guruhlarga bo‘lib o‘qitiladi.
Ta’lim (musiqa xodimi) yo‘nalishlari bo‘yicha yakka tartibdagi o‘quv mashg‘ulotlari tayyorlov yo‘nalishlarining o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqib, tasdiqlangan namunaviy o‘quv rejalariga muvofiq amalga oshiriladi.
Ayrim kasbiy fanlarni o‘zlashtirish murakkabligidan kelib chiqqan holda kichik guruhlarga bo‘lib o‘qitish kasblar va mutaxassisliklar bo‘yicha ishlab chiqiladigan namunaviy o‘quv rejalarida belgilanadi.
O‘quv rejasidagi boshqa fanlar bo‘yicha guruhlarni kichik guruhlarga bo‘lib o‘qitish (o‘quv amaliyoti bundan mustasno) taqiqlanadi. O‘quv rejasidagi boshqa fanlar bo‘yicha guruhlarni kichik guruhlarga bo‘lib o‘qitish kadrlar tayyorlash bo‘yicha buyurtmachilarning qo‘shimcha ajratilgan mablag‘lari hisobiga amalga oshirilishiga ruxsat etilishi mumkin.
38. Ta’lim standarti talablariga rioya qilish ustidan nazorat O‘zbekiston Respublikasining vakolatli davlat organi tomonidan quyidagi shakllarda amalga oshiriladi:
ta’lim standarti asosida professional ta’lim muassasalarida bitiruvchilar egallashi lozim bo‘lgan bilim, ko‘nikma, malaka va kompetensiyalarga baho berish;
o‘quv rejasi va dasturlarining ta’lim standartiga muvofiqligini tahlil qilish.
39. Nazorat qilishning bosh vazifasi ta’lim standarti buzilishini aniqlash, oldini olish va bartaraf qilish hisoblanadi.
40. Ta’lim standarti talablarining buzilganligi uchun javobgarlik qonun hujjatlariga muvofiq professional ta’lim muassasasi rahbariyatiga yuklanadi.
41. Professional ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini nazorat qilish quyidagi usullarda olib boriladi:
ichki nazorat — Vazirlik va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘yicha davlat inspeksiyasi tomonidan tasdiqlanadigan tartib asosida professional ta’lim muassasasi tomonidan amalga oshiriladi. Ichki nazoratni tashkil etish uchun professional ta’lim muassasalarida budjetdan tashqari mablag‘lar hisobiga shtat birliklari ajratilishi mumkin.
tashqi nazorat — O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan tartib asosida amalga oshiriladi;
davlat-jamoat nazorati — ta’limni boshqarish bo‘yicha vakolatli davlat organi va u bilan kelishgan holda nodavlat notijorat tashkilotlari va kadrlarga talabgorlar tomonidan amalga oshiriladi;
yakuniy davlat attestatsiyasi — professional ta’lim muassasalarida tashkil etiladigan yakuniy davlat attestatsiya komissiyalari tomonidan amalga oshiriladi. Professional ta’lim muassasalarida yakuniy davlat attestatsiyasini o‘tkazish tartibi, agar qonun hujjatlarida boshqacha holatlar ko‘zda tutilmagan bo‘lsa, Vazirlik tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘yicha davlat inspeksiyasi bilan kelishgan holda tasdiqlanadi.
42. O‘quvchilarni professional ta’lim muassasalarida o‘qitish professional ta’lim tizimining ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohasi bilan o‘zaro hamkorligi asosida quyidagi yo‘llar bilan amalga oshiriladi:
professional ta’lim muassasalari o‘quvchilarining korxonalarda tizimli asosda ishlab chiqarish amaliyotini o‘tashi uchun shart-sharoitlar yaratish, ish beruvchilarni o‘quv jarayoniga, kasblar va mutaxassisliklar bo‘yicha ta’lim standartlari, malaka talablari, o‘quv reja va dasturlarini ishlab chiqishga jalb etish;
professional ta’lim sohasida o‘tkazilgan ilmiy izlanishlar natijalarini professional ta’lim muassasalarida tajriba-sinovdan o‘tkazish ishlarini tashkil etish;
ish beruvchilar bilan birga ishlab chiqarish uchastkalari, qo‘shma va unitar korxonalar tashkil etish asosida malakali kadrlarni tayyorlashning dual tizimini rivojlantirish;
tashkil etilgan ishlab chiqarish uchastkalari, qo‘shma va unitar korxonalarda o‘quvchilarni tovar mahsulotlar ishlab chiqargan holda mehnat faoliyatiga va ishlab chiqarish jarayoniga faol jalb etish;
professional ta’lim muassasalari bitiruvchilariga bitiruv malakaviy ishlari mavzularini taklif etish jarayoniga korxona, tashkilot va boshqa ish beruvchilarni jalb qilish hamda ushbu bitiruv malakaviy ishlarida erishilgan natija va yechimlarni yoki ijrochi-bitiruvchilarning o‘zlarini bunday loyihalarni joylarda amalga oshirishda ishtirokini ta’minlash;
ishlab chiqarish ta’limi ustalari malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash jarayonlari bevosita ishlab chiqarishda amalga oshirilishiga erishish, ishlab chiqarishdagi malakali mutaxassislar – ishlab chiqarish vakillarini ta’lim jarayoniga jalb etish.
43. Professional ta’lim muassasasida ta’lim dasturlarini muvaffaqiyatli bitirgan o‘quvchiga davlat namunasidagi diplom beriladi.
Ushbu diplom olingan bilim, ko‘nikma va malakalarni mehnat faoliyatida qo‘llash huquqini beradi.
Oldin ta’lim olgan kasb yoki mutaxassislik doirasida qo‘shimcha kvalifikatsiyalarni o‘zlashtirgan shaxslarga belgilangan namunadagi guvohnoma yoki sertifikatlar beriladi.
Bitiruvchilarga belgilangan tartibda tegishli razryadlar belgilanadi.
44. Professional ta’lim muassasalarida beriladigan davlat namunasidagi diplom, sertifikat, guvohnoma va akademik ma’lumotnomalar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Davlat namunasidagi hujjatlarni to‘ldirish, saqlash, bitiruvchilarga berish va hisobini yuritish tartibi Vazirlik tomonidan belgilanadi.
45. Davlat attestatsiyasidan o‘tmagan bitiruvchilarga malaka talab etilmaydigan ish o‘rinlariga joylashish huquqini beradigan ma’lumotnoma beriladi. Mazkur o‘quvchilar 3 yil davomida davlat attestatsiyasi faoliyat ko‘rsatayotgan davrda qayta davlat attestatsiyasidan o‘tishlari mumkin.
3 yil davomida davlat attestatsiyasidan o‘tmagan bitiruvchilar tegishli kursda qayta o‘qishlari mumkin.
4-bob. O‘quvchilar o‘qishini ko‘chirish, qayta tiklash va o‘qishdan chetlashtirish
46. O‘qishni ko‘chirish yoki qayta tiklash qoidaga ko‘ra, yozgi ta’til davrida, tegishli kurs (semestr)da o‘quv mashg‘ulotlari boshlanishiga qadar amalga oshiriladi.
47. O‘qishni ko‘chirish yoki qayta tiklash o‘quvchining (o‘quvchi voyaga yetmagan bo‘lsa uning ota-onasidan birining yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslarning) arizasi va professional ta’lim muassasasi tomonidan berilgan akademik ma’lumotnoma, o‘quvchining kursdan kursga o‘tganligi to‘g‘risidagi buyruqdan ko‘chirma, o‘quvchi pasporti nusxasi, voyaga yetmagani sababli pasporti bo‘lmaganda tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma hamda ota-onasi (yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar)ning doimiy yashash joyi ko‘rsatilgan pasporti nusxasidan iborat hujjatlar yig‘ma jildi asosida ko‘rib chiqiladi.
48. O‘quvchilarning o‘qishini ko‘chirish yoki qayta tiklashda professional ta’lim muassasasi direktori tomonidan ta’lim dasturlaridagi farqlarni yoki qarzlarni topshirish tartibi va muddatlari (ikki oydan ortiq bo‘lmagan), shuningdek, o‘quvchilarni o‘qitish kursi belgilanadi.
49. Professional ta’lim muassasasi miqyosida bir darajadagi ta’lim dasturlari bo‘yicha o‘qishni ko‘chirish yoki ta’lim shaklini o‘zgartirish masalasi mazkur professional ta’lim muassasasi tomonidan ko‘rib chiqiladi.
50. Boshlang‘ich professional ta’lim dasturida ta’lim olayotgan o‘quvchilar o‘qishini umumiy o‘rta ta’limning 10 yoki 11 sinflarida yoki boshqa boshlang‘ich professional ta’lim dasturlarida ta’limni davom ettirishi uchun o‘qishini ko‘chirish bo‘yicha murojaat etishlari mumkin.
Umumta’lim maktablarida o‘qishni davom ettirish istagidagi o‘quvchilarning arizalari tegishli Kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi tomonidan o‘quvchining umumta’lim maktablarida o‘qishni davom ettirishini hal etish uchun O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining hududiy bo‘linmalariga yuboriladi.
O‘qishni ko‘chirish hudud miqyosida tegishli Kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi, bir mintaqadagi professional ta’lim muassasasidan boshqa mintaqaning (Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri) professional ta’lim muassasasiga ko‘chirish Vazirlik tomonidan ko‘rib chiqiladi.
51. Davlat granti asosida ta’lim olayotgan o‘quvchilar o‘qishini ko‘chirish yoki qayta tiklashda ularga davlat granti asosida ta’limni davom ettirish imkoniyati beriladi.
52. O‘rta professional ta’lim dasturlari doirasida o‘qishni boshqa ta’lim muassasalariga ko‘chirish qabul qiluvchi ta’lim muassasasi bo‘ysunuvchi tegishli vazirliklar va idoralar tomonidan amalga oshiriladi.
53. O‘rta maxsus professional ta’lim dasturlari bo‘yicha o‘qishni ko‘chirish qabul qiluvchi ta’lim muassasasi tegishli bo‘lgan oliy ta’lim muassasasining xulosasiga ko‘ra tegishli vazirliklar va idoralar tomonidan amalga oshiriladi.
54. O‘rta va o‘rta maxsus professional ta’lim dasturlari bo‘yicha o‘quvchilar o‘qishi bir ta’lim shaklidan boshqa ta’lim shakliga ko‘chirilishi mumkin.
55. O‘qishni qayta tiklash o‘quvchi ta’lim olgan tegishli professional ta’lim muassasasi tomonidan ko‘rib chiqiladi va hal etiladi.
O‘quvchi oldin o‘qigan kasb yoki mutaxassislik to‘xtatilgan bo‘lsa, uning xohishiga ko‘ra turdosh kasb yoki mutaxassislikka yoki mazkur ta’lim muassasasida tegishli kasb yoki mutaxassislik bo‘lmasa, uning o‘qishi Kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi tomonidan boshqa ta’lim muassasasiga tiklanishi mumkin.
56. O‘quv kursini tamomlash yakunlari bo‘yicha o‘quvchini navbatdagi kursga o‘tkazish, takroriy yilga qoldirish yoki o‘quvchilar safidan chiqarish to‘g‘risida qaror qabul qilinadi.
57. O‘quvchini kursdan-kursga o‘tkazish, kursda qoldirish yoki o‘quvchilar safidan chiqarish professional ta’lim muassasasining buyrug‘i bilan amalga oshiriladi. Kursdan-kursga shartli ravishda o‘tkazishga yo‘l qo‘yilmaydi.
58. Professional ta’lim dasturlari bo‘yicha akademik qarzdorlikka (o‘zlashtirmaslikka) ega bo‘lgan yoki o‘quv rejasi talablarini bajarmagan (ishlab chiqarish yoki diplom oldi amaliyotidan o‘tmagan, kurs ishini topshirmagan, 3 va undan ortiq fan bo‘yicha “qoniqarsiz” yakuniy yillik baho olgan) o‘quvchilari Pedagogik kengashning qarori bo‘yicha tegishli ta’lim dasturida takroran o‘qish uchun kursda qoldirilishi mumkin.
O‘rta va o‘rta maxsus professional ta’lim dasturlari asosida ta’lim olayotgan o‘quvchilarga o‘zlashtirilmagan fanlarni qayta topshirishga qo‘shimcha to‘lovlarni amalga oshirish orqali ruxsat beriladi.
O‘quvchi takroran o‘qish uchun kursda qoldirilganda uning o‘qigan o‘quv yili uchun to‘lagan kontrakt puli qaytarilmaydi va takroran o‘qiyotgan kursi uchun yangidan to‘lov amalga oshiriladi.
59. Professional ta’lim muassasasi o‘quvchilari quyidagi hollarda o‘qishdan chetlashtirilishi mumkin:
salomatligi tufayli (tibbiy komissiya ma’lumotnomasi asosida) akademik ta’til olganda;
o‘qishi boshqa ta’lim muassasasiga ko‘chirilishi munosabati bilan;
doimiy yashash uchun boshqa davlatga chiqib ketganda;
sudning qarori bilan ozodlikdan mahrum etilganda;
o‘rta yoki o‘rta maxsus professional ta’lim dasturlarida ta’lim olayotgan o‘quvchilar safidan o‘z xohishiga ko‘ra chiqarishni so‘rab ariza bilan murojaat qilganda;
professional ta’lim muassasasining ustavida nazarda tutilgan majburiyatlarni bajarmaganda;
vafot etganligi sababli;
uzrsiz sabablarga ko‘ra 74 soatdan ortiq dars qoldirganda.
60. O‘rta yoki o‘rta maxsus professional ta’lim dasturlarida ta’lim olayotgan o‘quvchilar quyidagi sabablarga ko‘ra o‘quvchilar safidan chetlashtirilganda professional ta’lim muassasasi tomonidan uning o‘qigan muddati uchun haqiqatda sarflangan xarajatlar chegirilgan holda tegishli o‘quv yili yoki semestri uchun oldindan amalga oshirilgan to‘lovning qolgan qismi kontraktning tegishli tarafi yozma murojaatiga ko‘ra qaytarib beriladi:
o‘z xohishiga binoan;
o‘qishning boshqa ta’lim muassasasiga ko‘chirilishi munosabati bilan;
salomatligi tufayli (tibbiy komissiya ma’lumotnomasi asosida);
o‘quvchi sud tomonidan ozodlikdan mahrum etilganligi munosabati bilan;
vafot etganligi sababli.
61. Professional ta’lim muassasalari o‘quvchilariga akademik ta’til berish tartibi Vazirlik tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan kelishgan holda belgilanadi.
Professional ta’lim muassasasi tashabbusi bilan o‘quvchilarni kasallik, ta’til, akademik ta’til yoki tug‘ruq ta’tillari paytida ta’lim muassasasi o‘quvchilari safidan chiqarib yuborishga yo‘l qo‘yilmaydi.
5-bob. Boshlang‘ich professional ta’lim
1-§. Boshlang‘ich professional ta’lim muassasalari boshqaruvi
62. Boshlang‘ich professional ta’lim bosqichidagi ta’lim dasturlari bo‘yicha kadrlar tayyorlashga ixtisoslashgan kasb-hunar maktablari Vazirlik tizimida bo‘ladi.
63. Kasb-hunar maktablariga O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri tomonidan belgilangan tartibda lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan direktor boshchilik qiladi. Direktor kasb-hunar maktabining faoliyati natijalari uchun shaxsan javob beradi.
Kasb-hunar maktabi direktori qonun hujjatlariga va ustavga muvofiq ta’lim muassasasi nomidan ish yuritadi, shartnomalar, shu jumladan, mehnat shartnomalari tuzadi, ishonchnomalar beradi, belgilangan tartibda kasb-hunar maktabining shaxsiy hisobvaraqlarini ochadi, o‘z vakolati doirasida barcha xodimlar va o‘quvchilar uchun majburiy bo‘lgan buyruqlar chiqaradi va ko‘rsatmalar beradi.
Direktor belgilangan tartibda ishchi va xizmatchilarni ishga qabul qiladi va ishdan bo‘shatadi, shuningdek, ularning xizmat vazifalarini belgilaydi.
64. Kasb-hunar maktabi direktori huzurida kollegial organ hisoblangan pedagogik kengash tashkil etiladi.
Pedagogik kengashning funksiyalari kasb-hunar maktabining Ustavida belgilanadi.
2-§. Boshlang‘ich professional ta’lim bosqichida ta’lim jarayonini tashkil etish
65. Professional ta’lim muassasasiga o‘qishga o‘quvchilar direktorning buyrug‘i bilan qabul qilinadi.
66. O‘quvchilarga o‘quvchilik guvohnomasi beriladi. O‘quvchilik guvohnomasi namunasi Vazirlik tomonidan tasdiqlanadi.
67. O‘quvchilar quyidagi huquqlarga ega:
professional ta’lim muassasasi faoliyatiga doir masalalarni muhokama va hal etishda bevosita yoki bilvosita (fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari va nodavlat notijorat tashkilotlari orqali) ishtirok etish;
belgilangan tartibda professional ta’lim muassasalari ma’muriyatining buyruqlari ustidan shikoyat qilish;
kasbiy kompetensiyalar va umumta’lim fanlarini o‘zlashtirishni rivojlantirishga qaratilgan turli ko‘rik-tanlovlarda belgilangan tartibda ishtirok etish;
axborot — kutubxonalar, professional ta’lim muassasasining o‘quv, ijtimoiy, davolash va boshqa bo‘linmalari xizmatlaridan ta’lim muassasasi ustavida belgilangan tartibda bepul foydalanish.
O‘quvchilar boshlang‘ich professional ta’lim dasturida, professional ta’lim muassasasining ustavida, shuningdek, boshqa qonun hujjatlarida belgilangan huquqlardan foydalanishi mumkin.
68. Boshlang‘ich professional ta’lim bosqichida kadrlar tayyorlash umumta’lim muassasalarining 9-sinf bitiruvchilari hisobidan shakllantirilgan guruhlarda 2 yillik umumta’lim va mutaxassislik fanlarining integratsiyalashgan dasturlariga asosan kasb-hunar maktablarida amalga oshiriladi.
O‘quvchilar kasblarning murakkabligidan kelib chiqqan holda bir yoki bir nechta kvalifikatsiyalarni o‘zlashtirishiga mo‘ljallangan 2 yillik boshlang‘ich professional ta’lim dasturlari asosida ta’lim oladilar.
69. Boshlang‘ich professional ta’lim dasturlari kunduzgi ta’lim shaklida tashkil etiladi.
70. Umumta’lim fanlari qoidaga ko‘ra kasblarning xususiyatlaridan kelib chiqib qisqartirilgan holda malaka talablari va o‘quv rejalariga kiritiladi.
Malaka talablari va o‘quv rejalariga kiritiladigan umumta’lim fanlari ro‘yxati va soatlar hajmi O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi bilan birgalikda Vazirlik tomonidan belgilanadi.
O‘quv rejalariga o‘quvchilarda mantiqiy fikrlashni rivojlantiruvchi qo‘shimcha fanlar ham kiritilishi mumkin.
O‘quv rejasidagi o‘quv yuklamasining taqsimoti tegishli kasbning xususiyatlaridan kelib chiqib belgilanadi.
Kasblarning xususiyatlari hamda ularni o‘qitish uchun belgilangan soatlar hajmidan kelib chiqqan holda o‘quvchilarni ikki yil davomida amalga oshirilgan ta’lim dasturida ikki yoki undan ko‘p kvalifikatsiyalarga o‘qitish yo‘lga qo‘yilishi mumkin.
71. Ta’lim jarayoni mehnat bozori talablarini hisobga olgan holda mustaqil ravishda professional ta’lim muassasasi tomonidan ishlab chiqiladigan va tasdiqlanadigan o‘quv jarayoni grafigi hamda dars jadvaliga muvofiq amalga oshiriladi.
72. Boshlang‘ich professional ta’lim dasturlari asosida faoliyat ko‘rsatuvchi ta’lim muassasalarida o‘quv yili 2-sentabrdan boshlanadi va tasdiqlangan o‘quv jarayoni grafigiga muvofiq yakunlanadi.
O‘quv davrining umumiy hajmi quyidagicha taqsimlanadi:
nazariy va amaliy ta’lim: 80 — 85 foiz;
yakuniy davlat attestatsiyasi: 2 — 4 foiz;
ta’tillar: 13 — 16 foiz.
O‘quv yuklamalari umumta’lim, kasbiy (umumkasbiy va maxsus) fanlar va amaliyotlar bloklari bo‘yicha taqsimlanishi Vazirlik tomonidan belgilanadi.
O‘quv yili davomida o‘quvchilarga beriladigan ta’tillar o‘quv jarayoni grafigiga muvofiq beriladi. Vazirlik tomonidan o‘quvchilarga qo‘shimcha ta’tillar berilishi mumkin.
73. O‘quvchilarning umumiy haftalik yuklamalari 54 soat, shundan auditoriya va amaliyot mashg‘ulotlari hajmi 42 soatgacha bo‘ladi.
O‘quv mashg‘ulotlari uchun ikki akademik o‘quv soati davomiyligi uzluksiz 80 daqiqani tashkil etadi. Bunda o‘quv rejasiga muvofiq 40 daqiqadan iborat bir akademik o‘quv soati joriy etilishi mumkin.
O‘qishning normativ muddati ikki yil bo‘lgani holda o‘quv jarayoni 94 hafta davom etadi.
74. Kasb-hunar maktabida asosiy ta’lim bosqichidan tashqari to‘lov-kontrakt asosida qo‘shimcha ta’lim xizmatlari ko‘rsatilishi mumkin.
Bunda kasb-hunar maktabining o‘quvchilarni qabul qilish imkoniyatlari, moddiy-texnik bazaning yaratilganligi, o‘qituvchi va ishlab chiqarish ta’limi ustalar ta’minoti va o‘qish istagidagi shaxslarning mavjudligi hisobga olinadi.
75. Kasb-hunar maktablarida kadrlar tayyorlash yo‘lga qo‘yilgan kasblar doirasida to‘lov-kontrakt asosida qo‘shimcha kvalifikatsiyalarni o‘zlashtirish istagidagi shaxslarning o‘qitish muddatlari oldingi ta’lim olgan dasturlarni ko‘rib chiqqan holda kasblarning o‘quv rejasida mazkur kvalifikatsiyalarni o‘zlashtirish uchun ajratilgan soatlardan kelib chiqib belgilanadi.
76. Boshlang‘ich professional ta’lim dasturlarini muvaffaqiyatli tamomlagan va davlat namunasidagi diplom olgan bitiruvchilar mazkur diplom asosida oliy ta’lim muassasalarida ta’limni davom ettirish uchun hujjat topshirishlari mumkin.
6-bob. O‘rta professional ta’lim
1-§. O‘rta professional ta’lim muassasalari boshqaruvi
77. O‘rta professional ta’lim bosqichida kadrlar tayyorlash asosan vazirliklar va idoralar tizimida faoliyat ko‘rsatadigan kollejlarda amalga oshiriladi va ular tegishli ravishda vazirliklar va idoralarning idoraviy bo‘ysunuvida bo‘ladi.
78. Kollejlarga tegishli vazirliklar va idora rahbari tomonidan belgilangan tartibda lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan direktor boshchilik qiladi. Direktor kollejning faoliyati natijalari uchun shaxsan javob beradi.
79. Kollej direktori qonun hujjatlariga va ustavga muvofiq ta’lim muassasasi nomidan ish yuritadi, shartnomalar, shu jumladan, mehnat shartnomalari tuzadi, ishonchnomalar beradi, belgilangan tartibda kollejning shaxsiy hisobvaraqlarini ochadi, o‘z vakolati doirasida barcha xodimlar va o‘quvchilar uchun majburiy bo‘lgan buyruqlar chiqaradi va ko‘rsatmalar beradi.
Direktor belgilangan tartibda ishchi va xizmatchilarni ishga qabul qiladi va ishdan bo‘shatadi, shuningdek, ularning xizmat vazifalarini belgilaydi.
80. Kollej direktori huzurida kollegial organ hisoblangan pedagogik kengash tashkil etiladi.
Pedagogik kengashning faoliyati kollejning Ustavida belgilanadi.
81. Kollejlarda tarmoq vazirliklari va idoralari vakillaridan iborat tarkibda vasiylik kengashlari tuzilishi mumkin.
Vasiylik kengashi tarkibi va uning faoliyati tartibi tegishli vazirliklar va idoralar tomonidan tasdiqlanadi.
82. Tizimida kollejlar mavjud bo‘lgan vazirliklar va idoralar:
kollejlarni budjetdan tashqari mablag‘lar hisobiga moddiy va moliyaviy ta’minlaydilar;
o‘quvchilarda kasbiy kompetensiyalarni shakllantirish uchun tegishli shart-sharoitlarni yaratadilar;
bitiruvchilarni amaliyot o‘tashi uchun amaliyot bazalari bilan ta’minlaydilar va egallangan kasb yoki mutaxassisliklar bo‘yicha ular mehnatidan samarali foydalanish masalalarini hal etadilar.
83. Tizimida kollejlar mavjud bo‘lgan vazirliklar va idoralar o‘quvchilarni moddiy va ma’naviy rag‘batlantirish uchun chora-tadbirlarni ishlab chiqishi va uni amalga oshirish uchun zarur mablag‘lar ajratishi mumkin.
2-§. O‘rta professional ta’lim darajasida ta’lim jarayonini tashkil etish
84. Vazirliklar va idoralar tizimida faoliyat ko‘rsatadigan professional ta’lim muassasasiga o‘qishga o‘quvchilar direktorning buyrug‘i bilan qabul qilinadi.
85. O‘rta professional ta’lim dasturlarida o‘quvchilar to‘lov-kontrakt yoki davlat buyurtmasi bo‘yicha davlat granti asosida ta’lim olishlari mumkin.
86. O‘quvchilarga kollej tomonidan o‘quvchilik guvohnomasi beriladi. O‘quvchilik guvohnomasi tizimida kollejlar mavjud bo‘lgan vazirlik va idoralar tomonidan Vazirlik bilan kelishgan namuna asosida belgilangan tartibda ta’minlanadi.
87. Tizimida kollejlar mavjud bo‘lgan vazirliklar va idoralar tomonidan ajratiladigan mablag‘lar hisobiga ta’lim oladigan o‘quvchilar bo‘yicha mablag‘ ajratgan muassasa, o‘quvchi va kollej o‘rtasida kadrlar tayyorlash bilan bog‘liq qo‘shimcha shartlarni aks ettirgan shartnomalar imzolanishi mumkin.
88. O‘quvchilar quyidagi huquqlarga ega:
professional ta’lim muassasasi faoliyatiga doir masalalarni muhokama va hal etishda bevosita yoki bilvosita (fuqarolardan o‘zini o‘zi boshqarish organlari va jamoat tashkilotlari orqali) ishtirok etish;
belgilangan tartibda professional ta’lim muassasalari ma’muriyatining buyruqlari ustidan shikoyat qilish;
ta’lim dasturlari bo‘yicha ta’limni davom ettirishini to‘xtatish bo‘yicha professional ta’lim muassasasi rahbariyatiga murojaat qilish;
axborot — kutubxonalardan, professional ta’lim muassasasining o‘quv, ijtimoiy, davolash va boshqa bo‘linmalari xizmatlaridan ta’lim muassasasi ustavida belgilangan tartibda bepul foydalanish;
kasbiy kompetensiyalarni rivojlantirishga qaratilgan turli ko‘rik-tanlovlarda belgilangan tartibda ishtirok etish;
ish beruvchilar tomonidan tavsiya qilingan ish joylarida ishlash bo‘yicha murojaat qilish.
O‘quvchilar o‘rta professional ta’lim dasturida, professional ta’lim muassasasining ustavida, shuningdek, boshqa qonun hujjatlarida belgilangan huquqlardan foydalanishi mumkin.
89. Ta’lim dasturlarini o‘zlashtirishdagi yutuqlar, eksperimental konstruktorlik, dizayn va boshqa ishlarni rivojlantirishda muvaffaqiyatga erishganligi uchun o‘quvchilarni ma’naviy rag‘batlantirishning turli shakllari qo‘llanilishi mumkin.
90. O‘rta professional ta’lim darajasida kadrlar tayyorlash Xalqaro tasniflagichning kamida 3-darajasiga mos ta’lim dasturlarini tamomlagan yoki umumiy o‘rta ma’lumotga ega bo‘lgan shaxslar hisobidan “Hayot davomida ta’lim olish” prinsipi asosida kasblar va mutaxassisliklarning murakkabligidan kelib chiqqan holda 2 yilgacha muddatda tashkil etiladi.
91. O‘rta professional ta’lim dasturlarining davomiyligi kasblar va mutaxassisliklarning murakkablik darajasidan kelib chiqqan holda tabaqalashtiriladi.
Professional ta’limning tayyorlov yo‘nalishlari, kasblar va mutaxassisliklar klassifikatorida kasblar va mutaxassisliklarning o‘qitish muddatlari belgilanadi.
“Hayot davomida ta’lim olish” prinsipi asosida kasb yoki mutaxassislik doirasida qo‘shimcha kvalifikatsiyalarni o‘zlashtirish istagidagi shaxslarni o‘qitish muddatlari oldingi ta’lim olgan dasturlarni ko‘rib chiqqan holda kasblar va mutaxassisliklarning o‘quv rejasida mazkur kvalifikatsiyalarni o‘zlashtirish uchun ajratilgan soatlardan kelib chiqib belgilanadi.
92. Ta’lim jarayoni mehnat bozori talablarini hisobga olgan holda mustaqil ravishda professional ta’lim muassasasi tomonidan ishlab chiqiladigan va tasdiqlanadigan o‘quv jarayoni grafigi hamda dars jadvaliga muvofiq amalga oshiriladi.
93. O‘rta professional ta’lim dasturlari asosida faoliyat ko‘rsatuvchi ta’lim muassasalarida o‘quv jarayoni ta’lim muassasalari va buyurtmachilarning kelishuvi asosida boshlanadi va tasdiqlangan o‘quv jarayoni grafigiga muvofiq yakunlanadi.
O‘quv davrining umumiy hajmi quyidagicha taqsimlanadi:
nazariy va amaliy ta’lim: 75 — 95 foiz;
yakuniy davlat attestatsiyasi: 1 — 5 foiz;
ta’tillar: 4 — 20 foiz
O‘quv yuklamalari kasbiy (umumkasbiy va maxsus) fanlar va amaliyotlar bloklari bo‘yicha taqsimlanishi Vazirlik tomonidan belgilanadi.
O‘quv yili davomida o‘quvchilarga beriladigan ta’tillar o‘quv jarayoni grafigiga muvofiq beriladi. Vazirlik tomonidan o‘quvchilarga qo‘shimcha ta’tillar berilishi mumkin.
94. Vazirliklar, idoralar va ish beruvchilarning buyurtmalari yoki o‘quvchilarning xohish-istaklari asosida o‘quv rejalariga qo‘shimcha fanlar kiritilishi mumkin. Mazkur o‘quv rejasidagi qo‘shimcha fanlarni o‘qitish xarajatlari buyurtmachilarning mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladi.
95. O‘quvchilarning umumiy haftalik yuklamalari 54 soat, shundan kunduzgi ta’lim shaklida auditoriya va amaliyot mashg‘ulotlari hajmi 36 soatgacha bo‘ladi.
O‘quv mashg‘ulotlari uchun ikki akademik o‘quv soati davomiyligi uzluksiz 80 daqiqani tashkil etadi. Bunda o‘quv rejasiga muvofiq 40 daqiqadan iborat bir akademik o‘quv soati joriy etilishi mumkin.
O‘qishning normativ muddati ikki yilgacha bo‘lgani holda o‘quv jarayoni 22 — 94 hafta davom etishi zarur.
96. Sirtqi va kechki ta’lim shakllarining o‘quv rejasi va dasturlari buyurtmachilarning takliflari asosida professional ta’lim muassasalari tomonidan ishlab chiqiladi va Vazirlikka tasdiqlash uchun kiritiladi.
Sirtqi va kechki ta’lim shakllarining o‘qitish davomiyligi kunduzgi ta’lim shaklidagi muddatlardan farqlanishi mumkin.
7-bob. O‘rta maxsus professional ta’lim
1-§. O‘rta maxsus professional ta’lim muassasalari boshqaruvi
97. O‘rta maxsus professional ta’lim bosqichida kadrlar tayyorlash asosan oliy ta’lim muassasalari huzurida faoliyat ko‘rsatuvchi texnikumlarda amalga oshiriladi va ular tegishli ravishda oliy ta’lim muassasalari, vazirliklar va idoralarning idoraviy bo‘ysunuvida bo‘ladi.
98. Texnikumlarga tegishli oliy ta’lim muassasasining tavsiyasi asosida vazirlik va idora rahbari tomonidan belgilangan tartibda lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan direktor boshchilik qiladi. Direktor texnikumning faoliyati natijalari uchun shaxsan javob beradi.
99. Texnikum direktori qonun hujjatlariga va ustavga muvofiq ta’lim muassasasi nomidan ish yuritadi, shartnomalar, shu jumladan, mehnat shartnomalari tuzadi, ishonchnomalar beradi, belgilangan tartibda texnikumning shaxsiy hisobvaraqlarini ochadi, o‘z vakolati doirasida barcha xodimlar va o‘quvchilar uchun majburiy bo‘lgan buyruqlar chiqaradi va ko‘rsatmalar beradi.
Direktor belgilangan tartibda ishchi va xizmatchilarni ishga qabul qiladi va ishdan bo‘shatadi, shuningdek, ularning xizmat vazifalarini belgilaydi.
100. Texnikum direktori huzurida kollegial organ hisoblangan pedagogik kengashlar tashkil etiladi.
Pedagogik kengashning funksiyalari texnikumning Ustavida belgilanadi.
101. Texnikumlarda tarmoq vazirliklari, idoralari, belgilangan tartib va ustav asosida ish ko‘ruvchi nodavlat notijorat tashkilotlari vakillarini o‘z ichiga oladigan vasiylik kengashlari tuzilishi mumkin.
Vasiylik kengashi tarkibi va uning faoliyati tartibi tegishli vazirlik va idora tomonidan tasdiqlanadi.
102. Tizimida texnikumlar mavjud bo‘lgan vazirliklar va idoralar:
a) tegishli ish beruvchilar bilan birgalikda:
texnikumlarni moddiy va moliyaviy ta’minlaydilar;
bitiruvchilarni amaliyot o‘tashi uchun amaliyot bazalari bilan ta’minlaydilar va egallangan kasb yoki mutaxassisliklar bo‘yicha ular mehnatidan samarali foydalanish masalalarini hal etadilar.
b) tegishli oliy ta’lim muassasalari bilan birgalikda:
o‘quvchilarda kasbiy kompetensiyalarni shakllantirish uchun tegishli shart-sharoitlar yaratadilar;
texnikum bitiruvchilari kelgusida oliy ta’lim muassasalarining tegishli yo‘nalishlarida ta’limni davom ettirishini hisobga olgan holda tayyorlanadigan mutaxassisliklar ro‘yxatini shakllantiradilar;
texnikumlarning kamida 2 yillik muddatga mo‘ljallangan ta’lim dasturlarini ishlab chiqadilar va Vazirlikka tasdiqlash uchun taqdim etadilar;
kunduzgi ta’lim dasturlari bitiruvchilari oliy ta’lim muassasasining 2-kursidan to‘lov-kontrakt asosida ta’limni davom ettirishini tashkil etadilar.
Tegishli oliy ta’lim muassasalari texnikumlarni moddiy va moliyaviy ta’minlashda ishtirok etishlari hamda moliyaviy yordam ko‘rsatishlari mumkin.
Tizimida texnikumlar mavjud bo‘lgan vazirliklar va idoralar qonun hujjatlariga muvofiq texnikumlar faoliyatini tashkil etishda boshqa vazifalarni ham bajarishi mumkin.
2-§. O‘rta maxsus professional ta’lim darajasida ta’lim jarayonini tashkil etish
103. Oliy ta’lim muassasalari huzuridagi professional ta’lim muassasasiga o‘qishga o‘quvchilar direktorning buyrug‘i bilan qabul qilinadi.
104. O‘rta maxsus professional ta’lim dasturlarida o‘quvchilar to‘lov-kontrakt yoki davlat buyurtmasi bo‘yicha davlat grantlari asosida ta’lim olishlari mumkin.
105. O‘quvchilarga texnikum tomonidan o‘quvchilik guvohnomasi beriladi. Tizimida texnikumlar mavjud bo‘lgan vazirliklar va idoralar Vazirlik bilan kelishilgan namuna asosida belgilangan tartibda o‘quvchilik guvohnomasi bilan ta’minlaydilar.
106. O‘quvchilar quyidagi huquqlarga ega:
professional ta’lim muassasasi faoliyatiga doir masalalarni muhokama va hal etishda bevosita yoki bilvosita (fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari va nodavlat notijorat tashkilotlari orqali) ishtirok etish;
belgilangan tartibda professional ta’lim muassasalari ma’muriyatining buyruqlari ustidan shikoyat qilish;
ta’lim dasturlari bo‘yicha ta’limni davom ettirishini to‘xtatish bo‘yicha professional ta’lim muassasasi rahbariyatiga murojaat qilish;
axborot kutubxonalardan, professional ta’lim muassasasining o‘quv, ijtimoiy, davolash va boshqa bo‘linmalari xizmatlaridan ta’lim muassasasi ustavida belgilangan tartibda bepul foydalanish;
kasbiy kompetensiyalarni rivojlantirishga qaratilgan turli ko‘rik-tanlovlarda belgilangan tartibda ishtirok etish;
ish beruvchilar tomonidan tavsiya qilingan ish joylarida ishlash bo‘yicha murojaat qilish;
oliy ta’lim muassasasining tegishli yo‘nalishlarida ta’limni davom ettirish maqsadida suhbatlarda qatnashish.
O‘quvchilar o‘rta maxsus professional ta’lim dasturida, professional ta’lim muassasasining ustavida, shuningdek, boshqa qonun hujjatlarida belgilangan huquqlardan foydalanishi mumkin.
107. Ta’lim dasturlarini o‘zlashtirishdagi yutuqlari, eksperimental konstruktorlik, dizayn va boshqa ishlarni rivojlantirishda muvaffaqiyatga erishganligi uchun o‘quvchilarni ma’naviy rag‘batlantirishning turli shakllari qo‘llanilishi mumkin.
108. O‘rta maxsus professional ta’lim darajasida kadrlar tayyorlash Xalqaro tasniflagichning kamida 3 yoki 4-darajasiga mos ta’lim dasturlarini tamomlagan yoki umumiy o‘rta ma’lumotga ega bo‘lgan shaxslar hisobidan “Hayot davomida ta’lim olish” prinsipi asosida kasblar va mutaxassisliklarning murakkabligidan kelib chiqqan holda 2 yildan kam bo‘lmagan muddatda tashkil etiladi.
109. O‘rta maxsus professional ta’lim dasturlari oliy ta’lim muassasalarining tegishli yo‘nalishlari ta’lim dasturlari bilan integratsiyalanadi.
110. O‘rta maxsus professional ta’lim dasturlarining davomiyligi mutaxassisliklarning murakkablik darajasidan kelib chiqqan holda tabaqalashtiriladi.
Professional ta’limning tayyorlov yo‘nalishlari, kasblar va mutaxassisliklar klassifikatorida mutaxassisliklarning o‘qitish muddatlari belgilanadi.
“Hayot davomida ta’lim olish” prinsipi asosida mutaxassislik doirasida qo‘shimcha kvalifikatsiyalarni o‘zlashtirish istagidagi shaxslarning o‘qitish muddatlari oldingi ta’lim olgan dasturlarni ko‘rib chiqqan holda mutaxassisliklarning o‘quv rejasida mazkur kvalifikatsiyalarni o‘zlashtirish uchun ajratilgan soatlardan kelib chiqib belgilanadi.
111. O‘rta maxsus professional ta’lim dasturlari asosida faoliyat ko‘rsatuvchi ta’lim muassasalarida o‘quv jarayoni qoidaga ko‘ra 2-sentabrda boshlanadi va tasdiqlangan o‘quv jarayoni grafigiga muvofiq yakunlanadi.
O‘quv davrining umumiy hajmi quyidagicha taqsimlanadi:
nazariy va amaliy ta’lim: 80 — 85 foiz;
yakuniy davlat attestatsiyasi: 1 — 3 foiz;
ta’tillar: 14 — 18 foiz.
O‘quv yuklamalari gumanitar va tabiiy fanlar, mutaxassislik fanlari va amaliyotlar bloklari bo‘yicha taqsimlanishi Vazirlik tomonidan belgilanadi.
O‘quv yili davomida o‘quvchilarga beriladigan ta’tillar o‘quv jarayoni grafigiga muvofiq beriladi. Vazirlik tomonidan o‘quvchilarga qo‘shimcha ta’tillar berilishi mumkin.
112. O‘quvchilarning umumiy haftalik yuklamalari 54 soat, shundan kunduzgi ta’lim shaklida auditoriya va amaliyot mashg‘ulotlari hajmi 36 soatgacha bo‘ladi.
O‘quv mashg‘ulotlari uchun ikki akademik o‘quv soati davomiyligi uzluksiz 80 daqiqani tashkil etadi. Bunda o‘quv rejasiga muvofiq 40 daqiqadan iborat bir akademik o‘quv soati joriy etilishi mumkin.
O‘qishning normativ muddati ikki yildan kam bo‘lmagani holda o‘quv jarayoni kamida 94 hafta davom etishi zarur.
113. O‘rta maxsus ta’lim dasturlarini muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarning oliy ta’lim muassasalarida to‘lov-kontrakt asosida o‘qishini davom ettirishi tartibi, agar qonun hujjatlarida boshqacha holatlar ko‘zda tutilmagan bo‘lsa, Vazirlik tomonidan tasdiqlanadi.
114. Sirtqi va kechki ta’lim shakllarining o‘quv rejasi va dasturlari buyurtmachilarning takliflari asosida professional ta’lim muassasalari tomonidan ishlab chiqiladi.
Sirtqi va kechki ta’lim shakllarining o‘qitish davomiyligi kunduzgi ta’lim shaklidagi muddatlardan farqlanishi mumkin.
8-bob. Professional ta’lim muassasalari o‘qituvchi va ishlab chiqarish ta’limi ustalari
115. Professional ta’lim muassasalarida Vazirlik tomonidan tasdiqlanadigan professional standartlar asosida tegishli ma’lumotga va belgilangan talablarga javob beradigan o‘qituvchi va ishlab chiqarish ta’limi ustalari ishlash huquqiga ega. Pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanish sud qaroriga muvofiq taqiqlangan shaxslar bundan mustasno.
116. Professional ta’lim muassasalariga o‘qituvchi va ishlab chiqarish ta’limi ustalarini ishga qabul qilish professional ta’lim muassasalari tomonidan amalga oshiriladi.
Professional ta’lim muassasalarida o‘qituvchi va ishlab chiqarish ta’limi ustalarini ishga qabul qilishda tanlov tashkil etish tartibi Vazirlik tomonidan tasdiqlanadi.
Ayrim vazirliklar va idoralarning xususiyatidan kelib chiqib, ularning tizimidagi professional ta’lim muassasalariga o‘qituvchi va ishlab chiqarish ta’limi ustalarini ishga qabul qilishda o‘sha vazirlik va idora tomonidan Vazirlik bilan kelishgan holda boshqacha tartib belgilanishi mumkin.
117. Professional ta’lim muassasasi o‘qituvchilari va ishlab chiqarish ta’limi ustalarining o‘quv yuklamalari tegishli normativ-huquqiy hujjatlar asosida belgilanadi.
O‘qituvchilarning (o‘quv fanlari va soatlar bo‘yicha) boshqa o‘qituvchilar o‘rnida ishlashi tartibi tegishli normativ hujjatlar bilan belgilanadi.
118. Professional ta’lim muassasalari o‘qituvchilari va ishlab chiqarish ta’limi ustalarini attestatsiyadan o‘tkazish belgilangan tartibda vakolatli davlat organi tomonidan amalga oshiriladi.
119. Professional ta’lim muassasasi ma’muriyati o‘qituvchilar va ishlab chiqarish ta’limi ustalarining pedagogik, kasbiy va psixologik mahoratini doimiy ravishda takomillashtirish, malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash uchun javob beradi.
120. Professional ta’lim muassasasi o‘qituvchilar va ishlab chiqarish ta’limi ustalarini tayyorlash, malakasini oshirish, va ularni qayta tayyorlash belgilangan muddatlarda va tartibda amalga oshiriladi.
121. Professional ta’lim muassasalarida amaliyot mashg‘ulotlarini o‘tkazishda pedagogik ma’lumotga ega bo‘lmagan, biroq ko‘p yillik tajribaga ega malakali mutaxassislar jalb etilishi mumkin.
122. Professional ta’lim muassasalari o‘qituvchilari va ishlab chiqarish ta’limi ustalarining huquqlari va majburiyatlari tegishli normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq belgilanadi.
123. Professional ta’lim muassasalari ma’muriyati o‘qituvchilar va ishlab chiqarish ta’limi ustalarining professional ta’lim tizimida kadrlar tayyorlash sohasidagi innovatsion g‘oyalari va takliflarini, o‘quv-metodik materiallarini, shuningdek, ilmiy izlanishlar olib borishini o‘z vakolatlari doirasida qo‘llab-quvvatlaydi.
O‘qituvchilar va ishlab chiqarish ta’limi ustalarining takliflari va o‘quv-metodik materiallarni professional ta’lim tizimida ommalashtirish bo‘yicha ta’lim muassasalari rahbariyati vakolatli organlar bilan hamkorlikni o‘rnatadi.
9-bob. Professional ta’lim muassasalarining moliyaviy ta’minoti
124 Professional ta’limni moliyalashtirish manbalari qonun hujjatlariga muvofiq belgilanadi.
125. Kasb-hunar maktablarida boshlang‘ich professional ta’lim dasturlari asosida ta’lim olayotgan o‘quvchilar O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti hisobidan bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida oylik stipendiya hamda uch mahal ovqat bilan ta’minlanadi.
126. Kasb-hunar maktablari o‘quvchilarni uch mahal ovqat bilan ta’minlashi yoki mazkur ovqat pullarini ularga to‘lab berishi mumkin.
Kasb-hunar maktablarida o‘quvchilarni uch mahal ovqatlantirish uchun zarur shart-sharoitlar mavjud bo‘lsa, O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti hisobidan o‘quvchilarni uch mahal ovqat bilan ta’minlash autsorsing shartlari asosida amalga oshiriladi.
Professional ta’lim muassasalarida autsorsing usulida ovqatlantirishni tashkil etish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
127. Kam ta’minlangan oilalardan o‘quvchilar kollejlar va texnikumlarda ta’lim olishlari, belgilangan tartibda bepul amalga oshiriladi.
128. Yetim va ota-onasining qarovisiz qolgan bolalar belgilangan tartibda moddiy ta’minlanadi.
129. Professional ta’lim muassasalarining moliyaviy ta’minoti darajasini oshirish maqsadida qonun hujjatlariga zid bo‘lmagan ta’lim xizmatlari ko‘rsatilishi, tadbirkorlik faoliyatini, maslahatlar berish tizimini, ekspertiza qilishni, noshirlik ishlarini va ishlab chiqarishning boshqa turlari yo‘lga qo‘yishi mumkin.
130. Kollejlar va texnikumlar bo‘ysunivi bo‘yicha tegishli vazirliklar va idoralar hamda Vazirlikning Kasb-hunar ta’limini rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmalari bilan kelishgan holda har yili o‘qitishning shakllanayotgan jami xarajatlaridan kelib chiqib to‘lov-kontrakt miqdorlarini belgilaydilar.
Nodavlat professional ta’lim muassasalarida o‘qitishning to‘lov-kontrakt qiymati miqdorlari nodavlat professional ta’lim muassasasi tomonidan muassislar bilan kelishgan holda belgilanadi.
131. Xorijiy fuqarolar belgilangan tartibda professional ta’lim muassasalarida ta’lim olishlari mumkin. Xorijiy fuqarolarni o‘qitish muddati, davomiyligi va ularni to‘lov-kontrakt asosida o‘qitish qiymati professional ta’lim muassasalari tomonidan bo‘ysunuvi bo‘yicha tegishli vazirlik va idoralar bilan kelishilgan holda belgilanadi.
132. Professional ta’lim muassasalari xodimlarining ish haqi, samarali faoliyatlarini rag‘batlantirish miqdori va ish haqiga boshqa qo‘shimcha to‘lovlar qonun hujjatlariga va professional ta’lim muassasalarining ustavlariga muvofiq belgilanadi.
133. Professional ta’lim muassasasining mol-mulki uning tezkor boshqaruvida bo‘ladi va ulardan faqat mazkur Nizom hamda ustavda qayd etilgan vazifalarni hal etish uchun foydalaniladi.
134. Professional ta’lim muassasalari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda tasdiqlangan jihozlashning namunaviy me’yorlari asosida jihozlanadi.
135. Nodavlat professional ta’lim muassasalarini moddiy-texnik ta’minlash muassislar tomonidan, davlat ta’lim muassasalari uchun O‘zbekiston Respublikasida amal qiluvchi namunaviy me’yorlardan past bo‘lmagan miqdorlarda amalga oshiriladi.
136. Professional ta’lim muassasalarining mol-mulki, bino va inshootlari hamda yer maydonlari boshqa yuridik va jismoniy shaxslarga berilishi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan hal etiladi.
Professional ta’lim muassasasining mol-mulkidan samarali va maqsadli foydalanilishi uchun professional ta’lim muassasasi direktori to‘liq javob beradi.
137. Professional ta’lim muassasalari moliya va statistika hisobotini yuritadi hamda uni belgilangan muddatlarda tegishli organlarga taqdim etadi.
138. Professional ta’lim muassasalarining moliya-xo‘jalik faoliyatini nazorat qilish qonun hujjatlariga muvofiq vakolatli organlar tomonidan amalga oshiriladi.
139. Professional ta’lim dasturlari asosida kadrlarni maqsadli tayyorlashni moliyalashtirishda, professional ta’lim muassasalarining moddiy-texnika va resurs bazasini mustahkamlashda, shuningdek, zamonaviy anjomlar, apparaturalar va uskunalar bilan jihozlashda korxonalar, tashkilotlar va boshqa ish beruvchilar ixtiyoriy (yoki tuzilgan shartnomalar asosida) qatnashishi mumkin.
140. Professional ta’lim muassasasi belgilangan tartibda mulkni ijaraga oluvchi va ijaraga beruvchi sifatida faoliyat yuritish huquqiga ega.
141. Professional ta’lim muassasasi tomonidan qo‘shimcha mablag‘lar jalb qilinishi davlat budjeti tomonidan uni moliyalashtirish miqdorini kamaytirishga olib kelmaydi.
142. Professional ta’lim muassasasi tomonidan tadbirkorlik va boshqa daromad keltiradigan faoliyatdan olingan budjetdan tashqari mablag‘lar belgilangan tartibda ishlatiladi.
Ushbu mablag‘lar bilan operatsiyalar belgilangan tartibda daromad keltiradigan faoliyatni amalga oshirish uchun daromadlar va xarajatlar smetalariga muvofiq amalga oshiriladi.
10-bob. Xalqaro hamkorlik
143. Professional ta’lim muassasasi O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga va O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq ta’lim, ilmiy va boshqa faoliyat sohalarida xalqaro hamkorlikni amalga oshirish huquqiga ega.
Professional ta’lim muassasalarining xalqaro hamkorligi xorijiy jismoniy va (yoki) yuridik shaxslar bilan tuzilgan shartnomalar asosida ham amalga oshiriladi.
144. Professional ta’lim muassasalarida xorijiy davlatlarning ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda qo‘shma ta’lim dasturlari amalga oshirilishi va hamkorlikda qo‘shma bo‘limlar (fakultetlar) belgilangan tartibda tashkil etilishi mumkin.
145. Professional ta’lim muassasasi O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirish huquqiga ega.
146. Belgilangan tartibda professional ta’lim muassasalari xodimlari xalqaro hamkorlik doirasida xorijiy davlatlarga malaka oshirish va qayta tayyorlash kurslariga jalb etilishi mumkin.
147. Professional ta’lim muassasalari xorijiy davlatlarning fuqarolariga ta’lim xizmatlarini ko‘rsatishni tashkil etish va rivojlantirish uchun belgilangan tartibda mazkur davlatlar fuqarolari o‘rtasida kasbga yo‘naltirish tadbirlarini tashkil etishi mumkin.
11-bob. Yakunlovchi qoidalar
148. Professional ta’lim muassasalarida o‘quv yuklamalarining hajmi va taqsimoti bo‘yicha boshqa me’yorlar ta’lim standartlari va malaka talablarida belgilanadi.
149. O‘zbekiston Respublikasi hududida faoliyat ko‘rsatayotgan tashkiliy-huquqiy shakllaridan va idoraviy bo‘ysunuvidan qat’i nazar barcha professional ta’lim muassasalari har chorak yakuni bo‘yicha o‘quvchilar harakati va faoliyat ko‘rsatayotgan rahbar hamda o‘qituvchi va ishlab chiqarish ta’limi ustalari to‘g‘risida statistik ma’lumotlarni tegishli Kasb-hunar ta’limini rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmalariga va boshqarmalar Vazirlikka taqdim etadi.
150. Professional ta’lim muassasalarini qayta tashkil etish yoki tugatishda mazkur professional ta’lim muassasalari o‘quvchilari Vazirlik tomonidan boshqa professional ta’lim muassasalariga o‘tkazish va amaldagi ta’lim dasturlari asosida o‘qishni tamomlashga sharoit yaratish choralari ko‘riladi.
151. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar.

************************************************************************************************************************

Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 7-avgustdagi 466-son qaroriga
4-ILOVA


O‘rta maxsus professional ta’lim bosqichida kadrlar tayyorlaydigan texnikumlarning
NAMUNAVIY USTAVI


1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Ustav o‘rta maxsus professional ta’lim bosqichida kadrlar tayyorlaydigan texnikumlarning maqomi, asosiy maqsad va vazifalari, huquq va majburiyatlari, shuningdek, faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.
2. Texnikumlar — Xalqaro tasniflagichning 5-darajasiga mos keluvchi ta’lim dasturlari asosida oliy ta’lim tizimi bilan integratsiyalashgan o‘rta maxsus professional ta’lim bosqichida kadrlar tayyorlaydigan, oliy ta’lim muassasalari huzurida faoliyat yuritadigan ta’lim muassasalari hisoblanadi.
3. Texnikum o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, boshqa qonun hujjatlari hamda ushbu Ustav asosida amalga oshiradi.
4. Texnikumlar tegishli vazirlik, idora va tashkilotlarning tizimidagi tashkiliy tuzilma hisoblanadi, faoliyati mahalliy va xorijiy grantlar, ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish, ishlab chiqarish va boshqa faoliyat turlaridan olingan daromadlar, yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik mablag‘lari, qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar mablag‘lari asosida moliyalashtiriladi.
Tegishli vazirlik, idora va tashkilotlar texnikum o‘quvchilarini kasbiy ta’lim jarayonida amaliy ko‘nikmalarini shakllantirishda, mehnat bozorida Xalqaro tasniflagichning 5-darajasiga mos keluvchi mutaxassislarga (keyingi o‘rinlarda — mutaxassislar) bo‘lgan ehtiyojni aniqlashda, bitiruvchilarni ish bilan ta’minlashda ko‘maklashadi.
Oliy ta’lim muassasalari texnikumlarning idoraviy bo‘ysunuvidan qat’i nazar, ta’lim jarayoniga o‘quv-metodik ko‘maklashadi.
5. Texnikum yuridik shaxs hisoblanib, o‘zining mustaqil balansiga, alohida mol-mulkiga, O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va nomi davlat tilida yozilgan muhrga, shtampga, davlat namunasidagi blankalarga, Moliya vazirligining G‘aznachiligida va uning hududiy bo‘limlarida shaxsiy hisobvaraqlariga, shu jumladan, xorijiy valyutadagi va boshqa hisobvaraqlariga, rekvizitlarga ega bo‘lgan, o‘z nomidan shartnomalar tuzadigan, mulkiy yoki shaxsiy nomulkiy huquqlarni amalga oshiradigan, yuklangan majburiyatlarni bajaradigan hamda sud, arbitraj organlarida da’vogar va javobgar bo‘ladigan ta’lim muassasasi hisoblanadi.
6. Texnikumning rasmiy nomlanishi:
a) davlat tilida:
to‘liq nomi: “ ”, qisqartirilgan nomi — “ ” ;
b) ingliz tilida:
to‘liq nomi: “ ”, qisqartirilgan nomi — “ ” ;
v) rus tilida:
to‘liq nomi: “ ”, qisqartirilgan nomi — “ ”.
7. Texnikumning joylashgan joyi (pochta manzili):, hudud, tuman (shahar), -mavze,- “ ”-uy.
2-bob. Texnikumlarning asosiy maqsad va vazifalari
8. Texnikumlarning asosiy maqsadi:
kadrlar tayyorlash Xalqaro tasniflagichning kamida 3 yoki 4-darajasiga mos ta’lim dasturlarini tamomlagan, umumiy o‘rta ma’lumotga ega bo‘lgan shaxslar hisobidan “Hayot davomida ta’lim olish” prinsipi asosida shakllantirilgan guruhlarda mutaxassisliklarning murakkabligidan kelib chiqqan holda 2 yildan kam bo‘lmagan muddatda kunduzgi, kechki va sirtqi ta’lim shakllarida davlat buyurtmasi hamda to‘lov-kontrakt asosida kadrlar tayyorlash;
kadrlar buyurtmasi asosida professional kasbiy malakaga ega bo‘lgan kadrlar tayyorlash:
Xalqaro tasniflagichning 5-darajasiga mos keluvchi ta’lim dasturlari asosida oliy ta’lim tizimi bilan integratsiyalashgan o‘rta maxsus professional ta’lim bosqichida kadrlar tayyorlash;
o‘quvchilarni tanlangan mutaxassislik bo‘yicha zamonaviy talablarga javob beruvchi, puxta bilim, amaliy ko‘nikma va malakaga hamda yuksak ma’naviy-axloqiy sifatlarga ega bo‘lgan, intellektual jihatdan yetuk kadrlar etib tayyorlashdan iborat.
9. Quyidagilar texnikumlarning asosiy vazifalari hisoblanadi:
iqtisodiyot soha va tarmoqlarida talab yuqori bo‘lgan tor doiradagi va sohaviy mutaxassisliklar bo‘yicha tizimli fikrlash, ish yuritish, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llash ko‘nikmalariga ega hamda xorijiy tillarni biladigan mutaxassislar tayyorlash;
egallagan mutaxassislik bo‘yicha mehnat faoliyati bilan shug‘ullanish huquqini beradigan, yuqori darajada sifatli bilim olishni va kasbiy tayyorgarlikni ta’minlaydigan ta’lim standartlari doirasida tanlangan mutaxassislik bo‘yicha o‘qitish;
tanlab olingan mutaxassislik bo‘yicha bir yoki bir necha kvalifikatsiyani egallash jarayonida o‘quvchilarning kasbiy layoqat, ko‘nikma va malakalarini oshirish;
mutaxassislarni tayyorlash tizimi va mazmunini jamiyat ehtiyojlaridan, fan, madaniyat va zamonaviy innovatsion texnika yutuqlaridan kelib chiqqan holda takomillashtirish;
o‘quvchilarda vatanparvarlik, milliy o‘zlikni anglash, xalqning milliy, madaniy, tarixiy an’analariga hurmat, Vatan bilan g‘ururlanish va iftixor tuyg‘usini shakllantirish;
o‘quvchilarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalashning samarali shakllari va usullaridan foydalangan holda kamol toptirish;
ta’lim standartlari talablariga ko‘ra o‘quvchilar egallashi lozim bo‘lgan malaka va ko‘nikmalarni o‘quvchilar ongiga singdirish;
o‘qituvchi, ta’lim oluvchilarning sog‘lig‘ini muhofaza qilish, sog‘lom turmush tarzini joriy etish, ularning bilim olishi, turmushi va dam olishi uchun yetarli shart-sharoitlar yaratish;
ta’lim jarayoni uchun zarur moddiy-texnika, o‘quv-metodik bazani yaratish va o‘quv jarayoniga yuqori ish tajribasiga ega bo‘lgan amaliyotchi mutaxassislarni jalb etib borish.
3-bob. Texnikumlarning huquq va majburiyatlari
10. Texnikum:
O‘zbekiston Respublikasi hududida o‘z nomidan yuridik va jismoniy shaxslar bilan vakolati doirasida shartnomalar va normativ-hujjatlar tuzish;
O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligi bilan taqiqlanmagan va ushbu Ustavga zid bo‘lmagan faoliyatni amalga oshirish;
ta’lim-tarbiya sifati va samaradorligini oshirish maqsadida o‘qituvchilar o‘rtasida sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish maqsadida tanlovlar tashkil etish;
respublika iqtisodiyoti, xo‘jalik va xizmat ko‘rsatish sohasida mutaxassislarga bo‘lgan talab va real ehtiyojlar asosida belgilangan tartibda tegishli mutaxassislar tayyorlovchi qo‘shimcha yo‘nalishlar, shartnoma asosida kasbga tayyorlovchi qisqa muddatli o‘quv kurslari ochish;
texnikum o‘quvchisining kasbiy va tadbirkorlik ko‘nikmalarini rivojlantirish, budjetdan tashqari mablag‘ ishlab topish maqsadida aholiga pullik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha turli sohalar bilan bog‘liq ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish faoliyati bilan shug‘ullanish;
to‘lov-kontrakt asosida o‘qitishdan tushadigan mablag‘lar hamda qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalardan tushgan mablag‘larni texnikumning moddiy-texnik bazasini rivojlantirishga va ta’lim-tarbiya jarayonini zamonaviy o‘quv-texnik vositalar, mebellar bilan ta’minlashga, texnikum xodimlarini ijtimoiy himoyalashga va ularning faoliyat samaradorligini oshirishni rag‘batlantirishga sarflash huquqiga ega.
Texnikum qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
11. Texnikum:
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ta’lim-tarbiya sohasidagi farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli qarorlari va farmoyishlari, tegishli vazirlik, idoralar va tashkilotlarning hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi va boshqa vakolatli davlat organlarining normativ hujjatlarida belgilangan vazifalarni bajarishga;
texnikumning moddiy-texnik bazasini rivojlantirish, budjet mablag‘laridan samarali foydalanish hamda mablag‘ bilan ta’minlashning muqobil manbalarini, shu jumladan, tashkilotlar, homiylar mablag‘larini, xorijiy investitsiyalarni jalb etishga;
ta’lim standartlari, malaka talabi, o‘quv reja va fan dasturlari asosida yuqori sifatli o‘rta maxsus professional ta’limni berishga;
texnikum axborot-kutubxona fondini umumiy o‘quvchilar sonini hisobga olgan holda zamonaviy talabga javob beradigan darsliklar va o‘quv-metodik adabiyotlar (shu jumladan, badiiy adabiyotlar) majmui bilan yetarli darajada muntazam ravishda to‘ldirib borishni ta’minlash hamda o‘quv jarayoniga zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikatsion texnologiyalarini joriy etishga;
texnikum o‘qituvchilari malakasini oshirish, tajriba almashinuvini tashkil etish va moddiy jihatdan qo‘llab-quvvatlashga;
ta’lim jarayoni qatnashchilarini ijtimoiy himoya qilishga;
pedagogik faoliyatning sifati, ijtimoiy maqomi, nufuzi va obro‘-e’tiborini oshirish borasida faoliyat ko‘rsatishga;
mehnat muhofazasi talablariga javob beradigan ta’lim-tarbiya va mehnat sharoitlarini yaratishga majbur.
Texnikum qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlarni ham olishi mumkin.
4-bob. Ta’lim oluvchilar
12. Texnikumga o‘qishga qabul qilingan fuqaro ushbu ta’lim muassasasi o‘quvchisi hisoblanadi.
13. O‘qishda erishgan yutuqlari, o‘quv-ishlab chiqarish, ijodiy faoliyat va texnikumning boshqa ishlarida faol qatnashgan o‘quvchilarga moddiy va ma’naviy rag‘batlantirishning turli xil shakllari qo‘llaniladi.
14. Texnikum o‘quvchilari:
professional ta’lim muassasasi faoliyatiga doir masalalarni muhokama va hal etishda bevosita yoki bilvosita (mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish organlari va jamoat tashkilotlari orqali) ishtirok etish;
belgilangan tartibda professional ta’lim muassasalari ma’muriyatining buyruqlari ustidan shikoyat qilish;
ta’lim dasturlari bo‘yicha ta’limni davom ettirishini to‘xtatish bo‘yicha professional ta’lim muassasasi rahbariyatiga murojaat qilish;
axborot-kutubxona, professional ta’lim muassasasining o‘quv, ijtimoiy, davolash va boshqa bo‘linmalari xizmatlaridan ta’lim muassasasi ustavida belgilangan tartibda bepul foydalanish;
kasbiy kompetensiyalarni rivojlantirishga qaratilgan turli ko‘rik tanlovlarda belgilangan tartibda ishtirok etish;
ish beruvchilar tomonidan tavsiya qilingan ish joylarida ishlash bo‘yicha murojaat qilish;
oliy ta’lim muassasasining tegishli yo‘nalishlarida ta’limni davom ettirish;
ta’lim olishda o‘rta maxsus professional ta’lim dasturida va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarda belgilangan huquqlardan foydalanish huquqiga ega.
Texnikum o‘quvchilari qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
15. Texnikum o‘quvchilari:
Ta’lim standartlarida belgilangan talablarni o‘quvchilar belgilangan muddatlarda bajarishi hamda bilim va ko‘nikmalarni egallashga;
uzrsiz sabablarga ko‘ra dars mashg‘ulotlarini qoldirmaslik;
ushbu Ustavga, Texnikumning ichki tartib-qoidalariga, odob-axloq qoidalariga hamda o‘quv intizomiga rioya qilishga;
texnikum binolari va uning mol-mulkini asrab-avaylashga;
to‘lov-kontrakt bo‘yicha majburiyatlarni o‘z vaqtida bajarishga majbur.
Texnikum o‘quvchilari qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlarni ham olishi mumkin.
5-bob. O‘quv tarbiyaviy va ilmiy-metodik ish
16. Texnikumlarda idoraviy bo‘ysunuvidan qat’i nazar o‘quv-metodik rahbarlik qilish hamda bu sohada davlat siyosatini yuritish O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.
17. Texnikumda:
ta’lim berish kamida 2 yil muddatda kunduzgi, kechki, sirtqi ta’lim shakllarida davlat buyurtmasi hamda to‘lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi;
kechki va sirtqi ta’lim shaklida o‘qish muddati va semestrlar davomiyligi vakolatli davlat organlari tomonidan belgilangan me’yorlar asosida shakllantiriladi;
o‘quvchilar o‘qitish kurslari bo‘yicha guruhlarga, o‘qitish yo‘nalishi bo‘yicha esa bo‘limlarga birlashtiriladi;
guruhlarda o‘quvchilar soni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan me’yorlar asosida shakllantiriladi;
o‘quv yilining boshlanishi, tugallanishi, haftalik yuklama, ta’tillarning muddati, davomiyligi, shuningdek, o‘quv-tarbiya jarayoni yakunlarini belgilash shakllari, amaliyot turlari va yakuniy davlat attestatsiyasini o‘tkazish tartibi hamda ta’lim jarayoniga tegishli boshqa talablar qonunchilikda belgilangan tartibda tasdiqlangan o‘quv rejalari va boshqa normativ hujjatlar asosida belgilanadi;
texnikumda barcha turdagi o‘quv mashg‘ulotlari davomiyligi tegishli normativ hujjatlar bilan belgilanadi;
texnikumda o‘qitish kursi tugagandan keyin nazoratlarning yakuniy natijalari asosida o‘quvchini navbatdagi kursga o‘tkazish, kursda qoldirish, o‘qishdan chetlashtirish to‘g‘risida qaror qabul qilinadi. O‘quvchilarni kursdan kursga o‘tkazish, o‘qishdan chetlashtirish, kursda qoldirish ilmiy pedagogik kengashning qarori va texnikum direktorining buyrug‘i bilan rasmiylashtiriladi;
kursdan kursga shartli ravishda o‘tkazishlarga yo‘l qo‘yilmaydi;
o‘quvchilarni texnikumda o‘qitish ta’limning fan va ishlab chiqarish bilan o‘zaro hamkorligi asosida quyidagicha amalga oshiriladi;
texnikum o‘quvchilarining muassasa va tashkilotlarda tizimli asosda ishlab chiqarish va malakaviy amaliyot o‘tashi uchun shart-sharoitlar yaratish, shuningdek, ish beruvchilarni o‘quv jarayoniga foydalaniladigan o‘quv-normativ xujjatlarni ishlab chiqishga jalb etish;
bevosita ishlab chiqarishni modernizatsiyalash jarayonlarida ishtirok etishga qodir bo‘lgan kadrlarni tayyorlash maqsadida o‘quv jarayoniga innovatsion g‘oyalar, texnologiyalar va ishlanmalarni qo‘llab, texnikum hamda muassasa va tashkilotlarning o‘zaro yaqin hamkorligini ta’minlash;
o‘quvchilarning o‘quv, ishlab chiqarish va diplom oldi amaliyoti belgilangan normativ hujjatlarga muvofiq amalga oshiriladi;
o‘quv reja va fan dasturlarining barcha talablarini bajargan o‘quvchi texnikum ilmiy pedagogik kengashining qarori va direktorning bo‘yrug‘i bilan Yakuniy davlat attestatsiyasi imtihonlariga qo‘yiladi. Yakuniy davlat attestatsiyasi belgilangan normativ hujjatlarga muvofiq tartibga solinadi;
Yakuniy davlat attestatsiyasi komissiyasi qarori bilan ta’lim olgan mutaxassisligi (kasbi) va egallagan malakasi (malakalari) ko‘rsatilgan holda davlat namunasidagi diplom beriladi;
Diplomga o‘zlashtirilgan fanlar ro‘yxati, o‘tilgan soatlar hajmi, ularni o‘zlashtirish darajasi (baholar) va Yakuniy davlat attestatsiyasi natijalari ko‘rsatilgan qo‘shimcha varaq ilova qilinadi;
texnikumni tamomlaganlik to‘g‘risidagi diplom egallangan bilimlarni mehnat faoliyatida amalga oshirish huquqini beradi;
o‘rta maxsus ta’lim dasturlarini muvoffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilar o‘z sohasiga mos bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha kirish imtihonlarisiz yakka tartibdagi suxbat orqali oliy ta’lim muassasalarida 2-kursdan o‘qishni davom ettirish xuquqiga ega bo‘ladi;
o‘quv-metodik, ilmiy-metodik va tajriba ishlarini amalga oshirish maqsadida texnikum fan kafedralarini tashkil kiladi;
o‘quv jarayoni shakli ilmiy asoslangan innovatsion vosita va o‘qitish usullarini tanlash asosida tashkil etiladi;
o‘quv jarayoniga yo‘nalishlar bo‘yicha olim va mutaxassislar jalb qilinadi. Texnikumda o‘qituvchilarning o‘quv-metodik va ilmiy ijod qilishlari uchun sharoit yaratiladi va rag‘batlantiriladi.
18. Texnikumda ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlar umumbashariy qadriyatlarga va milliy an’analarga asoslanadi.
Texnikumda:
vatanparvarlik va milliy mustaqillik g‘oyalariga sadoqatli hamda jamiyat taraqqiyotiga hissa qo‘shishga qodir shaxsni tarbiyalash o‘quv jarayoni bilan uzviy ravishda oila, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi, Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Xotin-qizlar qo‘mitasi va boshqa jamoat tashkilotlari ishtirokida amalga oshiriladi;
yoshlarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalashda xalqning boy milliy-madaniy, tarixiy an’analariga, urf-odatlariga asoslangan tarbiyaviy ishlarning turli shakllarini ommalashtirish maqsadida texnikumning veb-sayti va ijtimoiy sahifalarini yaratish yo‘lga qo‘yiladi;
o‘quvchilarning o‘z intellektual darajasini oshirishlari uchun badiiy adabiyotlarni o‘qishga qiziqtirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirishga doir targ‘ibot ishlarini olib borish yangi adabiy kitoblarning taqdimotini uyushtirish va targ‘ib qilish orqali amalga oshiriladi;
texnikum o‘quvchilarida muloqot madaniyatining zamonaviy shakllarini yaratish maqsadida tegishli mutaxassislarni jalb qilgan holda bahs-munozaralar va davra suhbatlari uyushtiriladi;
chet tillaridagi badiiy adabiyotlar, ilmiy materiallarni o‘rganish va ta’lim-tarbiyaga tatbiq etish maqsadida videoroliklar, bukletlar, flayyerlar tayyorlash yo‘lga qo‘yiladi;
yosh avlodni ma’naviy-axloqiy, milliy g‘oyalarga sadoqat va vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, mustaqil dunyoqarashga va fikrlashga ega bo‘lgan ma’naviy boy va har tomonlama kamol topgan shaxsni shakllantirishda milliy-madaniy, tarixiy an’analarga, urf-odatlar hamda umumbashariy qadriyatlariga asoslangan tarbiyaviy ishlarning turli xil shakllari qo‘llaniladi;
o‘quvchilarda ta’lim muassasasi va tanlagan kasbni egallash bo‘yicha berilgan imkoniyatlardan g‘ururlanish hissini oshirishga qaratilgan tadbirlar ishlab chiqiladi;
o‘quv yilining birinchi kuni vazirlik, hokimiyat, hududiy kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish boshqarmasi, oliy ta’lim muassasasi va jamoat tashkilotlari vakillari ishtirokida o‘quvchilarning tantanali saflanishi, O‘zbekiston Respublikasi bayrog‘ini olib chiqish, Davlat madhiyasini ijro etish bilan boshlanadi va belgilangan tadbir asosida davom ettiriladi;
birinchi mashg‘ulot O‘zbekiston Respublikasining milliy mustaqillik g‘oyalariga bag‘ishlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, hududiy kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish boshqarmasi rahbariyati va O‘zbekiston yoshlar ittifoqi bilan birgalikda o‘quvchilar hamda ularning ota-onalari ishtirokida yoshlarga oid muhim masalalarni muhokama etish uchun muntazam ravishda uchrashuvlar o‘tkazib boriladi.
6-bob. Ta’lim muassasasini boshqarish
19. Texnikumni boshqarish direktor tomonidan amalga oshiriladi.
Oliy ta’lim muassasalari huzurida tashkil etilgan texnikumlar direktori rektor tavsiyasiga binoan bo‘ysunuvi bo‘yicha tegishli vazirlik, idora va tashkilot rahbari tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.
Texnikum direktori:
texnikum faoliyatiga rahbarlikni amalga oshiradi va texnikumga yuklangan vazifalar bajarilishi uchun shaxsan javob beradi;
o‘rinbosarlar vakolatlarini belgilaydi, ular o‘rtasida vazifalarni taqsimlaydi, texnikumning tarkibiy bo‘linmasi rahbarlari vakolatlarini, ularning faoliyati uchun javobgarligini belgilaydi;
texnikum faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, tegishli vazirlik, idora va tashkilotlar, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, buyruqlari va ko‘rsatmalari amalga oshirilishini tashkil etadi;
qonun hujjatlariga asosan texnikum nomidan ish olib boradi, barcha tashkilotlarda uning vakili sifatida qatnashadi, shartnomalar tuzadi, ishonchnomalar beradi;
texnikum tarkibiy bo‘linmalari to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlaydi;
texnikum o‘qituvchi va xodimlari bilan mehnat shartnomalarini tuzadi va bekor qiladi;
texnikum tarkibiy bo‘linmalari rahbarlarini lavozimga tayinlaydi va lavozimdan ozod qiladi;
texnikum pedagogik xodimlari va o‘quvchilari uchun bajarilishi majburiy bo‘lgan buyruqlar chiqaradi va ko‘rsatmalar beradi;
texnikumning tashkiliy va moliyaviy faoliyati masalalarini hal qiladi;
texnikumning mol-mulkiga egalik qilish, foydalanish va tasarruf etish bo‘yicha belgilangan tartibda qarorlar qabul qiladi;
texnikumning shtat jadvallari va xarajatlar smetasini tasdiqlaydi;
texnikum o‘qituvchilari va boshqa xodimlarini rag‘batlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish masalalarini hal etadi, o‘rnak ko‘rsatgan texnikum xodimlariga unvonlar berish va davlat mukofotlari bilan taqdirlash to‘g‘risida takliflar kiritadi.
texnikum direktori qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
7-bob. Ta’lim muassasasining tuzilishi
20. Texnikum shtatlari jadvali amaldagi normativ-huquqiy hujjatlar asosida ishlab chiqiladi, tasdiqlanadi hamda ro‘yxatdan o‘tkaziladi.
21. Texnikumda Ilmiy pedagogik kengash, metodik kengash, ota-onalar kengashi, Jamoatchilik kengashi tuziladi va faoliyat yuritadi.
22. Texnikum faoliyatining asosiy masalalarini ko‘rib chiqish uchun texnikum ilmiy pedagogik kengashi (keyingi o‘rinlarda — Kengash) tashkil etiladi. Kengash to‘g‘risidagi nizom va uning ish rejasi Kengash yig‘ilishida tasdiqlanadi.
Kengash tarkibi direktor tomonidan tasdiqlanadi. Kengash tarkibiga oliy ta’lim muassasasining tarkibiy bo‘linmalari rahbarlari, direktor o‘rinbosarlari, kotib, yuqori malakali o‘qituvchilar, ishlab chiqarish ta’limi ustalari hamda biriktirilgan oliy ta’lim muassasasi vakillari kiradi.
Kengash qarorlarining ijrosi direktor va uning o‘rinbosarlari tomonidan ta’minlanadi.
23. Kengashning vakolatlariga quyidagilar kiradi:
texnikum faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda tegishli vazirlik, idora va tashkilotlarining buyruqlari, hududiy kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish boshqarmasining ko‘rsatmalari va topshiriqlari ijrosi ta’minlanishini tashkil qilish;
texnikumning yillik ish rejasi va boshqa rejalarni tasdiqlash;
budjetdan tashqari mablag‘lar sarf-xarajati hisobotlarini ko‘rib chiqish;
texnikum pedagogik jamoasining faoliyatini o‘quvchilarning egallashi lozim bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalarini ta’minlashga, o‘quvchilarga ta’lim berish sifatini oshirishga yo‘naltirish;
oliy ta’lim muasasasi bilan hamkorlikda o‘quv-metodik jarayonni tashkil etish, moddiy-texnik bazadan unumli foydalanish masalalarini ko‘rib chiqish;
texnikum o‘quvchilarining yo‘nalishlar bo‘yicha axborotlari va hisobotlarini eshitish, ta’lim muassasasining sanitariya-gigiyenik holati, yong‘inga qarshi amalga oshiriladigan ishlar, mehnatni muhofaza qilish, o‘quvchilarning sog‘lig‘i va hayotiga oid hamda boshqa masalalarni muhokama qilish va qaror qabul qilish;
texnikum guruh murabbiylari faoliyati to‘g‘risidagi axborotlarni eshitish;
qabul komissiyasining texnikumga o‘quvchilarni qabul qilish yuzasidan hisobotini eshitish;
o‘quvchilarga ta’lim berishda o‘qitishning ilg‘or pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishni tatbiq etish choralarini ko‘rish;
o‘quvchilarni yuksak ma’naviy-axloqiy, umuminsoniy va milliy ruhda, o‘z Vatani, xalqini ardoqlovchi, tinchlik va barqarorlikka qaratilgan milliy qadriyatlar asosida tarbiyalash yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqish va joriy etish;
texnikumda o‘quv-tarbiya jarayonini tashkil etish va ta’lim samaradorligini oshirish bo‘yicha zarur shart-sharoitlar yaratishga qaratilgan qarorlar qabul qilish;
o‘quvchilarni kursdan kursga o‘tkazish, kursda qoldirish, chetlashtirish, o‘qishga tiklash, bitiruvchilarga o‘qishni tamomlaganlik to‘g‘risidagi diplomlar, shu jumladan, ularning dublikatini berish masalalarini ko‘rib chiqish;
yuqori malakali pedagoglarning ish tajribasini o‘rganish va ommalashtirish, ularni davlat mukofotlariga tavsiya etish, yosh pedagog o‘qituvchilarga metodik yordam ko‘rsatish ishlarini tashkil etish;
o‘z vakolati doirasida lokal hujjatlarni tasdiqlash va ularning bajarilishini nazorat qilish;
chin yetim, yetim, kam ta’minlangan va ijtimoiy himoyaga muhtoj o‘quvchilarni har tomonlama ijtimoiy himoya qilish masalalarini ko‘rib chiqish;
direktor o‘rinbosarlari, tarkibiy bo‘linma rahbarlarining hisobotlarini eshitish.
Kengash texnikum faoliyatiga taalluqli bo‘lgan boshqa muhim masalalarni ham ko‘rib chiqish huquqiga ega.
24. Texnikum tarkibida kasaba uyushmasi, xotin-qizlar qo‘mitasi, O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi, murabbiylar kengashi va ta’lim-tarbiya jarayoniga daxldor bo‘lgan boshqa jamoat tuzilmalari tashkil etiladi.
25. Texnikumda fan kafedralari va biriktirilgan oliy ta’lim muassasalarining kafedra filiallari tashkil etiladi.
Tashkil etilgan kafedralar ular faoliyati to‘g‘risidagi nizomlar bilan tartibga solinadi.
26. Texnikumning o‘qituvchilari va tegishli oliy ta’lim muassasasi kafedralarining professor-o‘qituvchilari bilan hamkorlikda ta’lim sifatini oshirish borasida hamkorlik yo‘lga qo‘yiladi.
27. Texnikum direktori ta’lim muassasasidagi o‘quv-tarbiya va ilmiy-metodik ishlar samaradorligi bo‘yicha oliy ta’lim muassasasining kengashida hisobot beradi.
Oliy ta’lim muassasasi kengashi yig‘ilishlarida texnikum direktori ishtirok etadi.
8-bob. Pedagog xodimlar, o‘quv-tarbiyaviy xodimlar
28. Texnikumda pedagog xodimlaor, boshqaruv, texnik, xizmat ko‘rsatuvchi va o‘quv-yordamchi xodimlar faoliyat yuritadi.
29. Pedagog xodimlar tarkibiga oliy ma’lumotli, katta, yetakchi va bosh o‘qituvchi va ishlab chiqarish ustasi lavozimlari kiradi.
30. Belgilangan talablarga muvofiq tegishli oliy ma’lumotga, kasb tayyorgarligi va zamonaviy talablarga javob beradigan, yuksak malaka, professional tayyorgarlik va ma’naviy-axloqiy fazilatlarga ega bo‘lgan shaxslar texnikumda pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanish huquqiga ega.
Sud qarori bilan kasb-hunar ta’limi muassasalarida ishlashi taqiqlangan shaxslarning texnikumga faoliyat olib borishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
31. Texnikumlarga xodimlarni ishga qabul qilish qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlarning mutaxassislari o‘rindoshlik asosida yoki qonun hujjatlarida belgilangan tartibda soatbay ish haqi to‘lash shartlari asosida pedagogik faoliyatga jalb etilishi mumkin.
32. Pedagog, boshqaruv, texnik, xizmat ko‘rsatuvchi va o‘quv-yordamchi xodimlarning huquq va majburiyatlari texnikumning ichki tartib-qoidalari, odob-axloq qoidalari va lavozim yo‘riqnomalarida belgilanadi.
33. Texnikumning o‘qituvchi va boshqa xodimlari tarkibini davriy attestatsiyadan o‘tkazish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda vakolatli davlat organi tomonidan amalga oshiriladi.
34. Texnikum direktori o‘rinbosarlari bo‘ysunuvi bo‘yicha tegishli vazirlik va idora bilan kelishgan holda texnikum direktori tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.
9-bob. Jamoat tashkilotlari
35. Texnikumda o‘quvchi, pedagog xodim, ma’muriy va yordamchi xodimlarni birlashtiruvchi jamoat tashkilotlari faoliyat ko‘rsatadi. Jamoat tashkilotlarining faoliyati amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
36. Texnikum o‘quvchilarining Yoshlar ittifoqining boshlang‘ich tashkiloti o‘zini o‘zi boshqaradigan nodavlat, notijorat tashkilot bo‘lib, yoshlarni ixtiyoriy ravishda birlashtiradi hamda oshkoralik va adolat tamoyillari asosida ish yuritadi.
37. Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va tegishli qonun hujjatlari hamda O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti Nizomi asosida faoliyat ko‘rsatadi.
38. Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkilotining maqsad-vazifalari texnikum yoshlarini birlashtirish, sog‘lom turmush tarzi asosida tarbiyalash, jamiyatda munosib o‘rin egallashga ko‘maklashish, ularning manfaatlarini har tomonlama himoya qilishdan iboratdir.
39. O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasida jamoat birlashmalari to‘g‘risida”gi Qonunida belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilgan kasaba uyushmasi qo‘mitasi texnikum xodimlari va o‘quvchilarining ko‘ngilli jamoat birlashmasi sifatida e’tirof etiladi.
40. Kasaba uyushmasi qo‘mitasi O‘zbekiston Respublikasining “Kasaba uyushmalari, ularning huquqlari va faoliyatining kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonuniga va boshqa tegishli normativ hujjatlarga muvofiq ish ko‘radi.
10-bob. Texnikumning mol-mulki va mablag‘lari
41. Texnikum o‘zining moliya-xo‘jalik faoliyatini budjetdan tashqari mablag‘lar doirasida amalga oshiradi. Texnikum faoliyatini moliyalashtirish quyidagi manbalar va mablag‘lar orqali amaldagi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda:
tegishli vazirlik, idora va tashkilotlarning budjetdan tashqari mablag‘lari;
o‘quvchilarni davlat buyurtmasi va to‘lov-shartnoma asosida o‘qitishdan tushgan mablag‘lar;
qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbaalar hisobidan amalga oshiriladi.
42. Texnikumning moliyaviy mablag‘i uning to‘liq ixtiyorida bo‘lib, qonun bilan belgilangan tartibda ta’lim muassasasining ehtiyojini qondirishga ishlatiladi.
43. Bino, xonalar mehnatni muhofaza qilish, sanitariya-gigiyena me’yorlariga va yong‘in xavfsizligi qoidalariga muvofiq jihozlanadi va foydalaniladi.
44. Texnikum o‘z faoliyati natijalarining buxgalteriya hisobini belgilangan tartibda amalga oshiradi, moliya va statistika hisobotlarini yuritadi hamda tegishli organlarga taqdim etadi.
45. Texnikumning moliya-xo‘jalik faoliyatini nazorat qilish qonun hujjatlariga muvofiq vakolatli organlar tomonidan amalga oshiriladi.
11-bob. Qayta tashkil etish va tugatish
46. Texnikumni qayta tashkil etish yoki tugatish qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.

*************************************************************************************************************************

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTININGFARMONI
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA YURIDIK TA’LIM VA FANNI TUBDAN TAKOMILLASHTIRISH BO‘YICHA QO‘SHIMCHA CHORA-TADBIRLAR TO‘G‘RISIDA



So‘nggi yillarda mamlakatda o‘quv-pedagogik jarayonga innovatsion ilg‘or va xalqaro ta’lim standartlarini joriy etish, kadrlar salohiyatini oshirish va professor-o‘qituvchilar mehnatini rag‘batlantirish, shuningdek ta’lim muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlashni nazarda tutadigan yuridik ta’lim tizimini takomillashtirish bo‘yicha bir qator aniq chora-tadbirlar amalga oshirildi.
Shu bilan birga, milliy yuridik ta’limning samaradorligi nisbatan pastligicha qolmoqda, bu yuqori malakali mutaxassis-huquqshunoslarni tayyorlash va mamlakatda yuridik fanni rivojlantirishga to‘sqinlik qilayotgan qator tizimli muammo va kamchiliklar mavjudligi bilan izohlanadi.
Yuridik kadrlarni tayyorlash sohasida raqobatning mavjud emasligi milliy yurisprudensiya ilmiy maktabining shakllanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda, shuningdek, hududlardagi iqtidorli yoshlar uchun teng ta’lim olish imkoniyatlarini cheklamoqda.
Huquq sohasidagi ilmiy tadqiqotlar natijalarini amaliy jihatdan joriy etish, o‘qitishning ilg‘or uslublaridan keng foydalanish, shuningdek, zamonaviy talablarni inobatga olgan holda ta’lim standartlarini modernizatsiyalash va o‘quv dasturlarini qayta ko‘rib chiqishga yetarli e’tibor berilmayapti, bu esa yuridik ta’lim sifati va ilmiy salohiyatning pasayishiga olib kelmoqda.
Yuridik ta’lim va fan tizimini tubdan takomillashtirish, ularning xalqaro ta’lim maydonidagi raqobatbardoshligini ta’minlash, yuridik kadrlar tayyorlash sifatini oshirish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasida belgilangan vazifalarni amalga oshirish maqsadida:
1. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Oliy sudi, Bosh prokuraturasi, Ichki ishlar vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Inson huquqlari bo‘yicha Milliy markaz, shuningdek, keng yuridik jamoatchilikning:
Toshkent davlat yuridik universitetini (keyingi o‘rinlarda — TDYU) “yurisprudensiya” mutaxassisligi bo‘yicha yuridik kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash bo‘yicha bazaviy oliy ta’lim va ilmiy-metodik muassasasi etib belgilash;
Samarqand, Namangan va Termiz davlat universitetlarida yuridik fakultetlar (keyingi o‘rinlarda — yuridik fakultetlar) tashkil etib, “yurisprudensiya” yo‘nalishi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan kelishilgan holda belgilangan tartibda shakllantiriladigan va tasdiqlanadigan kvotalar bo‘yicha qabulni, shu jumladan tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida qo‘shimcha qabulni amalga oshirish;
davlat, huquq va siyosiy-huquqiy ta’limot sohasida fundamental va amaliy tadqiqotlarni amalga oshiradigan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Davlat va huquq institutini tashkil etish haqidagi taklifi ma’qullansin.
2. Quyidagilar yuridik ta’lim va fanni yanada rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari etib belgilansin:
zamonaviy talablar, ilg‘or xalqaro yuridik tajriba va mehnat bozori ehtiyojlari asosida yuqori malakali, ijodiy fikrlaydigan, halol kadrlar tayyorlashni ta’minlash;
o‘qitishning kredit-modul tizimini va talabalar bilimini baholash usullarini takomillashtirish, o‘quv jarayonida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng qo‘llash hamda o‘quv bazasini modernizatsiyalash;
klinik yuridik ta’limni rivojlantirish yo‘li bilan o‘quv jarayoni va huquqni qo‘llash amaliyoti o‘rtasida uzviy aloqani ta’minlash;
rivojlangan xorijiy davlatlarning yetakchi ta’lim va ilmiy muassasalari bilan hamkorlikni, qo‘shma huquqiy tadqiqotlarni, professor-o‘qituvchilar va talabalar o‘zaro almashinuvini faollashtirish;
axborot huquqiy texnologiyalar va tizimlarni (Legal Tech) ishlab chiqqan holda davlat va huquq sohasida ilmiy va innovatsion tadqiqotlarni o‘tkazish;
xorijiy hamkorlar bilan birgalikda yuridik kadrlarni tayyorlash bo‘yicha qo‘shma ta’lim dasturlarini (double degree) amalga oshirish, o‘quv-ta’lim jarayoniga xorijiy olimlar va mutaxassislarni faol jalb qilish;
“Elektron universitet” (E-University) tizimini joriy etgan holda ochiq, shaffof, subyektivlik va suiiste’molchiliklardan xoli bo‘lgan ta’lim muhitini yaratish;
TDYU va yuridik fakultetlarni xalqaro tan olingan ta’lim muassasalari reytingiga kiritish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish orqali milliy yuridik ta’lim raqobatbardoshligini oshirish.
3. Yuridik kadrlarni tayyorlashga buyurtma shakllantirishning shunday tartibi joriy etilsinki, unga muvofiq:
TDYU, yuridik fakultetlar va yuridik texnikumlarga qabul parametrlari yuridik kadrlarga bo‘lgan ehtiyojni monitoring qilish va prognozlashtirish elektron platformasini yaratgan holda davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, turli mulkchilik shaklidagi tashkilotlar, shu jumladan tadbirkorlik subyektlarida joriy va istiqboldagi yuridik kadrlarga bo‘lgan ehtiyojni hisobga olib, har bir hudud, iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohalar kesimida tahlil qilish asosida shakllantiriladi;
davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, Savdo-sanoat palatasi va O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi har yili belgilangan muddatlarda ish beruvchilarning yuridik kadrlarga bo‘lgan ehtiyojlari haqidagi ma’lumotlarni O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga taqdim qiladi;
mulkchilikning barcha shakllaridagi tashkilotlar, shu jumladan tadbirkorlik subyektlari, yuridik kadrlarni tayyorlashga buyurtmani shakllantirishda ishtirok etishga, xususan TDYU, yuridik fakultetlar va yuridik texnikumlarda kadrlarni maqsadli tayyorlash uchun to‘lovni, ular tomonidan o‘qishni tugatganidan so‘ng, shartnomada belgilanadigan muddat davomida tashkilot-buyurtmachida uzluksiz ishlash majburiyatini qabul qilgan holda, amalga oshirishiga haqli;
potensial ish beruvchilar bilan birgalikda shartnoma asosida mutaxassislar tayyorlashni (ta’lim klastyerlari) tashkil etgan holda yuridik kadrlarni tayyorlashga buyurtma joylashtirish uchun yuridik kadrlar tayyorlaydigan ta’lim muassasalarini saralash tanlovi joriy etiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi:
Savdo-sanoat palatasi va O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi bilan birgalikda muntazam ravishda tadbirkorlik subyektlariga, shu jumladan qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilariga, o‘z yuridik xizmatlarini tashkil etishda ko‘maklashsin;
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga yuridik ma’lumot zarur bo‘lgan lavozimlar ro‘yxatini kengaytirgan holda Xizmatchilarning asosiy lavozimlari va ishchilar kasblari klassifikatorini qayta ko‘rib chiqish bo‘yicha takliflar kiritsin.
4. Toshkent davlat yuridik universiteti Vasiylik kengashining yangi tarkibi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Vasiylik kengashi zimmasiga, qonun hujjatlarida belgilangan vazifalar bilan bir qatorda, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, turli mulkchilik shaklidagi tashkilotlar, shu jumladan tadbirkorlik subyektlarida yuridik kadrlarga bo‘lgan joriy va istiqboldagi ehtiyojni chuqur tahlil qilish asosida yuridik kadrlarni tayyorlashga buyurtmani samarali shakllantirishni ta’minlash vazifasi yuklansin.
5. Quyidagilar:
TDYUda Nagoya universiteti (Yaponiya) bilan hamkorlikda tashkil etilgan yapon tili va huquqi haqidagi bilimlarga ega malakali yuridik kadrlarni tayyorlash, akademik almashinuv va qo‘shma ilmiy huquqiy tadqiqotlarni o‘tkazishga ko‘maklashuvchi Yapon huquqini o‘rganish markazi faoliyat yuritayotganligi;
Regensburg universiteti (Germaniya Federativ Respublikasi) bilan 2020-yilda TDYUda nemis tili va huquqini biladigan yuqori malakali yuridik kadrlarni tayyorlashga qaratilgan Nemis huquqi va qiyosiy-huquqiy tadqiqotlar markazini ochish to‘g‘risida kelishuvga erishilganligi;
Buyuk Britaniya va Xitoy Xalq Respublikasi oliy ta’lim muassasalari bilan TDYUda ingliz va xitoy huquqini o‘rganish markazlarini tashkil etish bo‘yicha muzokaralar olib borilayotganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Tashqi ishlar vazirligi bilan birgalikda TDYUga xorijiy huquqni o‘rganish markazlari faoliyatini tashkil etishda har tomonlama ko‘maklashib borsin.
6. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va TDYUning quyidagilar to‘g‘risidagi takliflariga rozilik berilsin:
a) TDYUda Xalqaro huquq va qiyosiy huquqshunoslik fakulteti (keyingi o‘rinlarda — Fakultet) tashkil etish, uning zimmasiga quyidagi asosiy vazifalarni yuklash:
xalqaro xususiy huquq, shu jumladan xalqaro arbitraj huquqini chuqur o‘rganish, shuningdek, milliy va yapon, nemis huquqi hamda boshqa rivojlangan xorijiy davlatlar huquq tizimlarini qiyosiy tadqiq qilish asosida yuqori malakali yuridik kadrlar tayyorlash;
Yaponiya, Germaniya va boshqa rivojlangan xorijiy davlatlar huquqi va huquqiy tizimlarining qiyosiy tadqiqotlari natijalarini hisobga olgan holda xalqaro huquq normalarini implementatsiya qilish va milliy qonunchilikni takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
xorijiy huquq va huquqiy tizimlarni qiyosiy tadqiq qilish maqsadida xorijiy davlatlarning yetakchi oliy ta’lim muassasalari bilan professor-o‘qituvchilar va talabalar almashinuvi hamda stajirovkalarni tizimli asosda tashkil etish;
konstitutsiyaviy, fuqarolik, ma’muriy, jinoyat, jinoyat-protsessual va huquqning boshqa sohalariga oid normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishda ishtirok etish;
b) Fakultetning asosiy hamkorlari sifatida Yaponiya tomonidan — Nagoya universitetini, Germaniya Federativ Respublikasi tomonidan — Regensburg universitetini belgilash.
Belgilansinki:
xorijiy huquqni o‘rganish markazlari Fakultet tarkibida faoliyat yuritadi;
Fakultet negizida xorijiy ta’lim muassasalari va xalqaro tashkilotlar bilan huquq sohasida qo‘shma tadqiqot, o‘quv-ta’lim va boshqa loyihalarni tashkil etish bo‘yicha maydon yaratiladi;
Fakultetdagi o‘quv jarayoniga xorijiy oliy ta’lim muassasalarining professor-o‘qituvchilari faol jalb etiladi.
7. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi uch oy muddatda Nagoya va Regensburg universitetlari hamda xorijiy davlatlarning boshqa oliy ta’lim muassasalari, xalqaro tashkilotlar vakillari bilan muzokaralar o‘tkazsin va ularning natijalariga ko‘ra quyidagilar tasdiqlanishini ta’minlasin:
2020 — 2025-yillarda yetakchi yapon, nemis va boshqa chet ellik olimlarning yuridik fanlar bo‘yicha o‘quv adabiyotlari turkumini davlat tiliga tarjima qilish va chop etishni tashkil etish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi;
2021-2022-yillarda xorijiy davlatlarning yetakchi oliy ta’lim muassasalari bilan professor-o‘qituvchilar va talabalar almashinuvi hamda stajirovkalarni tashkil etish jadvali.
Belgilansinki, ushbu bandda ko‘zda tutilgan tadbirlarni bajarish bilan bog‘liq xarajatlarni moliyalashtirish adliya organlari va muassasalarining budjetdan tashqari mablag‘lari hamda homiylar va donorlar mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
8. Toshkent shahar hokimligi O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi, Adliya vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda Moliya vazirligi bilan birgalikda uch oy muddatda Toshkent shahrida, innovatsion o‘quv jarayonini tashkil etish uchun zarur infratuzilmaga ega TDYUning zamonaviy kampusini barpo etish imkoniyatlarini o‘rganib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga asoslantirilgan takliflar kiritsin.
9. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020/2021 o‘quv yilidan boshlab quyidagilarni nazarda tutuvchi takliflari ma’qullansin:
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini TDYU magistraturasiga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi (keyingi o‘rinlarda — Davlat test markazi) tomonidan o‘tkaziladigan test sinovlari orqali qabul qilish, bazaviy oliy yuridik ma’lumotga ega bo‘lgan shaxslar uchun ishlab chiqarishdan ajralmagan holda masofaviy, sirtqi va kechki o‘qitish dasturlarini joriy etish;
bazaviy oliy yuridik ma’lumotga hamda davlat hokimiyati va boshqaruvi markaziy organlarida yuridik yo‘nalish bo‘yicha kamida besh yil ish stajiga ega bo‘lgan rahbar xodimlarni magistraturaga ishlab chiqarishdan ajralmagan holda masofaviy, sirtqi va kechki o‘qitish dasturlari bo‘yicha o‘qish uchun qabulini tegishli davlat organining birinchi rahbari tavsiyasiga ko‘ra, kirish test sinovlarisiz, to‘lov-kontrakt asosida va qabul parametrlaridan tashqari amalga oshirish;
“yurisprudensiya” yo‘nalishi bo‘yicha bakalavriatni imtiyozli tugatgan bitiruvchilarni TDYU magistraturasiga test sinovlarisiz, to‘lov-kontrakt asosida, o‘qish qiymatining 50 foizini to‘lab, qabul parametrlaridan tashqari, o‘qishni tugatgandan so‘ng TDYU, yuridik fakultetlar, yuridik texnikumlar va TDYU qoshidagi litseyda kamida uch yil uzluksiz ishlash majburiyatini yuklagan holda qabul qilish tartibini joriy etish;
TDYU, yuridik texnikumlar va TDYU qoshidagi akademik litseyda pullik asosda tayyorlov va boshqa kurslarni, yozgi va qishki maktablarni, shu jumladan chet el fuqarolari uchun, tashkil etish.
10. TDYU rektoriga budjetdan tashqari (to‘lov-kontrakt, shu jumladan tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt) mablag‘lar hisobidan:
xorijiy mutaxassislarni konsultant, ma’ruzachi va o‘qituvchi sifatida jalb etib, ularga mehnat bozorining amaldagi konyunkturasini hisobga olgan holda ish haqi va boshqa to‘lovlarni belgilash;
TDYU bakalavriat, magistraturasi istiqbolli bitiruvchilari va xodimlarining xorijiy ta’lim va ilmiy muassasalari magistratura va doktoranturasida o‘qishi qiymati va u bilan bog‘liq xarajatlar uchun to‘lovlarni, ular tomonidan o‘qishni tugatgandan so‘ng TDYUda kamida uch yil uzluksiz ishlash majburiyatini olish sharti bilan amalga oshirish;
TDYU va TDYU qoshidagi akademik litseyning iqtidorli talaba hamda o‘quvchilariga stipendiya va grantlar ajratish huquqi berilsin.
11. TDYU moliyaviy barqarorligi va ta’lim xizmatlari bozorida talab yuqoriligini inobatga olib, 2020-yil 1-yanvardan boshlab o‘zini o‘zi moliyalashtirish tizimiga o‘tkazilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Belgilansinki, TDYU o‘zini o‘zi moliyalashtirish tizimiga o‘tgan oliy ta’lim muassasalariga berilgan huquqlar bilan bir qatorda quyidagilarni ham mustaqil ravishda amalga oshiradi:
ta’limning uzluksizligi va izchilligini ta’minlashni hisobga olgan holda TDYU qoshidagi akademik litseyning o‘quv-uslubiy jarayonini muvofiqlashtirish, uning tuzilmasini, o‘quv rejalari va dasturlarini ishlab chiqish va tasdiqlash, qabul parametrlari va ta’lim yo‘nalishlarini belgilash;
yuridik texnikumlar va TDYU qoshidagi akademik litsey pedagog xodimlarining mehnatini me’yorlashtirish;
xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan tuzilgan kelishuvlar asosida qo‘shma ta’lim dasturlarini amalga oshirish hamda TDYU, yuridik texnikumlar va TDYU qoshidagi akademik litseyda qo‘shma fakultetlar tashkil etish;
o‘qish uchun to‘lov miqdorini o‘rnatgan holda TDYU bakalavriat va magistraturasiga tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida qo‘shimcha qabul parametrlarini belgilash;
bakalavriat va magistraturaga qabul qilishda test sinovlari fanlari majmuasini, shuningdek, o‘qish muddatlari va talabalar tomonidan o‘quv mashg‘ulotlariga qatnash tartibini belgilash;
TDYU va TDYU qoshidagi akademik litseyda nomutaxassislik fanlarni o‘qitish va fakultativ mashg‘ulotlar o‘tkazishni autsorsing shartlarida tashkil etish;
davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi barcha turdagi, shu jumladan TDYU va TDYU qoshidagi akademik litseyning bino va inshootlarini qurish hamda ulardan foydalanish bo‘yicha kelishuvlarni tuzish va amalga oshirish;
innovatsiya va ilmiy faoliyatni tijoratlashtirish hamda moliyaviy resurslarni, shu jumladan davlat-xususiy sheriklik asosida jalb qilish uchun tijorat va notijorat tashkilotlar (startap, jamg‘arma va boshqalar) tuzish;
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan kelishilgan holda moliya yili uchun TDYU va TDYU qoshidagi akademik litseyning daromadlar va xarajatlar smetasini, shtat jadvalini, biznes-rejasini tasdiqlash, ularga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, bino va inshootlarni kapital ta’mirlash, rekonstruksiya qilish, xodimlariga ish haqini to‘lash tizimi va tartibini belgilash.
12. Toshkent davlat yuridik universiteti faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
13. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi uch oy muddatda:
Korrupsiyaga qarshi kurashish dasturi, xodimlar va talabalar (o‘quvchilar)ning odob-axloq kodeksini, xodimlarni korrupsiyaviy huquqbuzarliklar sodir etishga og‘dirish maqsadida murojaat qilish holatlari haqida xabardor qilishning shaffof tartibini tasdiqlash hamda Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha komissiyani tuzish;
TDYUni 2030-yilgacha xalqaro tan olingan tashkilotlar reytinglaridagi eng yaxshi oliy ta’lim muassasalari ro‘yxatiga kiritish, shuningdek, uning milliy reytingdagi o‘rnini yuksaltirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish va tasdiqlash;
O‘zbekiston Respublikasi Advokatlar palatasi, Notarial palata va boshqa manfaatdor idoralar bilan hamkorlikda advokatlar, notariuslar, FHDY organlari xodimlari, yuriskonsultlar va boshqa xodimlar malakasini oshirish tizimini zamonaviy talablar va xalqaro standartlarni hisobga olgan holda takomillashtirish bo‘yicha hukumat qarori loyihasini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish;
doimiy asosda chop etiladigan taqriz beriladigan talabalar yuridik jurnalini ta’sis etish;
TDYU qoshida TDYU va yuridik kadrlar tayyorlovchi respublikaning boshqa oliy ta’lim muassasalari talabalarini ixtiyoriylik asosida birlashtiradigan yosh yuristlar jamoat birlashmasini tashkil etishga ko‘maklashish;
yangi avlod darsliklari va o‘quv qo‘llanmalari turkumini amalga oshirilayotgan huquqiy islohotlarni inobatga olib, xorijiy olimlar va mutaxassislarni jalb etgan holda tayyorlash, shuningdek, mamlakatdagi islohotlarning zamonaviy bosqichi ehtiyojlari va ilg‘or xorijiy tajribani hisobga olgan holda o‘quv rejalari va dasturlarini yangilash va qayta ko‘rib chiqish bo‘yicha chora-tadbirlar majmuini ishlab chiqishni ta’minlasin.
14. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi:
Samarqand, Namangan va Termiz davlat universitetlarida yuridik fakultetlar faoliyatini tashkil etish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirsin;
yuridik fakultetlarni yuqori malakali, zamonaviy ta’lim shakl va uslublarini egallagan, ilmiy salohiyat va amaliy ish tajribasiga ega bo‘lgan pedagog kadrlar bilan to‘ldirilishini ta’minlasin;
yuridik fakultetlarda o‘quv jarayonini kredit-modul tizimi, zamonaviy ta’lim texnologiyalari, eng yangi axborot va o‘quv-laboratoriya jihozlarini keng joriy etish va foydalanish asosida tashkil etsin;
yuridik fakultet o‘qituvchilarining har yili O‘zbekiston hamda xorijiy davlatlarning yetakchi ta’lim muassasalarida, ilmiy-tadqiqot markazlarida, qonunchilik, sud, huquqni muhofaza qiluvchi va boshqa organlarida stajirovka o‘tashi bo‘yicha dasturlar tayyorlanishi va amalga oshirilishini ta’minlasin;
uch oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga yuridik fakultetlarning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash bo‘yicha asoslantirilgan takliflar kiritsin.
Yuridik fakultetlar tashkil etilayotgan oliy ta’lim muassasalari rektorlariga yuridik fakultetlar professor-o‘qituvchilari uchun ularning aniq ish natijalarini hisobga olgan holda, oliy ta’lim muassasalarining mazkur fakultetlarida talabalar o‘qishidan tushadigan budjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan qo‘shimcha ustamalar belgilash huquqi berilsin.
15. Belgilab qo‘yilsinki:
a) 2020/2021 o‘quv yilidan boshlab yuridik texnikumlarda:
nomutaxassislik fanlar soni qisqartirilib, o‘quv jarayoni kredit-modul tizimini qo‘llagan holda tashkil qilinadi;
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini qabul qilish Davlat test markazi tomonidan o‘tkaziladigan test sinovlari orqali amalga oshirilib, tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida qo‘shimcha qabul tartibi joriy etiladi;
yuridik texnikumlar va TDYU qoshidagi akademik litseyning qo‘shma ta’lim dasturlarini hamda qo‘shma fakultetlarini tugatgandan so‘ng o‘qishni davom ettirgan shaxslarga berilgan xorijiy ta’lim muassasalarining belgilangan shakldagi diplomlari (bakalavriat, magistratura) O‘zbekiston Respublikasida qo‘shimcha ma’muriy tartib-taomillarsiz oliy ta’lim to‘g‘risidagi hujjat sifatida tan olinadi;
bazaviy oliy yuridik ma’lumotga ega, yuridik texnikumlarda kamida uch yil ishlagan pedagog va rahbar xodimlar TDYU magistraturasiga kirish test sinovlarisiz, to‘lov-kontrakt asosida, qabul parametrlaridan tashqari, o‘qishni tugatgandan so‘ng taqsimot bo‘yicha adliya organlari va muassasalarida, birinchi navbatda, yuridik texnikumlarda kamida uch yil uzluksiz ishlash majburiyatini olgan holda, kirish huquqiga ega;
b) 2020/2021 o‘quv yilidan boshlab TDYU qoshidagi akademik litseyda qabul tartibi va parametrlari, shuningdek, o‘qish uchun to‘lov miqdori TDYU tomonidan mustaqil belgilangan holda, to‘lov-kontrakt, shu jumladan tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida qo‘shimcha qabul tartibi joriy qilinadi;
v) 2021/2022 o‘quv yilidan boshlab TDYU qoshidagi akademik litseyning barcha fanlar bo‘yicha yuqori natijalarga ega bitiruvchilari TDYUga kirish test sinovlarisiz, yakka tartibda suhbat o‘tkazish orqali, to‘lov-kontrakt asosida, qabul parametrlaridan tashqari kirish huquqiga ega.
16. Belgilansinki:
“Huquq” ta’lim sohasi uchun davlat ta’lim standarti Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan kelishilgan holda ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi;
TDYU, yuridik fakultetlar va yuridik texnikumlar professor-o‘qituvchilari va boshqa xodimlari vazirliklar va idoralarning o‘quv, ilmiy-tadqiqot, ma’naviy-ma’rifiy faoliyati, shuningdek, shartnomalar doirasida ko‘rsatiladigan xizmatlardan tashqari boshqa ishlarga jalb etilishi mumkin emas;
asosiy vositalar va tovar-moddiy boyliklarni sotish, pullik kurslarni tashkil etish va boshqa turdagi xizmatlarni ko‘rsatishdan tushadigan barcha mablag‘lar, TDYU va yuridik texnikumlarning rivojlantirish jamg‘armalarida to‘planadi, ular mazkur mablag‘larni mustaqil ravishda tasarruf qiladi;
2020-yil 1-maydan boshlab TDYU, yuridik texnikumlar va TDYU qoshidagi akademik litseyning mol-mulkini ijaraga berishdan kelib tushadigan mablag‘lar elektron savdo maydonchasi operatori to‘lovini chegirib tashlagan holda, to‘liq hajmda mazkur muassasalarning rivojlantirish jamg‘armalariga o‘tkaziladi;
TDYUga masofaviy, sirtqi va kechki o‘qitish shakllarini tashkil etish huquqi beriladi;
TDYU oliy ta’lim muassasalarining to‘lov-kontrakt asosida o‘qitishdan tushgan mablag‘lari hisobidan shakllantiriladigan jamg‘armalarga o‘tkaziladigan barcha ajratmalardan ozod qilinadi.
17. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga quyidagi vakolatlar berilsin:
yuridik texnikumlarda to‘lov-kontrakt asosida o‘qish qiymati va uni to‘lash muddatlarini, shuningdek, tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt bo‘yicha qo‘shimcha qabul parametrlari va o‘qish qiymatini tasdiqlash;
TDYU, yuridik texnikumlar va TDYU qoshidagi akademik litseyning ma’muriy-boshqaruv, o‘quv-yordamchi, muhandislik-texnik, xizmat ko‘rsatish va boshqa xodimlari namunaviy shtatlarini (normativlarini), shuningdek, yuridik texnikumlar tuzilmasini ishlab chiqish va tasdiqlash;
TDYU, yuridik texnikumlar va TDYU qoshidagi akademik litsey xodimlari ish haqi miqdorlarini budjetdan tashqari (to‘lov-kontrakt, shu jumladan tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt) mablag‘lar hisobiga mazkur muassasalarning rahbar xodimlari va o‘qituvchilarining bazaviy lavozim maoshlariga tenglashtirish;
ilg‘or xorijiy tajribani hisobga olgan holda, yuridik texnikumlarda o‘qish muddatlari va shaklini belgilash;
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tizimidagi ta’lim muassasalarining yillik va boshqa moliyaviy hisobotlarini muhokama qilish va tasdiqlash;
TDYU rektori va Kengashi vakolatlarini, shuningdek, yuridik texnikumlar xodimlari ish haqi tizimi va tartibini belgilash;
adliya organlari va muassasalarining budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan Adliya vazirligi tizimidagi ta’lim muassasalarining iqtidorli talabalariga (o‘quvchilariga) stipendiyalar va grantlar, shuningdek, adliya organlari va muassasalari xodimlariga xorijiy ta’lim, ilmiy va boshqa tashkilotlarda o‘qish, stajirovka o‘tash va ular bilan bog‘liq xarajatlarni qoplash uchun grantlar ajratish.
18. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Oliy sudi, Bosh prokuraturasi, Ichki ishlar vazirligi, Advokatlar palatasi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi:
a) nazariy tayyorgarlikning huquqni qo‘llash amaliyoti bilan uzviy bog‘liqligini ta’minlashga qaratilgan ma’ruzalar, mahorat darslari va o‘quv seminarlarini o‘tkazish uchun vazirlik va idoralarning amaliyot xodimlarini jalb qilish orqali o‘quv jarayonini samarali tashkil etishda TDYU va yuridik fakultetlarga doimiy ravishda har tomonlama ko‘maklashsin;
b) uch oy muddatda:
TDYU, yuridik fakultetlar va yuridik texnikumlarning pedagoglar tarkibi tomonidan advokatlik tuzilmasida stajirovkadan o‘tmasdan hamda TDYU, yuridik fakultetlar va yuridik texnikumlarda asosiy ish joyi saqlangan holda advokatlik faoliyatini amalga oshirish tartibini o‘rnatish bo‘yicha takliflarni kiritsin;
manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda amaliy mashg‘ulot va tadqiqotlar uchun zarur shart-sharoitlarni yaratgan holda TDYU va yuridik fakultetlar kafedralarini tashkil qilishini ta’minlasin;
TDYU, yuridik fakultetlar va yuridik texnikumlarga o‘z idoralaridagi statistik, arxiv va boshqa ma’lumotlarga to‘siqsiz kirishni (axborotdan foydalanish qonun bilan cheklangan hollar bundan mustasno), shuningdek, ta’lim tadbirlarini o‘tkazish imkonini beruvchi videokonferens-aloqa tizimiga ulanishni ta’minlasin.
19. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tasarrufida yuridik kadrlarni tayyorlovchi ta’lim muassasalari bo‘lgan vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘qishga qabul qilish va o‘quv jarayonini tashkil etish tartibini ushbu Farmon talablarini inobatga olgan holda takomillashtirish bo‘yicha choralarni ko‘rsin.
20. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi uch oy muddatda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Davlat va huquq instituti faoliyatini tashkil etish to‘g‘risidagi Vazirlar Mahkamasining qarorini qabul qilsin.
21. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 28-iyundagi “Yuridik kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ-1990-son qarori o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
22. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga 3-ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
23. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
24. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh. Nizomiddinov zimmasiga yuklansin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2020-yil 29-aprel,
PF-5987-son


*************************************************************************************************************************
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 29-apreldagi PF-5987-son Farmoniga
1-ILOVA
Toshkent davlat yuridik universiteti Vasiylik kengashi
TARKIBI


A.N. AripovO‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri, Vasiylik kengashi raisi
A.X. SaidovO‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikerining birinchi o‘rinbosari, Vasiylik kengashi raisi o‘rinbosari
J.A. Qo‘chqorovO‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri
N.T. Yo‘ldoshevO‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori
R.K. DavletovO‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri
U.K. MingboyevO‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi raisi
K.F. KamilovO‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi
P.R. BobojonovO‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri
N.B. XusanovO‘zbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vaziri
S.M. BuzrukxonovO‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri o‘rinbosari
R.R. XakimovO‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri o‘rinbosari — Toshkent davlat yuridik universiteti rektori
Izoh: Kengash a’zolari boshqa ishga o‘tgan taqdirda, uning tarkibiga ko‘rsatilgan lavozimlarga yangidan tayinlangan shaxslar yoki zimmasiga tegishli funksiyalarni bajarish yuklangan shaxslar kiritiladi.

************************************************************************************************************************

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 29-apreldagi PF-5987-son Farmoniga
2-ILOVA
Toshkent davlat yuridik universiteti faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha

T/r

Chora-tadbir nomi

Amalga oshirish shakli

Ijro muddati

Mas’ul ijrochilar

I. Qabul tizimini takomillashtirish hamda ta’lim sifatini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar

1.

2020/2021 o‘quv yilidan boshlab quyidagilarni nazarda tutgan holda TDYU magistraturasiga qabul qilish tartibini belgilash:TDYU magistraturasiga kirish imtihonlarini Davlat test markazi tomonidan o‘tkaziladigan test sinovlari shaklida tashkil etish;
bazaviy oliy yuridik ma’lumotga ega shaxslar, shu jumladan tegishli davlat organi birinchi rahbarining tavsiyasi asosida bazaviy oliy yuridik ma’lumot hamda davlat hokimiyati va boshqaruvining markaziy organlaridayuridik mutaxassislik bo‘yicha kamida besh yil ish stajiga ega bo‘lgan rahbar xodimlar uchun ishlab chiqarishdan ajralmagan holda TDYU magistraturasida masofaviy, sirtqi va kechki o‘qitish dasturlarini joriy etish;
“yurisprudensiya” yo‘nalishi bo‘yicha bakalavriatni imtiyozli tugatgan talabalarni TDYU magistraturasiga kirish test sinovlarisiz, to‘lov-kontrakt asosida, o‘qish qiymatining 50 foizini to‘lab, qabul parametrlaridan tashqari, o‘qishni tugatgandan so‘ng TDYU, yuridik fakultetlar va TDYU qoshidagi akademik litseyda kamida uch yil uzluksiz ishlash majburiyatini olgan holda qabul qilish tartibini joriy etish.

Vazirlar Mahkamasi qarori

2020-yil iyul

Davlat test markazi,

TDYU

2.

TDYUda o‘qitishning modul tizimi sharoitlarida talabalar bilimini nazorat qilish tartibi va baholash mezonlarini takomillashtirish.

Idoraviy normativ-huquqiy hujjat

2020-yil sentyabr

TDYU,

Adliya vazirligi,

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

3.

Yuqori kurs talabalari tomonidan tanishtiruv va malakaviy amaliyotni, shuningdek, stajirovkani o‘tash tartibini takomillashtirish orqali:davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlarda ta’lim va amaliyotning uzviy bog‘liqligini;
talabalarni qiziqishi, intilishi va qobiliyatini e’tiborga olgan holda keyinchalik ishga joylashishi uchun professional yo‘naltirishni ta’minlash.

Idoraviy normativ-huquqiy hujjat

2020-yil noyabr

Adliya vazirligi,

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar, TDYU

4.

Elektron hujjat almashinuviga o‘tish va o‘quv jarayonini raqamlashtirish, shu jumladan mashg‘ulotlar jadvalini shakllantirish, imtihonlarni o‘tkazish, baholash, talabalar reytingini shakllantirish va h. k. joriy etishni nazarda tutuvchi “Elektron universitet” (E-University) loyihasini amalga oshirish.

Kompleks chora-tadbirlar

2020-yil dekabr

TDYU,

Adliya vazirligi,

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

5.

O‘zlashtirish darajasi 71 foizdan past bo‘lgan alohida toifadagi talabalar uchun maxsus fanlardan yakuniy davlat attestatsiyasi topshirish mexanizmini joriy etish bilan bitiruv malakaviy ishlarni tayyorlash va himoya qilish talablarini qayta ko‘rib chiqish.

TDYU Kengashi qarori

2020-yil sentyabr

TDYU,

Adliya vazirligi,

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

6.

O‘zini o‘zi moliyalashtirish tizimiga o‘tilganligini hisobga olgan holda TDYU xodimlari bazaviy maoshlariga ustamalar va boshqa moddiy rag‘batlantirish turlari, miqdorlari va mezonlarini qayta ko‘rib chiqish.

Rektor buyrug‘i,

tashkiliy chora-tadbirlar

2020-yil

iyun

TDYU,

Adliya vazirligi

II. Korrupsiyaga qarshi kurashish chora-tadbirlari

7.

Korrupsiyaga qarshi kurashish dasturini tasdiqlash.

TDYU Kengashi qarori

2020-yil iyul

TDYU,

Adliya vazirligi

8.

Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha komissiyani tuzish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2020-yil iyul

TDYU,

Adliya vazirligi

9.

Xodimlar va talabalar (o‘quvchilar)ning Odob-axloq kodeksini qabul qilish.

TDYU Kengashi qarori

2020-yil iyul

TDYU,

Adliya vazirligi

10.

ISO 9001 — Sifat menejmenti tizimi va ISO 37001 — Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimi xalqaro standartlariga TDYU mos kelishini ta’minlash bo‘yicha choralar ko‘rish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2021-yil dekabr

TDYU,

Adliya vazirligi

11.

Korrupsiya faktlari haqidagi ma’lumotlarni qabul qilish bo‘yicha qayta aloqa tizimini yaratish, talabalar o‘rtasida korrupsiya masalalari bo‘yicha tizimli asosda so‘rovlar o‘tkazib borish va ularning natijalari bo‘yicha amaliy choralar ko‘rish, imtihon jarayoni ustidan jamoatchilik nazorati mexanizmlarini joriy etish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2020-yil oktyabr

TDYU,

Adliya vazirligi

III. O‘quv jarayonini yanada takomillashtirish, ta’lim sifatini oshirish va moddiy-texnik bazani mustahkamlash

12.

Xorijiy olim va mutaxassislarni jalb qilgan holda chuqurlashtirilgan o‘qitishni amalga oshirish uchun chet tillarida ta’lim beriladigan maxsus akademik guruhlar tashkil etish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2021-yil sentyabr

TDYU

13.

TDYU o‘quv va ilmiy tarkibiy bo‘linmalarini zamonaviy ta’lim shakl va uslublarini egallagan, halol, vijdonli va malakali ilmiy-pedagogik kadrlar bilan to‘ldirish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2020-yil

avgust,

doimiy

TDYU

14.

Fanlarni tanlash imkoniyatini ta’minlagan holda ECTS Yevropa kredit tizimini (European Credit Transfer and Accumulation System) joriy etish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2020-yil sentyabr

TDYU,

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

15.

Ilg‘or xorijiy tajriba asosida amaldagi va yangi bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari, magistratura mutaxassisliklari malaka talablari, o‘quv rejalari va dasturlarini ishlab chiqish hamda ularni o‘quv jarayoniga tatbiq etish, shuningdek, tegishli magistratura mutaxassisliklarini yangi avlod yuridik kadrlarini tayyorlashning zamonaviy talablaridan kelib chiqqan holda qayta ko‘rib chiqish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2020-yil sentyabr

TDYU,

Adliya vazirligi,

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

16.

Zamonaviy texnologiyalar va interaktiv ta’lim uslublarini (E-Minbar elektron platformasi), talabalaring mustaqil o‘quv va amaliy faoliyati (keys-stadi, kouching va h. k. )ni rivojlantirish orqali amaliyot o‘tash, shuningdek o‘qituvchi va talabaning o‘zaro masofaviy hamkorligini (vebinar texnologiyalar) ta’minlashga, ularda innovatsion va tahliliy fikrlashni rivojlantirishga mo‘ljallangan modulli, obyektga yo‘naltirilgan va dinamik ta’lim muhitini (Moodle) keng joriy qilish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2021-yil sentyabr

TDYU,

Adliya vazirligi,

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

17.

Amaliyotga yo‘naltirilgan va munozarali mashg‘ulotlar o‘tkazishni kuchaytirish, tanqidiy fikrlash va notiqlik san’atini rivojlantirishni ta’minlovchi laboratoriya va kovorking (coworking) markazlarni tashkil etish orqali o‘quv-uslubiy bazani mustahkamlash.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2021-yil sentyabr

TDYU

18.

Yurisprudensiyada yangi axborot texnologiyalari va tizimlarini ishlab chiqish va tatbiq etish maqsadida Legal Tech laboratoriyasini tashkil etish va faoliyatini yo‘lga qo‘yish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2021-yil sentyabr

TDYU

19.

Xorijiy oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalarida ishlovchi vatandoshlarimiz bilan aloqalar o‘rnatish va ular bilan amaliy hamkorlik tizimini joriy etish, ularni TDYUda o‘quv tadbirlarini o‘tkazish hamda TDYU manfaatlarini xalqaro maydonda ilgari surishga jalb etish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2020-yil sentyabr,

doimiy

TDYU,

Adliya vazirligi,

“El-yurt umidi” jamg‘armasi,

Tashqi ishlar vazirligi

20.

Quyidagilar orqali ta’lim jarayoni vailm-fanning huquqniqo‘llash amaliyoti bilan uzviy integratsiyasini ta’minlash:statistika, arxiv va boshqa ma’lumotlardan (qonunchilikka muvofiq foydalanish cheklangan ma’lumotlar bundan mustasno) fodalanishga ruxsat bergan holda huquqni muhofaza qiluvchi organlar, sudlar va boshqa tashkilotlarda kafedralar tashkil etish;
ta’lim tadbirlarini real vaqt rejimida o‘tkazish imkonini beruvchi videokonferensaloqa tizimiga ulanish.

Kompleks chora-tadbirlar

2020-yil sentyabr

Adliya vazirligi,

Oliy sud,

Bosh prokuratura,

Ichki ishlar vazirligi,

boshqa davlat organlari,

TDYU

21.

Ijtimoiy yo‘naltirilgan yuridik klinika faoliyatini (Pro bono) va talabalar klinik ta’limini rivojlantirish, shuningdek, “Street Law” loyihasini faol amalga oshirish.Yuridik klinika uchun trening materiallari to‘plamini ishlab chiqish, yuridik yordamning dolzarb masalalari bo‘yicha tadbirlar o‘tkazish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2021-yil yanvar

TDYU,

Adliya vazirligi

22.

Yangi avlod darsliklari va o‘quv qo‘llanmalari turkumini amalga oshirilayotgan huquqiy islohotlarni inobatga olib, xorijiy olimlar va mutaxassislarni jalb etgan holda tayyorlash, shuningdek, axborot-resurs markazi fondini quyidagilarni nazarda tutgan holda muntazam yangilab borish:o‘quv, ilmiy va uslubiy adabiyotlar mualliflari uchun munosib moddiy rag‘bat va talab etiladigan sharoitlar yaratish;
TDYU daromadlar va xarajatlar smetasida darsliklar, o‘quv qo‘llanmalar, ilmiy va uslubiy adabiyotlar tayyorlash, tarjima qilish va nashr etish, shuningdek, mualliflar mehnatini rag‘batlantirishga mablag‘lar ajratish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2020-yil dekabr,

doimiy

TDYU,

Adliya vazirligi

23.

Masofaviy, sirtqi va kechki o‘qitish shaklini bosqichma-bosqich joriy etish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2021-yil sentyabr

TDYU,

Adliya vazirligi,

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi,

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

24.

Quyidagilar orqali qo‘shimcha moliyaviy tushumlar jalb qilish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish:tayyorlov va qisqa muddatli kurslar, shuningdek yozgi va qishki maktablar tashkil etish, shu jumladan chet el fuqarolari uchun;
eng yuqori talabga ega bo‘lgan xorijiy tillar bo‘yicha qisqa muddatli til o‘rganish kurslari tashkil etish;
er va zarur binolarni ajratilishini nazarda tutgan holda, shu jumladan davlat-xususiy sheriklik asosida TDYU huzurida maktabgacha va umumta’lim muassasalarini tashkil etish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2020-2024-yillar

TDYU,

Toshkent shahar hokimligi,

Adliya vazirligi,

Maktabgacha ta’lim vazirligi,

Xalq ta’limi vazirligi

25.

Toshkent shahrida o‘quv jarayonini innovatsion infratuzilma bilan qamrab olgan zamonaviy TDYU kampusini qurish imkoniyatini o‘rganib, asoslantirilgan takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2020-yil iyul

Toshkent shahar hokimligi, Qurilish vazirligi,

Adliya vazirligi,

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi,

Moliya vazirligi,

TDYU

26.

Toshkent shahri hududida tegishli yer uchastkasi ajratib, shu jumladan davlat-xususiy sheriklik asosida ikkita ko‘p qavatli uylar qurish orqali TDYU, adliya organlari va muassasalari xodimlari uy-joy sharoitlarini yaxshilash.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2021-yil may

Adliya vazirligi,

Toshkent shahar hokimligi,

Moliya vazirligi,

Qurilish vazirligi,

TDYU

IV. Ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyatning sifatini oshirish

27.

“TSUL Legal Report”taqriz beriladigan talabalar yuridik jurnalini ta’sis etish hamda uning qog‘oz va elektron shaklda tizimli ravishda nashr etilishini tashkil etish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2020-yil

iyul

Adliya vazirligi,

TDYU

28.

TDYUni 2030-yilgacha xalqaro tan olingan tashkilotlar reytinglaridagi eng yaxshi oliy ta’lim muassasalari ro‘yxatiga kiritish, shuningdek, uning milliy reytingdagi o‘rnini yuksaltirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar rejasini tasdiqlash va amalga oshirish.

Kompleks chora-tadbirlar

2020-yil

iyul

TDYU

29.

Huquq sohasidagi xalqaro ma’lumotlar bazalaridan foydalanish imkoniyatini ta’minlash (LexisNexis, WestLaw, JStore va boshqalar).

Tashkiliy chora-tadbirlar

2020-yil

dekabr

TDYU

30.

Kafedralar ixtisosligi bo‘yicha talabalar va yosh olimlarni ilmiy faoliyatga keng jalb qilish maqsadida ilmiy maktab va to‘garaklarni, shuningdek “Yosh olimlar klubi”(Young Scholars Club)ni tashkil etish hamda keyinchalik eng iqtidorli yosh olimlarni xorijiy davlatlarga o‘qishga va stajirovkaga yuborish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2020-yil

avgust,

doimiy

TDYU,

Adliya vazirligi

31.

TDYUda quyidagi huquqlarni taqdim qilishni nazarda tutgan holda, yuridik fanlarning barcha ixtisosliklari bo‘yicha ilmiy darajalar berish bo‘yicha ilmiy kengashlarni tashkil etish:rektorga — ilmiy kengashlar tarkibiga jalb etilgan yuqori malakali mutaxassislarni moddiy rag‘batlantirishni amalga oshirish;
ilmiy kengashlarga — dissertatsiyalarni ularning rasmiy himoyasiga qadar maxsus, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi tomonidan foydalaniladigan elektron dasturlar yordamida, plagiat holatlari mavjudligi yuzasidan dastlabki tekshiruvdan o‘tkazish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2021-yil yanvar

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi,

TDYU,

Adliya vazirligi

32.

Huquqni qo‘llashning tizimli muammolarini oldindan prognozlash, aniqlash va bartaraf etishga, shu jumladan yuridik xizmat iste’molchilari o‘rtasida aloqalarni o‘rnatishga imkon beradigan TDYU ilmiy-innovatsion markazi yordamida samarali faoliyat ko‘rsatadigan “ilmiy-innovatsion markaz — kafedra — ishlab chiqarish” triadasini yaratish orqali “University 3. 0” konsepsiyasini amalga oshirish uchun “Forsayt-prognozlash” innovatsion tizimini bosqichma-bosqich joriy etish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2021-yil sentyabr

TDYU,

Adliya vazirligi

33.

TDYU jurnallarining xalqaro miqyosdagi mavqeyini ko‘tarish maqsadida ularni yetakchi ilmiy bazalar (RINS, DOI, Scopus)ga bosqichma-bosqich kiritish, shuningdek, jurnallarning alohida sonlarini xorijiy davlatlardagi nufuzli ilmiy yuridik jurnallar bilan hamkorlikda nashr ettirish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2020-yil

noyabr

TDYU

V. Xalqaro hamkorlikni rivojlantirish

34.

“Ikki tomonlama diplom” taqdim etishni nazarda tutuvchi qo‘shma ta’lim dasturlari (double degree)ni joriy etish, xorijiy oliy ta’lim muassasalariga doktoranturaga yuborish, shuningdek yetakchi chet el mutaxassislarini TDYUda o‘tkaziladigan o‘quv va ilmiy tadbirlarga jalb etish orqali xalqaro hamkorlikni kengaytirish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2021-yil sentyabr

TDYU,

Adliya vazirligi,

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

35.

Chet el huquqini o‘rganish markazlarini tashkil etish maqsadida Buyuk Britaniya, Fransiya, Xitoy Xalq Respublikasi va boshqa rivojlangan xorijiy davlatlarning oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2021-yil sentyabr

TDYU,

Adliya vazirligi,

Tashqi ishlar vazirligi

36.

Milliy va xalqaro olimpiadalarni tashkil etish va o‘tkazish hamda xalqaro tanlovlarda (Willem C. Vis Moot Arbitration, Phillip C. Jessup International Law Moot Court Competition va boshqalar) talabalarning tizimli asosda ishtirok etishini ta’minlash.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2021-yil,

doimiy

TDYU,

Adliya vazirligi,

Tashqi ishlar vazirligi

37.

TDYUning xalqaro universitetlar assotsiatsiyasiga, shu jumladan Universitetlar buyuk xartiyasi, Universitetlar xalqaro assotsiatsiyasi, Yuridik maktablar xalqaro assotsiatsiyasi, Yevropa universitetlari assotsiatsiyasi va boshqalarga a’zo bo‘lishini ta’minlash.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2021-yil

may

TDYU,

Adliya vazirligi,

Tashqi ishlar vazirligi

VI. Talabalarning ma’naviy-axloqiy tarbiyasini yuksaltirish

38.

Davlat va jamiyat oldida turgan muhim masalalarni hal qilish uchun mas’uliyatni zimmasiga oladigan vatanparvar, zamonaviyyoshlarni tarbiyalashga yo‘naltirilgan beshta muhim tashabbusni amalga oshirish.

Kompleks chora-tadbirlar

2020-yil sentyabr

Adliya vazirligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar,

O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi, TDYU

39.

Yuridik ta’lim sohasidagi tarixiy meros, asosiy qadriyatlar va yutuqlarni saqlash, targ‘ib qilish va namoyish etishga qaratilgan TDYU muzeyini yaratish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2021-yil

fevral

TDYU,

Adliya vazirligi,

Madaniyat vazirligi

40.

Vatanga xizmat qilishning eng yaxshi an’analari, tajribasi va vatanparvarlik tuyg‘ulari yordamida yoshlarni ma’naviy-axloqiy tarbiyasini yuksaltirishni o‘ziga maqsad qilgan TDYU Faxriylar kengashini tashkil etish.

Rektor buyrug‘i

2020-yil sentyabr

TDYU

41.

Chet ellik sayyohlarni jalb qilish va dunyo hamjamiyatida TDYUga qiziqishni oshirish uchun konseptual yangi ijtimoiy yo‘nalish “Student Ambassadors” tashkil qilish orqali milliy yuridik ta’limning jozibadorligini oshirish.

Kompleks chora-tadbirlar

2021-yil may,

doimiy

TDYU, Adliya vazirligi,

Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi,

Tashqi ishlar vazirligi

42.

TDYUda talaba yoshlarga biznes hamjamiyatining professional doirasiga kirish, korporatsiya ekspertlari va top menejyerlari bilan suhbatlashish, shuningdek, kasbiy o‘sishga erishish imkoniyatini beradigan “Business Networking” uchun muhit yaratish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2021-yil

iyun

TDYU,

Adliya vazirligi,

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi,

Savdo-sanoat palatasi

43.

O‘zbekistondagi yuridik ta’lim jozibadorligini oshirish maqsadida har yil adliya organlari va muassasalarining budjetdan tashqari mablag‘lari hamda homiylar mablag‘lari hisobidan Markaziy Osiyo davlatlari yuridik oliy ta’lim muassasalari talabalarining “Central Asia Law Congress”yuridik kongressini Toshkent shahrida tashkil etish va o‘tkazish.

Vazirlar Mahkamasi qarori

2021-yil may

Adliya vazirligi,

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi,

TDYU

44.

TDYUda xayriya va bitiruvchilar assotsiatsiyasi (Alumni Association) mablag‘lari hisobidan TDYU faoliyatini moliyalashtirishning yangi manbai bo‘ladigan Maqsadli kapital fondini (Endowment Fund) tashkil qilish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2021-yil

mart

TDYU Vasiylik kengashi,

Adliya vazirligi,

Bosh prokuratura,

Oliy sud,

Ichki ishlar vazirligi

45.

Talabalar bilan tarbiyaviy ishlarda eskirgan kuratorlik institutidan voz kechish va innovatsion talablarga javob beradigan “tyutorlik” institutini joriy etishni nazarda tutgan holda tarbiyaviy ishlarni takomillashtirish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2020-yil

avgust

TDYU, Adliya vazirligi,

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi,

Moliya vazirligi

46.

RFID texnologiyalaridan foydalangan holda TDYU Axborot-resurs markazi faoliyatida foydalanuvchilarga keng qamrovli elektron xizmatlarni taqdim etadigan zamonaviy avtomatlashtirilgan axborot tizimini joriy etish.

Kompleks chora-tadbirlar

2021-yil sentyabr

TDYU

VII. Faoliyatning tashkiliy asoslarini takomillashtirish

47.

TDYU yangi Ustavini ishlab chiqish va tasdiqlash.

Adliya vaziri buyrug‘i

2020-yil

iyul

Adliya vazirligi,

TDYU

48.

Qo‘yidagilarni nazarda tutgan holda TDYUning yangi tuzilmasinitasdiqlash:kurs dekanatlari bazasida soha yo‘nalishlari bo‘yicha fakultetlarni tashkil etish va 2020/2021 o‘quv yilidan boshlab talabalarni “yurisprudensiya” mutaxassisligining tegishli yo‘nalishlari bo‘yicha bakalavriatga qabul qilish;
litsey va yuridik texnikumlar bilan ishlash bo‘yicha prorektor lavozimini joriy etish, TDYU rektoriga mazkur prorektorga bir vaqtning o‘zida TDYU huzuridagi akademik litsey direktori vazifasini bajarishni yuklash huquqini berish;
jamoatchilik va OAV bilan aloqalar, ta’lim sifati ustidan nazorat, strategik rivojlanish va xalqaro reytinglarga kirish bo‘limlari, talabalarga xizmat ko‘rsatish va huquqiy tashabbus markazlari, shuningdek Ma’naviyat va ma’rifat markazi tuzilmasida bo‘limlar tashkil etish;
TDYUga bakalavriat bosqichiga kirish sinovlari uchun huquqshunoslik fanlari bo‘yicha test sinovlari bazasini shakllantirish.

Rektor buyrug‘i

2020-yil

avgust

2020-yil dekabr

TDYU,

Adliya vazirligi

TDYU,

Davlat test markazi

49.

TDYU huzurida Mediatsiya va nizolarni muqobil usullarda hal etish markazini tashkil etish va uning asosiy vazifalari etib quyidagilarni belgilash:fuqarolik munosabatlari, shu jumladan tadbirkorlikfaoliyati bilan bog‘liq nizolar, shuningdek, mehnat, oila va boshqa huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan nizolarni mediatsiya tartibida yuritish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish;
turli yuridik mutaxassisliklar vakillarining mediatsiya hamda nizolarni hal etishning boshqa muqobil usullari sohasidagi yangi bilimlarga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirish;
nizolarni va boshqa nizoli holatlarni muqobil usullar yordamida hal etishning tartib-taomillari yuzasidan trening, seminar va boshqa tadbirlarni o‘tkazish;
TDYU huzuridagi Yuridik kadrlarni xalqaro standartlar bo‘yicha professional o‘qitish markazida mediatorlarni tayyorlash dasturi asosida maxsus o‘quv kurslarini tashkil qilish.

Rektor buyrug‘i

2021-yil fevral

TDYU,

Adliya vazirligi

50.

Quyidagilarni nazarda tutgan holda TDYU huzuridagi Yuridik kadrlarni xalqaro standartlar bo‘yicha professional o‘qitish markazi faoliyatini takomillashtirish:xalq ta’limi, o‘rta maxsus va kasb-hunar ta’limi muassasalarida yuridik fanlardan dars beradigan oliy yuridik ma’lumotga ega bo‘lmagan oliy ma’lumotli pedagog kadrlarni qayta tayyorlash kurslarini tashkil etish;
masofaviy o‘qitish shaklini, xususan oliy ma’lumotga ega shaxslar uchun yuridik mutaxassislik bo‘yicha qayta tayyorlash kurslarini joriy etish.

Vazirlar Mahkamasi qarori

2020-yil dekabr

Vazirlar Mahkamasi,

Adliya vazirligi,

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi,

Xalq ta’limi vazirligi,

Moliya vazirligi,

TDYU

51.

Quyidagilarni nazarda tutgan holda TDYUning ma’muriy-boshqaruv, o‘quv-yordamchi, muhandislik-texnik, xizmat ko‘rsatuvchi va boshqa xodimlarini, shuningdek, yuridik texnikumlar va TDYU huzuridagi akademik litseyning pedagogik va o‘quv-yordamchi xodimlarini attestatsiyasini o‘tkazish hamdaularnizamonaviy talablarga javob beradigan, yuqori malakali, kasbiy tayyorgarlikka va axloqiy me’yorlarga ega kadrlar bilan to‘ldirish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2021-yil mart — avgust

TDYU,

Adliya vazirligi

52.

TDYU va “yurisprudensiya” yo‘nalishi bo‘yicha kadrlar tayyorlaydigan respublikaning boshqa oliy ta’lim muassasalari talabalarini ixtiyoriylik asosida birlashtiradigan yosh yuristlar jamoat birlashmasini tashkil etish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2020-yil iyul

Adliya vazirligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar,

TDYU

53.

Universitet rahbariyati va boshqa vakolatli organlarining talabalar va xodimlar huquqlariga taaluqli barcha qarorlari muhokamasida ishtirok etish orqali universitet rahbariyati va mas’ul shaxslari o‘rtasida vujudga keladigan nizoli vaziyatlarni hal etishga tezkor ravishda ko‘maklashadigan TDYU ombudsmaniinstitutini (universitet ombudsmani ofisi) joriy etish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2020-yil dekabr

TDYU

54.

TDYU o‘quv jarayoniga masofaviy o‘qitish platformasini joriy etish bo‘yicha tashkiliy chora-tadbirlarni amalga oshirish va universitetni zarur uskunalar bilan jihozlash.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2021-yil

avgust

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi,

Adliya vazirligi,

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, TDYU

55.

TDYU professor-o‘qituvchilari va xodimlarining rasmiy xizmat safarlari, chet ellik hamkorlar bilan birgalikda o‘tkaziladigan tadbirlarda ishtirok etishi va xorijiy o‘qituvchilar, mutaxassislar va talabalarni TDYU o‘quv va ilmiy-tadqiqot jarayoniga jalb qilishni Adliya vazirligi bilan oldindan kelishish tartibi o‘rniga xabardor qilish tartibini joriy etish.

Adliya vaziri

buyrug‘i

2020-yil

avgust

Adliya vazirligi,

TDYU

56.

Quyidagilarni nazarda tutuvchi TDYUning yangi imidjini shakllantirish:TDYUning o‘ziga xos ko‘rinishi va brendbukini yaratish;
yangi ramzlarni tasdiqlash (logotip, bayroq va boshqalar);
prospektlar, turli broshyuralar, flayerlar va esdalik sovg‘alarini ishlab chiqish va nashr etish;
TDYU rasmiy veb-saytini xalqaro standartlar asosida modernizatsiya qilish;
jamoatchilik bilan aloqalarni jadallashtirish va TDYU to‘g‘risidagi obyektiv ma’lumotlarni yetkazish.

TDYU rektori buyrug‘i

2021-yil yanvar

TDYU

VIII. Yuridik texnikumlar va akademik litsey faoliyatini takomillashtirish

57.

Vazirlar Mahkamasiga quyidagilar bo‘yicha takliflar kiritish:TDYU huzuridagi akademik litsey faoliyatini “litsey — universitet” ta’limning uzluksizligi tizimini ta’minlash orqali o‘quv jarayonining sifatini keskin oshirish, litseyga o‘qishga qabul qilish va ta’lim jarayonini tashkil etish hamda litsey bitiruvchilarini TDYUga o‘qishga qabul qilish tartibini belgilash, shuningdek, xodimlarni, shu jumladan to‘lov-kontrakt asosida o‘qitishdan tushgan mablag‘lar hisobidan moddiy rag‘batlantirish chora-tadbirlarini nazarda tutgan holda takomillashtirish;
yuridik texnikumlar faoliyatini takomillashtirish, shu jumladan professional yuridik ta’lim olish imkoniyatini kengaytirish hamda yuridik texnikumlar, TDYU va Adliya vazirligiga yuridik texnikumlarning o‘quv-metodik jarayoni va faoliyatini moliyalashtirish bilan bog‘liq barcha masalalarni hal qilishda, yuridik texnikumlar xodimlarini rag‘batlantirish choralarini ko‘rishda mustaqillik berish.

Vazirlar Mahkamasi qarori

2020-yil dekabr

Adliya vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Moliya vazirligi, TDYU


Izoh. “Yo‘l xaritasi”da ko‘zda tutilgan tadbirlar tegishli chora-tadbirning sohasi va predmetiga qarab qayta ko‘rib chiqilishi, shuningdek bir hujjatga birlashtirilishi mumkin. Bunda ikki yoki undan ortiq chora-tadbirlar birlashtirilgan hollarda, ushbu masalalarning oxirgi bajarilish muddati qo‘shma chora-tadbirlarning bajarilishi uchun belgilangan oxirgi muddat hisoblanadi. Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish jarayonida “Yo‘l xaritasi”da ko‘rsatilgan tadbirlar mazmuniga mos keladigan boshqa masalalar ham hisobga olinishi mumkin.


************************************************************************************************************************

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 29-apreldagi PF-5987-son Farmoniga
3-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga kiritilayotgan o‘zgartish va qo‘shimchalar

1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 28-apreldagi “Toshkent davlat yuridik universitetida kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2932-son qarorida:
3-bandi, shuningdek 1 va 2-ilovalar o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin;
5-bandning birinchi xatboshisidan “2-ilovaga muvofiq tarkibda” so‘zlari chiqarib tashlansin;
7-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“7. TDYUda budjet muassasalari va tashkilotlari xodimlarini moddiy rag‘batlantirish maxsus jamg‘armasi (mehnatga haq to‘lash fondining 15 foizi) bilan bir qatorda, budjetdan tashqari (to‘lov kontrakt) mablag‘lari hisobidan Boshqaruv, professor-o‘qituvchilar, ilmiy, o‘quv-yordamchi, texnik va xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarni moddiy rag‘batlantirish uchun Maxsus jamg‘arma (keyingi o‘rinlarda — Maxsus jamg‘arma), ularning mehnatga haq to‘lash fondining kamida 185 foizidan kam bo‘lmagan miqdorida tashkil etilsin.
Belgilansinki:
Maxsus jamg‘arma mablag‘lari shtatdagi boshqaruv, professor-o‘qituvchilar, ilmiy, o‘quv-yordamchi, texnik va xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarga har oylik ustamalar va moddiy rag‘batlantirishning boshqa turlarini o‘rnatishga yo‘naltirilib, ularning miqdori TDYU tomonidan mustaqil belgilanadi;
Maxsus jamg‘arma mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi, shuningdek har oylik ustamalarni o‘rnatish mezonlari TDYU tomonidan belgilanadi”;
8-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“TDYU tomonidan talabalarni to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilish parametrlarini, bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklarini belgilash, shuningdek Adliya vazirligi bilan kelishgan xolda universitetning ilmiy-pedagogik salohiyati va moddiy-texnik bazasi imkoniyatlarini hisobga olgan holda yangi yo‘nalish va mutaxassisliklarini ochish to‘g‘risidagi”.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-apreldagi “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-3666-son qarorida:
a) 7-bandda:
“a” kichik bandi beshinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“yuridik texnikumlarga qabul qilish har bir hududning “yurisprudensiya” yo‘nalishi bo‘yicha professional ma’lumotga ega bo‘lgan kadrlarga bo‘lgan ehtiyojini inobatga olgan holda, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan belgilanadigan kvotalar, mutaxassislik va kasblari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi tomonidan o‘tkaziladigan test sinovlari asosida amalga oshiriladi”;
“a” kichik bandi oltinchi xatboshisida “2020/2021” raqamlari “2021/2022” raqamlarga almashtirilsin;
“b” kichik bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“TDYU magistraturasiga talabalarni to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilish parametrlarini, magistratura mutaxassisliklarini universitetning ilmiy-pedagogik salohiyati va moddiy-texnik bazasi imkoniyatlarini hisobga olgan holda Adliya vazirligi bilan kelishgan xolda TDYU tomonidan belgilash”;
“v” kichik bandi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin;
b) 8-ilovaning 19 va 20-pozitsiyalari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin;
v) 10-ilova o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 14-maydagi “Oliy ta’lim muassasalariga test sinovlari orqali qabul qilish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4319-son qarorining 2-bandi ikkinchi xatboshisi quyidagi so‘zlar bilan to‘dirilsin:
“Bunda, Toshkent davlat yuridik universiteti bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha test sinovlari topshiriladigan fanlar majmuasi universitet tomonidan belgilanadi”.
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-oktabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-5847-son Farmonining 5-bandi birinchi xatboshisidan “Adliya vazirligi” so‘zlari chiqarib tashlansin.



***********************************************************************************************************************
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASININGQARORI
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI ADLIYA VAZIRLIGI YURIDIK TEXNIKUMLARI FAOLIYATINI TAKOMILLASHTIRISHGA DOIR QO‘SHIMCHA CHORA-TADBIRLAR TO‘G‘RISIDA


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida yuridik ta’lim va fanni tubdan takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2020-yil 29-apreldagi PF-5987-son Farmoni ijrosini ta’minlash, shuningdek, kasb-hunar ma’lumotiga ega malakali mutaxassislar, raqobatbardosh yuridik kadrlar tayyorlash jarayonini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida yuridik ta’lim va fanni tubdan takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2020-yil 29-apreldagi PF-5987-son Farmoni bilan O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi yuridik texnikumlari (keyingi o‘rinlarda — yuridik texnikum) faoliyati yanada takomillashtirilganligi, shu jumladan, mazkur Farmonning:
a) 3-bandiga muvofiq yuridik kadrlarni tayyorlashga buyurtma shakllantirish tartibi joriy etilganligi;
b) 15-bandiga muvofiq 2020/2021 o‘quv yilidan boshlab yuridik texnikumlarda O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini qabul qilish Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi (keyingi o‘rinlarda — Davlat test markazi) tomonidan o‘tkaziladigan test sinovlari orqali amalga oshirilib, tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida qo‘shimcha qabul tartibi joriy etilishi;
v) 17-bandiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga yuridik texnikumlar tuzilmasini ishlab chiqish va tasdiqlash, yuridik texnikumlarga to‘lov-kontrakt bo‘yicha qo‘shimcha qabul parametrlari va o‘qish qiymatini tasdiqlash, yuridik texnikumlarda o‘qish muddatlari va shaklini belgilash hamda ularning xodimlari ish haqi tizimi va tartibini belgilash vakolatlari berilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. Quyidagilar:
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining yuridik texnikumlariga o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risida nizom 1-ilovaga;
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining yuridik texnikumlariga o‘qishga hujjatlarni qabul qilish bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Belgilansinki:
2021/2022 o‘quv yilidan boshlab yuridik texnikumlarga hujjatlarni qabul qilish davlat xizmatlari markazlari, O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi o‘rinlarda — YIDXP) yoki Davlat test markazining rasmiy veb-sayti orqali amalga oshiriladi;
Toshkent davlat yuridik universiteti (keyingi o‘rinlarda — TDYU) huzuridagi akademik litseyni tamomlagan o‘zlashtirish ko‘rsatkichlarining 56 va undan yuqori foizlik natijalariga ega bitiruvchilar hamda respublika oliy ta’lim muassasalarida “yurisprudensiya” ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha test sinovlarida ishtirok etib, unda to‘plash mumkin bo‘lgan umumiy ballning 60 va undan yuqori foizini to‘plab, o‘qishga tavsiya etilmagan abituriyentlar yuridik texnikumlarga kirish imtihonlarisiz, to‘lov-kontrakt asosida qabul parametrlaridan tashqari qabul qilinadi;
yuridik texnikumlarda o‘quv yuklamasi hajmi O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan belgilanadi;
yuridik texnikumlarda pedagog xodimlarning shaxsiy ish rejasidagi tadbirlar ro‘yxati va ularning minimal soatlari TDYU tomonidan tasdiqlanadi;
yuridik texnikumlar pedagog va rahbar xodimlarining xorijiy davlatlar ta’lim muassasalarida stajirovka o‘tashlari ular tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq malakasini oshirishga tenglashtiriladi;
O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi adliya vaziri, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari boshliqlari — yuridik texnikum direktorlariga alohida mehnat sharoitlari uchun yuridik texnikumning budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan ularning tegishli hududiy adliya organidagi lavozim maoshlariga nisbatan 100 foizgacha bo‘lgan ustama to‘lanishi mumkin;
Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 26-iyuldagi 318-son qarori bilan tasdiqlangan Oliy o‘quv yurtlarida to‘lov-kontrakt asosida o‘qish uchun ta’lim kreditlari berish to‘g‘risidagi nizomning amal qilishi, kreditlarni bakalavriat talabalari uchun belgilangan shartlarda ajratish orqali, yuridik texnikum o‘quvchilariga nisbatan ham tatbiq etiladi.
4. Belgilab qo‘yilsinki:
a) qo‘shma ta’lim dasturlari va qo‘shma fakultetlar hamda xorijiy hamkorlar bilan birgalikda tashkil etiladigan oliy ta’lim tizimi bilan integratsiyalashgan ta’lim dasturlariga abituriyentlarni qabul qilish hamda bitiruvchilarini attestatsiyadan o‘tkazish tartibi va qoidalari TDYU tomonidan xorijiy hamkorlar bilan kelishilgan holda belgilanadi;
b) qo‘shma ta’lim dasturlari va qo‘shma fakultetlar hamda xorijiy hamkorlar bilan birgalikda tashkil etiladigan oliy ta’lim tizimi bilan integratsiyalashgan ta’lim dasturlaridagi o‘quv jarayoni to‘lov-kontrakt asosida xorijiy hamkorlarning talablarini hisobga olgan holda, TDYU tomonidan tasdiqlangan shakl, o‘quv reja va o‘quv dasturlari bo‘yicha amalga oshiriladi;
v) qo‘shma ta’lim dasturlari va qo‘shma fakultetlar hamda xorijiy hamkorlar bilan birgalikda tashkil etiladigan oliy ta’lim tizimi bilan integratsiyalashgan ta’lim dasturlarida o‘qitishning to‘lov-kontrakt miqdori TDYU tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va xorijiy hamkorlar bilan kelishilgan holda belgilanadi;
g) Qoraqalpog‘iston Respublikasi adliya vaziri, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari boshliqlari — yuridik texnikum direktorlariga budjetdan tashqari (to‘lov-kontrakt, shu jumladan, tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qitishdan tushgan) mablag‘lar hisobidan:
xorijiy mutaxassislarni o‘qituvchi sifatida jalb etib, ularga mehnat bozorining amaldagi konyunkturasini hisobga olgan holda ish haqi va boshqa to‘lovlarni belgilash;
yuridik texnikum xodimlarini xorijiy ta’lim muassasalari, ilmiy va boshqa tashkilotlarda stajirovka o‘tash hamda malaka oshirishga yuborish huquqi beriladi;
d) TDYU va yuridik texnikumlarda avtotransport vositalarining yo‘l bosish yillik limiti, normativlari va ularga xizmat ko‘rsatish talablari tegishlicha TDYU va yuridik texnikumlar tomonidan mustaqil belgilanadi.
5. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi:
a) bir oy muddatda:
yuridik texnikumlar ustavlari ishlab chiqilishi va tasdiqlanishini, shuningdek, ularning belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishini;
yuridik texnikumlarning shtat jadvallari va xarajatlar smetalari;
ta’lim berishning kredit-modul tizimi sharoitida pedagog xodimlarning tarkibi mehnatini me’yorlashtirish, ish vaqtini faqat o‘quv tadbirlariga asoslangan holda amalga oshirish, shuningdek pedagog xodimlar tomonidan o‘quv-metodik, tashkiliy-metodik, ma’naviy-axloqiy va tarbiyaviy ishlarni bajarishni rag‘batlantirishni nazarda tutuvchi pedagog xodimlarning shaxsiy ish rejasidagi tadbirlar ro‘yxati va ularning minimal soatlarini (sarflanadigan vaqt me’yorlarini) TDYU tomonidan tasdiqlanishini;
yuridik texnikumlarda bir o‘qituvchiga to‘g‘ri keladigan o‘quvchilar soni nisbati normativlari va yuridik texnikumlarda o‘quv yuklama hajmi, shuningdek TYuDU tomonidan yuridik texnikumlarda pedagog xodimlarning shaxsiy ish rejasidagi tadbirlar ro‘yxati va ularning minimal soatlarini tasdiqlanishini;
b) uch oy muddatda yuridik texnikumlarda o‘quv jarayonini kredit-modul tizimini qo‘llagan holda tashkil etish bo‘yicha qaror loyihasi ishlab chiqilib, Vazirlar Mahkamasiga kiritilishini ta’minlasin.
6. O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi bilan birgalikda 2021-yil 1-mayga qadar yuridik texnikumlarga o‘qishga kirish uchun hujjatlarni YIDXP orqali qabul qilish bo‘yicha davlat xizmatlari joriy etilishini ta’minlasin.
7. Yuridik texnikumlarda o‘quv-metodik jarayonni sifatli muvofiqlashtirishni ta’minlash, ularga amaliy va axborot-resurs jihatdan ko‘maklashish maqsadida TDYUga 1 ta mikroavtobus va 2 ta navbatchi xizmat yengil avtotransport vositasini saqlash uchun limit ajratilsin. Bunda, avtotransport vositalarini sotib olish va saqlash bilan bog‘liq xarajatlar TDYUning budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
8. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga 3-ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
9. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri R.K. Davletov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV

Toshkent sh.,
2020-yil 30-oktabr,
677-son

************************************************************************************************************************
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 30-oktabrdagi 677-son qaroriga
1-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining yuridik texnikumlariga o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risida
NIZOM


1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining yuridik texnikumlariga (keyingi o‘rinlarda — yuridik texnikumlar) kunduzgi, sirtqi, masofaviy va kechki ta’lim shakllari bo‘yicha o‘qishga qabul qilish tartibini belgilaydi.
2. O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini yuridik texnikumlarga o‘qishga qabul qilish:
O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga qabul qilish bo‘yicha davlat komissiyasi (keyingi o‘rinlarda — Davlat komissiyasi) qarori bilan tasdiqlangan davlat buyurtmasi (davlat granti) parametrlariga;
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi (keyingi o‘rinlarda — Adliya vazirligi) tomonidan tasdiqlanadigan to‘lov-kontrakt asosida qabul parametrlariga muvofiq kirish sinovlari natijalariga ko‘ra to‘plangan ballarning reyting tizimi bo‘yicha amalga oshiriladi.
3. Kirish sinovlarida eng yuqori ball to‘plagan abituriyentlarning davlat grantlari bo‘yicha birinchi navbatda qabul qilinish huquqi ta’minlanadi. Keyingi o‘rinlardagi abituriyentlar to‘plagan reyting ballari asosida belgilangan to‘lov-kontrakt parametrlari doirasida o‘qishga qabul qilinadi.
4. Kirish sinovlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan kam ta’minlangan oilalar a’zolari bo‘lgan abituriyentlar, “Mehribonlik uyi” va Bolalar shaharchasining bitiruvchilari, I guruh nogironligi bo‘lgan, shu jumladan ko‘zi ojiz abituriyentlar qo‘shimcha qabul parametrlari asosida qonun hujjatlariga muvofiq davlat granti asosida o‘qishga qabul qilinadi.
Ushbu toifadagi abituriyentlar uchun qo‘shimcha qabul parametrlari yuridik texnikumlar uchun ajratilgan umumiy qabul parametrlari (davlat gratni va to‘lov-kontrakt asosida)ning 2 foizi doirasida Davlat komissiyasi tomonidan tasdiqlanadi.
5. Toshkent davlat yuridik universiteti (keyingi o‘rinlarda — TDYU) huzuridagi akademik litseyni tamomlagan o‘zlashtirish ko‘rsatkichlarining 56 va undan yuqori foizlik natijalariga ega bitiruvchilar va joriy yilda yuridik kadrlar tayyorlovchi oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun respublika oliy ta’lim muassasalarining “yurisprudensiya” ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha test sinovlarida ishtirok etib, unda to‘plash mumkin bo‘lgan umumiy ballning 60 va undan yuqori foizini to‘plab, o‘qishga tavsiya etilmagan abituriyentlar kirish imtihonlarisiz yuridik texnikumlarga qabul parametrlaridan tashqari to‘lov-kontrakt asosida qabul qilinadi.
6. Yuridik texnikumlarga kirish sinovlari, qoida tariqasida, 25 — 30 avgyst kunlari quyidagi shaklda o‘tkaziladi:
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun — test sinovlari;
xorijiy fuqarolar uchun — og‘zaki suhbat;
ko‘zi ojizlar uchun — tanlov asosida.
Test sinovlarini o‘tkazishning aniq sanalari Adliya vazirligi tomonidan Davlat test markazi bilan kelishilgan holda belgilanadi.
Zarur hollarda, Adliya vazirligi tomonidan Davlat test markazi bilan kelishilgan holda mazkur bandning birinchi xatboshisida belgilangan test sinovlarini o‘tkazish muddatiga o‘zgartirish kiritilishi mumkin.
7. Yuridik texnikumlarga qabul qilish uchun kirish sinovlari o‘quvchi ta’lim oladigan tilda topshiriladi. Bunda o‘zbek guruhlariga hujjat topshirgan abituriyentlar yuridik texnikumlarga hujjatlarni qabul qilish haqidagi arizada aks ettirilgan o‘z ixtiyoriga ko‘ra tanlovdan o‘zbek tilida lotin yoki kirill alifbosida o‘tish huquqiga ega.
Yuridik texnikumlarda o‘qitish tili abituriyentlardan hujjatlar qabul qilinishiga qadar Adliya vazirligi tomonidan belgilanadi.
Kirish sinovlari ta’lim shakli, mutaxassislik va kasblar hamda o‘qitish tillariga ko‘ra alohida o‘tkaziladi.
8. Yuridik texnikumlarga o‘qishga qabul qilishni tashkil etish, shu jumladan abituriyentlarga maslahat xizmatlari ko‘rsatish tegishli o‘quv yili uchun Adliya vazirligi tomonidan tashkil etiladigan qabul komissiyasi tomonidan amalga oshiriladi.
9. Qabul komissiyasi, qoida tariqasida, har yili 1-iyundan kechikmay tashkil etiladi. Qabul komissiyasi raisi va mas’ul kotibi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining buyrug‘i bilan, qabul komissiyasining qolgan a’zolari esa — yuridik texnikum direktorining buyrug‘i bilan tasdiqlanadi.
Yuridik texnikum direktori lavozimi bo‘yicha qabul komissiyasi raisi hisoblanadi. Qabul komissiyasining joriy ishlari mas’ul kotib tomonidan amalga oshiriladi.
10. Abituriyentlarni yuridik texnikumlarga o‘qishga qabul qilishni tashkil etish ushbu Nizomning l-ilovasiga muvofiq amalga oshiriladi.
2-bob. Hujjatlarni qabul qilish
11. Qabul komissiyasi, qoida tariqasida, hujjatlarni qabul qilish boshlanishidan bir oy oldin yuridik texnikumlarga qabul qilish muddatlari, mutaxassislik va kasblar nomlari hamda qabul parametrlari haqidagi axborotni yuridik texnikum, shuningdek tegishli hududiy adliya organlari rasmiy veb-saytlarida e’lon qiladi.
12. O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari yuridik texnikumlarga o‘qishga kirish uchun 1-avgustdan 20-avgustgacha (shu kuni ham) O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamentiga asosan davlat xizmatlari markazlari, O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali yoki O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazining (keyingi o‘rinlarda — Davlat test markazi) rasmiy veb-sayti orqali elektron shaklda tegishli hujjatlarni topshiradi.
Bunda, Adliya vazirligi test sinovlarini o‘tkazish muddatining o‘zgarishi munosabati bilan abituriyentlar elektron shaklda tegishli hujjatlarni topshirish muddatlariga o‘zgartirish kiritishga xaqli.
13. Xorijiy fuqarolar yuridik texnikumlarga o‘qishga kirish uchun 15-martdan 15-avgustgacha (shu kuni ham) Internet jahon axborot tarmog‘i orqali qabul komissiyasiga yuridik texnikum direktori nomiga ariza hamda quyidagi hujjatlarni elektron shaklda taqdim etgan holda ro‘yxatdan o‘tadi:
pasport yoki uning o‘rnini bosuvchi hujjat;
o‘rta yoki o‘rta-maxsus, professional ma’lumot to‘g‘risidagi hujjat.
Zarur hollarda, Adliya vazirligi tomonidan mazkur bandning birinchi xatboshisida hujjatlarni qabul qilish muddatiga o‘zgartirish kiritilishi mumkin.
14. Ro‘yxatdan o‘tishning belgilangan muddati tugagandan so‘ng ularga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish qat’iyan taqiqlanadi.
15. Ro‘yxatga olingan abituriyentlar soni haqidagi kunlik ma’lumotlar mutaxassislik va kasblar, ta’lim shakli va tili kesimida qabul komissiyasi tomonidan yuridik texnikumning hamda Davlat test markazi rasmiy veb-saytiga joylashtirib boriladi.
16. Abituriyent tomonidan topshirilgan hujjatlarning qalbakiligi yoki soxtaligi aniqlansa, u holda abituriyent test sinovlaridan (yuridik texnikumdan) chetlashtiriladi hamda hujjatlari belgilangan tartibda huquqni muhofaza qiluvchi organlarga tegishli choralar ko‘rish uchun yuboriladi.
17. Abituriyent o‘z ruxsatnomasini xujjatlar qabul qilish tugaganidan keyin bir hafta mobaynida Davlat test markazi rasmiy veb-saytidan elektron shaklda oladi.
3-bob. Kirish imtihonlarini o‘tkazish tartibi
18. Kirish imtihonlari o‘tkazilishiga qadar qabul komissiyasi tomonidan maslahatlar tashkil etilishi mumkin. Maslahatlar jadvali qabul komissiyasi tomonidan ishlab chiqiladi va yuridik texnikum direktori tomonidan tasdiqlanadi.
19. Test sinovlari Davlat test markazi tomonidan o‘tkaziladi.
Test sinovlari uchun savollar umumiy o‘rta ta’lim (11-sinf negizida), o‘rta maxsus, boshlang‘ich professional ta’lim dasturlari umumta’lim fanlarining o‘quv dasturlariga muvofiq Davlat test markazi tomonidan shakllantiriladi.
20. Yuridik texnikumlarga qabul qilish uchun test sinovlarini tashkil etish va o‘tkazish mazkur Nizomga 2-ilovada keltirilgan tartibga muvofiq amalga oshiriladi.
21. Test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi, baholash mezonlari, test topshiriqlari soni TDYU bakalavriatiga kirish uchun belgilangan talablarga muvofiq aniqlanadi.
22. Yuridik texnikumlarga xorijiy fuqarolarni va ko‘zi ojiz fuqarolarni qabul qilish tegishlicha mazkur Nizomga 3 va 4-ilovalarda keltirilgan tartibga muvofiq amalga oshiriladi.
23. Chet tilini bilish darajasini tasdiqlovchi V1 va undan yuqori darajadagi davlat malaka sertifikatiga yoki xalqaro sertifikatlarga ega abituriyentlar chet tili fani bo‘yicha test sinovlari o‘tkazilgan hollarda, ushbu fan bo‘yicha test sinovini topshirishdan ozod qilinadilar va ularga shu fan doirasida abituriyent olishi mumkin bo‘lgan quyidagi tartibda maksimal ball qo‘shiladi:
ingliz tili uchun — milliy sertifikat yoki International English Language Testing System (IELTS 5,0), Test af English as a Foreign Language (TOEFL IBT 86), Cambridge Assesstment English, PET Preliminary xalqaro imtihon tizimlari bo‘yicha tilni bilish darajalari B1 va undan yuqori;
yapon tili uchun — milliy sertifikat yoki Japanese Language Proficiency Test (JLPT № 3) xalqaro imtihon tizimi bo‘yicha tilni bilish darajalari B1 va undan yuqori;
nemis tili uchun — milliy sertifikat yoki Goethe-Zertifikat, Deutsches Sprachdipom (DSD) xalqaro imtihon tizimlari bo‘yicha tilni bilish darajalari B1 va undan yuqori;
fransuz tili uchun — milliy sertifikat yoki Diplome d’Etudes en Language Francaise (DELF B1) xalqaro imtihon tizimi bo‘yicha tilni bilish darajalari B1 va undan yuqori.
24. Kirish imtihonlariga kiritilgan barcha fanlar yig‘indisi bo‘yicha 56 va undan kam ballni to‘plagan, shuningdek belgilangan vaqtda imtihonlarga yetib kelmagan abituriyentlar yuridik texnikumlarga qabul qilinmaydi.
25. Abituriyentlarning to‘plagan ballari haqidagi ma’lumot test sinovi o‘tkazilgan kunning ertasiga Davlat test markazining rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi.
26. Test sinovlarining natijalari Davlat test markazining qaydnomasiga kiritiladi.
Tanlov va suhbat natijalari yuridik texnikumlarning qaydnomasiga kiritiladi.
Qaydnomada abituriyentlar ro‘yxati ta’lim shakli, har bir mutaxassislik va kasb bo‘yicha to‘plangan eng yuqori balldan boshlab kamayib borish tartibida joylashtiriladi.
Kam ta’minlangan oilalar a’zolari bo‘lgan abituriyentlar, “Mehribonlik uyi” va Bolalar shaharchasining bitiruvchilari, shuningdek I guruh nogironligi bo‘lgan abituriyentlar test sinovlari natijalari qaydnomalari alohida shakllantiriladi.
27. Abituriyentning kirish imtihoni natijalariga jiddiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan tartiblarning buzilishi aniqlanganda, imtihon natijalari bekor qilinadi, abituriyent o‘qishga qabul qilingan bo‘lsa, u yuridik texnikum o‘quvchilari safidan chetlashtiriladi.
28. Yuridik texnikumlarga qabul qilish uchun kirish sinovlarini qayta o‘tkazish taqiqlanadi.
29. Test sinovlari natijasi bo‘yicha qaydnomalar Davlat test markazining direktori tomonidan tasdiqlanib, tanlov asosida o‘quvchilikka tavsiya etilgani yoki etilmaganligi to‘g‘risidagi ma’lumot to‘liq aks ettirilgan holda, Adliya vazirligiga tasdiqlash uchun taqdim etiladi. Yuridik texnikumlarning qaydnomalari yuridik texnikum direktori tomonidan tasdiqlanadi.
Tanlov yuridik texnikumlar tomonidan o‘tkaziladi va tanlov qaydnomalari mazkur Nizomning 26-bandi asosida kirish imtihonlari to‘liq yakunlangandan keyin 3 kun muddatda abituriyentlarni yuridik texnikumga qabul qilish uchun Adliya vazirligiga taqdim etiladi.
Abituriyentlarning tanlov asosida o‘quvchilikka tavsiya etilgani yoki etilmaganligi to‘g‘risidagi ma’lumot test sinovlari to‘liq yakunlanib, Adliya vazirligi qarori qabul qilingandan so‘ng e’lon qilinadi.
4-bob. Kirish imtihonlari natijasi bo‘yicha berilgan apellatsiyalarni ko‘rib chiqish
30. Kirish imtihonlari natijalari yuzasidan abituriyentlarning shikoyatlarini ko‘rib chiqish uchun apellatsiya komissiyalari:
test sinovlari natijalari yuzasidan — Adliya vazirligi bilan birgalikda Davlat test markazi tomonidan;
ko‘zi ojiz abituriyentlar uchun tanlov natijalarini ko‘rib chiqish bo‘yicha — yuridik texnikum direktorining buyrug‘i bilan tashkil etiladi.
31. Apellatsiya komissiyasi tarkibiga tegishli fanlar bo‘yicha ekspertlar hamda O‘zbekiston ko‘zi ojizlar jamiyati vakili (shikoyat ko‘zi ojiz abituriyent tomonidan berilganda) kiritiladi.
Zarur hollarda, apellatsiyani ko‘rib chiqish jarayoniga tegishli masalalar bo‘yicha Davlat test markazi vakili, bino rahbari va guruh nazoratchilari jalb qilinishi mumkin.
32. Apellatsiya komissiyasi a’zolarining uchdan ikki qismi qatnashganda vakolatli hisoblanadi, umumiy rahbarlikni rais amalga oshiradi, apellatsiya komissiyasi bayonnomalari kotib tomonidan rasmiylashtiriladi.
33. Kirish imtihonlari natijasidan norozi bo‘lgan abituriyent apellatsiya komissiyasiga kirish imtihonlari natijasi e’lon qilingandan boshlab bir hafta muddatda yozma tartibda apellatsiya shikoyati berish huquqiga ega. Apellatsiya shikoyatiga abityriyent pasporti (yoki uning o‘rnini bosuvchi hujjat) va ruxsatnomasi nusxalari (test sinovlari topshirilganda) ilova qilinadi.
34. Apellatsiya komissiyasi taqdim etilgan apellatsiya shikoyatini ular kelib tushgan kundan boshlab uch ish kunidan oshmagan muddatda ko‘rib chiqadi. Apellatsiya shikoyati ko‘rib chiqiladigan kun haqida abituriyentga xabarnoma beriladi.
35. Test sinovlari natijasi bo‘yicha apellatsiya shikoyati berilganda abituriyentning javoblar varaqasi, test topshiriqlari kitobi Davlat test markaziga belgilangan tartibda yetkazilmagan, yirtilgan bo‘lsa, shuningdek test sinovlaridan chetlashtirilgan bo‘lsa apellatsiya shikoyati ko‘rib chiqilmaydi.
36. Apellatsiya bergan abituriyent xabarnomada belgilangan vaqtda apellatsiya komissiyasiga o‘zining pasporti (yoki uning o‘rnini bosuvchi hujjat) bilan kelishi shart.
37. Apellatsiya shikoyati ko‘rilayotgan abituriyentga uning javoblar varaqasi nusxasi (ko‘z ojizlar uchun tanlov materiallari), xato va to‘g‘ri bajarilgan test topshiriqlari to‘g‘risida ma’lumot hamda test sinovlarida abituriyentga taqdim etilgan test topshiriqlari kitobi beriladi.
Abituriyent o‘zining e’tirozlarini yozib, unga berilgan test materiallari bilan birga Appelatsiya komissiyasiga topshiradi.
38. Apellatsiya shikoyati apellatsiya komissiyasi tomonidan faqat abityriyent ishtirokida, uning yozma javoblari asosida ko‘rib chiqiladi.
39. Apellatsiya komissiyasi abituriyentning e’tirozlarini ko‘rib chiqish natijasida qyyidagi mazmundagi qarorlardan birini qabul qiladi:
e’tiroz asossiz bo‘lsa, apellatsiyani qanoatlantirishni rad etish va kirish sinovlari natijalarini o‘zgarishsiz qoldirish;
e’tiroz asosli bo‘lsa, kirish sinovi natijalariga o‘zgartirish kiritish bo‘yicha Adliya vazirligiga taklif kiritish.
40. Abituriyent Apellatsiya komissiyasining apellatsiya shikoyatini ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha qabul qilgan qarori yuzasidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda sudga shikoyat qilishi mumkin.
5-bob. O‘qishga qabul qilish
41. Adliya vazirligining abituriyentlarni yuridik texnikumlarga o‘qishga qabul qilish to‘g‘risidagi qarori, qoida tariqasida, 2-sentabrdan kechikmasdan qabul qilinadi.
42. Adliya vazirligining qaroriga muvofiq abityriyentlarni davlat granti asosida o‘qishga qabul qilish bo‘yicha yuridik texnikum direktori 5 ish kuni ichida buyruqni rasmiylashtiradi.
43. Qabul Adliya vazirligi tomonidan:
a) qabul parametrlari doirasida davlat granti va to‘lov-kontrakt asosida;
b) qabul parametrlaridan tashqari amalga oshiriladi.
Bunda qabul parametrlaridan tashqari:
davlat granti asosida — kam ta’minlangan oilalar a’zolari, “Mehribonlik uyi” va Bolalar shaharchasining bitiruvchilari, I guruh nogironligi, shu jumladan ko‘zi ojiz bo‘lgan shaxslardan iborat abituriyentlar;
to‘lov-kontrakt asosida — TDYU huzuridagi akademik litseyni tamomlagan o‘zlashtirish ko‘rsatkichlarining 56 va undan yuqori foizlik natijalariga ega bitiruvchilar va joriy yilda yuridik kadrlar tayyorlovchi oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun “yurisprudensiya” ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha test sinovlarida ishtirok etib, unda to‘plash mumkin bo‘lgan umumiy ballning 60 foiz va undan yuqori ball to‘plab, o‘qishga tavsiya etilmagan abituriyentlar hamda xorijiy fuqarolar qabul qilinadi.
Adliya vazirligining qarori kam ta’minlangan oila a’zolari, “Mehribonlik uyi” va Bolalar shaharchasining bitiruvchilari, I guruh nogironligi, shu jumladan ko‘zi ojiz bo‘lgan shaxslardan iborat abituriyentlarni 5-sentabrgacha o‘qishga qabul qilish to‘g‘risida yuridik texnikum direktorining buyrug‘ini rasmiylashtirish uchun asos hisoblanadi.
44. Adliya vazirligi tomonidan abituriyentlarni to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga tavsiya etish to‘g‘risida qaror qabul qilingandan keyin yuridik texnikumlar bilan yuridik yoki jismoniy shaxslar o‘rtasida belgilangan tartibda kontraktlar tuziladi. To‘lov-kontrakt asosida o‘qish uchun to‘lov miqdori va muddati Adliya vazirligi tomonidan belgilanadi.
Belgilangan namunadagi kontrakt blankalari Adliya vazirligi qarori qabul qilingan kundan boshlab beriladi hamda yuridik texnikum direktori va bosh buxgalteri imzosi bilan rasmiylashtiriladi (yuridik shaxslar uchun — 3 nusxada, jismoniy shaxslar uchun — 2 nusxada).
Adliya vazirligi tomonidan yuridik texnikumda o‘qishga tavsiya etilgan abituriyentlar uchun to‘lov har yili kontrakt shartlarida ko‘rsatilgan muddatlarda amalga oshiriladi. Abituriyentlarni o‘qishga qabul qilish yuridik hamda jismoniy shaxslar tomonidan kontrakt to‘lovi to‘langandan so‘ng yuridik texnikum direktorining buyrug‘i bilan 15-sentabrdan kechiktirmay rasmiylashtiriladi.
Ushbu abituriyentlarga 2-sentabrdan boshlab darslarga qatnashishiga ruxsat etish to‘g‘risida buyruq rasmiylashtiriladi. Adliya vazirligi tomonidan yuridik texnikumlarning takliflariga binoan, kontrakt asosida o‘qishga haq to‘lash muddatlari o‘zgartirilishi, shu jumladan uzaytirilishi mumkin.
45. Yuridik texnikumlarning takliflariga binoan, ularning imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda, test sinovlari natijalariga ko‘ra qabul qilinmagan abituriyentlar Adliya vazirligining qarori bilan qo‘shimcha ravishda tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida qabul qilinishi mumkin.
Yuridik texnikumlar qo‘shimcha qabul bo‘yicha takliflarni Adliya vazirligiga tasdiqlash uchun 25-sentabrgacha taqdim etadi. Adliya vazirligi yuridik texnikumlarning imkoniyatlaridan kelib chiqib, 30-sentabrgacha qo‘shimcha qabul qilish to‘g‘risida qaror qabul qiladi.
Bunda:
abituriyentlar 20-sentabrgacha qo‘shimcha o‘qishga kirish uchun ariza bilan yuridik texnikumga murojaat qiladi;
qabul test sinovlari natijalariga ko‘ra, to‘plagan ballar ketma-ketligiga muvofiq amalga oshiriladi;
yuqori ball to‘plagan abituriyent qo‘shimcha qabul qilish uchun ariza bilan belgilangan muddat ichida murojaat etmasa yoki qo‘shimcha qabul qilishni rad etsa, reytingi bo‘yicha navbatda turgan o‘quvchi qabul qilinadi;
tabaqalashtirilgan kontrakt miqdori o‘qishning birinchi o‘quv yilida qo‘llaniladi.
46. Yuridik texnikumga test sinovlari natijasida qabul qilinmagan va respublika oliy ta’lim muassasalariga “yurisprudensiya” ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha o‘qishga kira olmagan, lekin to‘plash mumkin bo‘lgan eng yuqori balldan 60 foiz va undan yuqori ball to‘plagan abituriyentlar tabaqalashgan to‘lov-kontrakt asosida doimiy yashash joyidagi yuridik texnikumga qabul qilinishlari mumkin.
Ushbu abituriyentlar doimiy yashash joyidagi yuridik texnikumlarga 20-sentabrgacha murojaat qiladi. Murojaatlar asosida yuridik texnikumlar 25-sentabrgacha Adliya vazirligiga tasdiqlash uchun abituriyentlarni qabul qilish bo‘yicha taklif taqdim etadilar.
Adliya vazirligi yuridik texnikumlarning imkoniyatlaridan kelib chiqib, 30-sentabrgacha ularni qabul qilish to‘g‘risida qaror qabul qiladi. Bunda ushbu abituriyentlar tanlovsiz, oliy ta’lim muassasalaridagi test natijalariga ko‘ra ballar ketma-ketligi asosida qabul qilinadi.
Mazkur toifadagi abituriyentlarni yuridik texnikumga qabul qilish bo‘yicha murojaat qilish va o‘qishga qabul qilish bo‘yicha muddatlariga Adliya vazirligi tomonidan zarur hollarda o‘zgartirishlar kiritilishi mumkin.
47. Adliya vazirligi tomonidan yuridik texnikumlarga qo‘shimcha o‘qishga kirish uchun tavsiya etilgan abituriyentlar uchun to‘lov har yili shartnoma shartlarida belgilangan muddatda, biroq Adliya vazirligi tomonidan belgilangan muddatdan kechiktirmay to‘lanadi. Abituriyentlarni o‘qishga qabul qilish o‘qish uchun kontraktda belgilangan pul mablag‘larini jismoniy yoki yuridik shaxslar tomonidan 10-oktabrdan kechiktirmay to‘laganlaridan so‘ng yuridik texnikum direktorining buyrug‘i bilan rasmiylashtiriladi.
Ushbu abituriyentlar bilan kontrakt tuzilgan kundan boshlab o‘quv mashg‘ulotlariga qatnashishga ruxsat berish to‘g‘risida buyruq rasmiylashtiriladi. Tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida qo‘shimcha qabul bo‘yicha o‘qitish xarajatlarining miqdori Adliya vazirligi tomonidan belgilanadi. Yuridik texnikumlarning asoslangan taklifiga binoan, Adliya vazirligi tomonidan fuqarolarni o‘qishi uchun to‘lov-kontrakt miqdori va kontrakt asosida o‘qishga haq to‘lash muddatlari o‘zgartirilishi, shu jumladan uzaytirilishi mumkin.
6-bob. Yakuniy qoidalar
48. Test sinovlari va ko‘zi ojiz abituriyentlarning tanlov natijalari, xorijiy fuqarolar bilan o‘tkazilgan suhbat natijalaridan ko‘chirmalar, shuningdek yuridik texnikumga test sinovlarisiz qabul qilingan abituriyentlarning hujjatlari ularning shaxsiy hujjatlar yig‘majildlariga tikib qo‘yiladi.
Yuridik texnikumlarga qabul qilinmagan abituriyentlarning test sinovlari (ko‘zi ojiz abituriyentlar uchun tanlov) natijalari 6 oy davomida saqlanadi va undan so‘ng belgilangan tartibda yo‘q qilinadi.
49. Test sinovlari o‘tkazilishi bilan bog‘liq xarajatlar ushbu maqsadlar uchun ajratiladigan O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari, ko‘zi ojiz abituriyentlar uchun tanlov va xorijiy fuqarolar uchun suhbatni tashkil etish va o‘tkazish bilan bog‘liq xarajatlar yuridik texnikumlarning budjetdan tashqari mablag‘lari hamda adliya organlari va muassasalarining budjetdan tashqari boshqa mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
50. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.



************************************************************************************************************************
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining yuridik texnikumlariga o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risida nizomga
1-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining yuridik texnikumlariga o‘qishga qabul qilishni tashkil etish
SXEMASI


Bosqichlar


Tadbirlar


Bajarish muddatlari






1-bosqich


Abituriyentlar hujjatlarini qabul qilishni tashkillashtirish



1. Qabulning tashkiliy masalalarini hal qilish uchun qabul komissiyasini tuzish.

1-iyundan kechikmay


2. Yuridik texnikum va tegishli hududiy adliya organi veb-saytiga qabul muddatlari, mutaxassislik va kasblar nomlari, qabul kvotalari haqida ma’lumot joylashtirish.

Qoida tariqasida, hujjatlarni qabul qilishdan bir oy oldin

3. Abituriyentlarni o‘qishga qabul qilish uchun davlat xizmatlari markazlari, YIDXP yoki DTM veb-sayti orqali ro‘yxatdan o‘tkazish.

1 — 20-avgust

4. Qabul komissiyasi tomonidan yuridik texnikum va tegishli hududiy adliya organi veb-saytida o‘qish uchun topshirilgan arizalar soni haqida kunlik axborot va abituriyentlar hamda ularning ota-onalari savollariga javob berish uchun telefon aloqasining ishlab turishini ta’minlash.

Hujjatlarni qabul qilish davrida






2-bosqich


Test sinovlarini o‘tkazish tayyorgarlik ko‘rish

1. Davlat test markazi tomonidan test o‘tkazish uchun mos binolarni tayyorlash.
2. Test sinovlarini o‘tkazish jadvalini Davlat test markazi tomonidan tasdiqlash.

Test sinovlarini o‘tkazishdan oldin








3-bosqich


Test sinovlarini o‘tkazish




1. Adliya vazirligi tomonidan belgilangan fanlar bloklari bo‘yicha test sinovlarini o‘tkazish.

25 — 30-avgust

2. Test sinovlari natijalarini Davlat test markazi veb-saytida e’lon qilish

Test sinovlari o‘tkazilgan kundan keyingi ish kunida






Ko‘zi ojiz abituriyentlarni qabul qilish uchun tanlov o‘tkazish




1. Ko‘zi ojiz abituriyentlarni qabul qilish uchun test sinovlari uchun belgilangan fanlar bo‘yicha ko‘p balli yoki tegishli an’anaviy besh balli tizim asosida tanlov o‘tkazish.

25 — 30-avgust

2. Tanlov natijalarini ko‘zi ojiz abituriyentlarga e’lon qilish.

Tanlov o‘tkazilgan kuni






4-bosqich


Test sinovlari natijalarini

Davlat qabul komissiyasi va Adliya vazirligiga yuborish

1. Test sinovlari natijalarini Davlat test markazi direktori tomonidan tasdiqlanadigan tanlov qaydnomalariga kiritish.
2. Ko‘zi ojiz abituriyentlarni o‘qishga qabul qilish bo‘yicha tanlov natijalarini ko‘p balli yoxud tegishli an’anaviy besh balli tizim asosida aniqlangan va yuridik texnikum direktori tomonida� tasdiqlangan qaydnomalariga kiritish.
3. Test sinovlari qaydnomalari va ko‘zi ojizlar uchun tanlov natijalari qaydnomalarini abituriyentlarni yuridik texnikumlarga o‘qishga qabul qilish to‘g‘risida qaror chiqarish uchun Adliya vazirligi va Davlat qabul komissiyasiga yuborish.

natijalar e’lon qilingan vaqtdan boshlab uch kun davomida








5-bosqich


Davlat qabul komissiyasi va Adliya vazirligi tomonidan abituriyentlarni yuridik texnikumga o‘qishga qabul qilish to‘g‘risida qaror qabul qilish

qoida tariqasida,
5-sentabrdan kechikmay








6-bosqich


O‘qishga qabul qilishni rasmiylashtirish, to‘lov-kontrakt summasini to‘lash

1. Yuridik texnikum direktori tomonidan kam ta’minlangan oilalar a’zolari bo‘lgan abituriyentlarni, Mehribonlik uylari va Bolalar shaharchalari bitiruvchilarini, shuningdek ko‘zi ojiz abituriyentlarni o‘qishga qabul qilish to‘g‘risida buyruq chiqarish.

Adliya vazirligi karori qabul qilinganidan keyin

2. Abituriyentlar bilan o‘qish uchun shartnoma (kontrakt)lar tuzish.

2-sentabr — 15-sentabr


3. Abituriyentlar tomonidan o‘qish uchun to‘lovlarni yuridik texnikumlar hisobvarag‘iga o‘tkazish.

Adliya vazirligi tomonidan belgilangan muddatda

4. Yuridik texnikum direktorining to‘lov-kontrakt asosida o‘quvchilar safiga qabul qilish uchun tavsiya etilgan abituriyentlarga o‘quv mashg‘ulotlarida qatnashishga ruxsat berish to‘g‘risidagi buyrug‘ini rasmiylashtirish.

2-sentabr

5. Yuridik texnikum direktorining o‘qishga qabul qilish haqidagi buyrug‘ini rasmiylashtirish.

kontrakt summasi to‘langandan so‘ng 15-sentabrdan kechikmay


 
*************************************************************************************************************************
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining yuridik texnikumlariga o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risida nizomga
2-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining yuridik texnikumlariga o‘qishga qabul qilish uchun kirish test sinovlarini o‘tkazish
TARTIBI


1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Tartib O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining yuridik texnikumlariga (keyingi o‘rinlarda — yuridik texnikum) o‘qishga qabul qilish uchun kirish test sinovlarini o‘tkazish tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Tartibda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
abityriyent — yuridik texnikumga o‘qishga kirish uchun belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tgan va test sinovlarida ishtirok etuvchi jismoniy shaxs;
abituriyent ruxsatnomasi — pasport (u bo‘lmagan xolda shaxsni tasdiqlovchi boshqa hujjat) bilan birgalikda abituriyentning belgilangan sana va vaqtda test sinovlarida ishtirok etishga ruxsat beradigan hujjat;
Davlat test markazi vakili — O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi (keyingi o‘rinlarda — Davlat test markazi) direktorining buyrug‘i bilan tayinlanadigan, test sinovlari o‘tkaziladigan tegishli binoda belgilangan vazifa va majburiyatlar bo‘yicha amalga oshiriladigan tadbirlarga umumiy rahbarlik qiluvchi hamda test sinovi ishtirokchilarining vazifalariga muvofiq harakatini nazorat qiluvchi va amaliy yordam ko‘rsatuvchi xodim;
bino rahbari — Davlat test markazi direktorining buyrug‘i bilan tayinlanadigan, belgilangan vazifa va majburiyatlar bo‘yicha binodagi guruh nazoratchilari va abituriyentlar harakatlariga umumiy rahbarlikni bajaruvchi, nazorat qiluvchi va amaliy yordam ko‘rsatuvchi xodim;
gyruh nazoratchisi — Davlat test markazi bilan tuzilgan shartnoma asosida shartnomada belgilangan vazifa va majburiyat bo‘yicha test sinovlarida abituriyentlar harakatiga umumiy rahbarlikni amalga oshirish, test sinovining belgilangan tartib bo‘yicha o‘tishini qat’iy nazorat qilishga mas’ul bo‘lgan va abityriyentlarga test sinovini topshirish tartibi bo‘yicha amaliy yordam ko‘rsatish uchun jalb qilingan va test sinovlari o‘tkazilishi bilan bog‘liq seminarda ishtirok etgan shaxs;
test topshiriqlari kitobi — belgilangan fanlar majmuasi bo‘yicha test topshiriqlarini o‘z ichiga olgan savollar to‘plami;
javoblar varaqasi — test topshiriqlari kitobidagi har bir topshiriqning bajarilishi natijasida tanlagan javobning bittasini belgilashga mo‘ljallangan va abituriyentning bilimini baholash uchun asos hisoblanadigan yagona hujjat;
qabul komissiyasi — yuridik texnikumga o‘qishga qabul qilishni tashkil etuvchi, shu jumladan abituriyentlarga maslahat xizmatlari ko‘rsatadigan har yili tuziladigan komissiya;
hududiy adliya organlari — Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari.
3. Hujjatlarni ro‘yxatdan o‘tkazishning muddati yakunlanganidan so‘ng uch kun muddatda abituriyent ruxsatnomasini Davlat test markazining rasmiy veb-saytidan oladi.
Abituriyent ruxsatnomasida ko‘rsatilgan sana va vaqtda test sinovlarida ishtirok etadi.
Abituriyent uchun mazkur sana va vaqt qat’iy hisoblanib, unga boshqa sana va vaqtda test sinovlarida ishtirok etish uchun ruxsat berilmaydi.
4. Abituriyent ro‘yxatdan o‘tgan hududda (Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar markazi yoki Toshkent shahrida) tashkil etiladigan test sinovlarida ishtirok etadi.
2-bob. Test sinovlarini o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rish
5. Test sinovlari katta sig‘imdagi, imtihonlarning yuqori darajada ochiqlik va shaffofligini hamda imtihon jarayoni videokuzatuvlar orqali jamoatchilik, shu jumladan, abituriyentlarning ota-onalari tomonidan real vaqt rejimida (onlayn) kuzatib borilishini ta’minlaydigan binolarda (keyingi o‘rinlarda — bino) o‘tkaziladi.
Binolar Adliya vazirligi va Davlat test markazi bilan kelishilgan holda belgilanadi.
Binolarni tayyorlash, kirish test sinovlari jarayonini videokuzatuvlar orqali jamoatchilik, shu jumladan abituriyentlar ota-onalarining onlayn tarzda kuzatib borishlari uchun sharoit yaratish, abituriyentlar shaxsini identifikatsiyalash vositalari va videofiksatsiya qurilmalari orqali binoga tegishli hududga nazorat xizmati postlari orqali kiritish hamda har bir smenada abituriyentlar va guruh nazoratchilarini yetarli miqdorda ichimlik suvi, havorang pastali sharikli ruchkalar bilan hamda test sinovlari o‘tkaziladigan binolarni sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari talablariga to‘liq javob berishini ta’minlash uchun javobgarlik hududiy adliya organlari, qabul komissiyasi, joylardagi mahalliy davlat hokimiyati organlari zimmasiga yuklatiladi.
6. Guruh nazoratchilari va abituriyentlarni test sinovlari o‘tkaziladigan hududga nazorat xizmati postlari orqali kiritish, tadbir jarayonida jamoat tartibini saqlash va jamoat xavfsizligini ta’minlash O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi hamda oliy ta’lim muassasalarining qabul komissiyalari tomonidan amalga oshiriladi.
7. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi test sinovlari o‘tkaziladigan joylarni shaxsni identifikatsiyalash vositalari, videokuzatuv va mobil aloqa to‘lqinini to‘suvchi qurilmalar hamda test sinovlarini o‘tkazish jarayonini video yozuvga olish vositalari bilan ta’minlaydi.
Test sinovlarini o‘tkazish jarayoni videotasvirga tushiriladi. Videotasvirdan nusxa ko‘chirish taqiqlanadi. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi test sinovlari o‘tkazilgan kunning ertasiga Davlat test markaziga videotasvirni taqdim etadi.
8. Test sinovlarini ushbu Tartib talablariga qat’iy muvofiq ravishda tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha mas’uliyat bino rahbari va guruh nazoratchilari, shuningdek, qabul komissiyasi zimmasiga yuklanadi.
9. Test sinovlarini o‘tkazish jadvali Adliya vazirligi bilan kelishilgan holda Davlat test markazi tomonidan tasdiqlanadi.
10. Binoda test sinovlari jarayonini to‘liq nazorat qilish maqsadida bino, qoida tariqasida, elektron soat, ovoz kuchaytirish vositalari, 30 nafar abituriyent uchun bitta videokuzatuv tizimi o‘rnatilishi, jarayonni abituriyentlarning ota-onalari onlayn tarzda kuzatishi uchun zarur asbob-uskunalar bilan jihozlanadi.
11. Binoda Davlat test markazining vakiliga test materiallarini saqlash, tarqatish va yig‘ib olish uchun mo‘ljallangan yetarli miqdorda stol, stullar, kompyuter, skaner, statsionar telefon aloqasi, doimiy videokuzatuv va seyf bilan ta’minlangan maxsus xona (shtab) tayyorlanadi. Bunda binoning holati sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari talablariga to‘liq javob berishi lozim.
12. Binolarda test sinovlarini o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan texnik, tibbiy va maishiy sharoitlar yaratilishi kerak. Binolar sanitariya va yong‘in xavfsizligi qoidalariga to‘liq javob berishi shart.
13. Binoda test sinovlar jarayonini to‘liq nazorat qilish maqsadida, qoida tariqasida, 30 nafar abituriyentdan iborat guruhlar tashkil etiladi.
Bino va guruhlarning alohida tartib raqami takrorlanmaydigan ketma-ketlikda raqamlangan bo‘lishi lozim.
14. Har bir guruh alohida o‘tirish o‘rniga ega bo‘lgan 30 tadan stol va stul bilan ta’minlanib, stollar birdan o‘ttizgacha raqamlanishi lozim. Har bir guruhga ikki nafar nazoratchi biriktiriladi.
15. Binoda test sinovlarini o‘tkazish talablariga rioya etilishini ta’minlash bo‘yicha shaxsiy javobgarlik Davlat test markazi vakili, bino rahbari va guruh nazoratchilari zimmasiga yuklanadi.
16. Bino rahbari va guruh nazoratchilari Davlat test markazi direktori buyrug‘i asosida Davlat test markazi, tegishli hududdagi ta’lim muassasalarining hamda boshqa tashkilotlarning vakillaridan iborat bo‘lgan tarkibda, ularning rahbarlari bilan kelishgan holda tayinlanadi.
17. Davlat test markazi vakili:
bino rahbarlari va guruh nazoratchilariga umumiy rahbarlik qiladi hamda ularga amaliy yordam ko‘rsatadi;
test sinovlarining boshlanishi va tugashini qat’iy nazorat qilish, tezkor axborotlarni Davlat test markaziga yuborish, test sinovlarini adolatli, xolisona va mazkur Tartibda belgilangan talablar asosida o‘tishini ta’minlydi.
18. Davlat test markazi vakili o‘ziga yuklangan vazifalarni samarali amalga oshirish uchun mahalliy davlat hokimiyati organlari va qabul komissiyalariga ko‘rsatma berish, mazkur Tartib talablariga amal qilmagan bino rahbarini, guruh nazoratchisini va abituriyentni test sinovlari jarayonidan chetlashtirish hamda Davlat test markazi rahbariyati bilan kelishilgan holda chetlashtirilganlar o‘rniga boshqa bino rahbarini, guruh nazoratchisini tayinlash huquqiga ega.
19. Davlat test markazi vakili Davlat test markazi direktorining buyrug‘i bilan almashtirilishi mumkin.
3-bob. Test sinovlarini o‘tkazish
20. Test sinovlari, qoida tariqasida, har yili 20 — 25 avgyst kunlari oralig‘idagi muddatda Davlat test markazi tomonidan, kuniga ikki smenada o‘tkaziladi. Birinchi smena soat 09:00 da, ikkinchi smena soat l5:00 da boshlanadi.
Test topshiriqlarini bajarish uchun (javoblar varaqasini to‘ldirish bilan birga) har 30 ta test topshirig‘iga 1 soat vaqt belgilanadi.
21. Test sinovlari o‘tkaziladigan kunda Davlat test markazining ruxsatnomasi bo‘lmagan shaxslarga test sinovlari o‘tkazilayotgan hududga kirishi taqiqlanadi.
22. Qabul komissiyasining raisi va mas’ul kotibi Davlat test markazi tomonidan taqdim etilgan ruxsatnoma asosida, unda belgilangan kun, test sinovlari o‘tkaziladigan bino shtabida test sinovlari jarayoni kuzatuvchisi sifatida ishtirok etadi.
23. Abituriyentlar binoga pasport va abiturent ruxsati bilan tegishli navbat bo‘yicha kiritiladi. Kirishda videokuzatuv olib boriladi.
24. Abituriyentlar binoga soat 8.30 gacha kiritiladi. Soat 8.30 dan keyin abituriyentlar binoga kiritilmaydi.
25. Davlat test markazi vakili birinchi smenada soat 06:30 dan 07:00 gacha, ikkinchi smenada soat 13:30 dan 14:00 gacha abituriyentlarning guruhlar bo‘yicha ro‘yxatini (ikki nusxada) va test materiallarini tarqatadi va qabul qilish bayonnomasini rasmiylashtiradi.
Davlat test markazi vakili, bino rahbari va guruh nazoratchilari soat 6.00 ga yetib keladi va test sinovlarini o‘tkazish tartibiga qat’iy rioya qilishni tashkil qiladi.
Davlat test markazi vakili bino rahbarlari va guruh nazoratchilari hamda abituriyentlar ro‘yxatini, ularning ruxsatnomalarini nazorat xizmat postlariga yetkazishni ta’minlaydi, qur’a tashlash yo‘li bilan nazoratchilarni guruhlarga taqsimlashni amalga oshiradi, shuningdek test materiallarini tarqatish va qabul qilish bayonnomasini rasmiylashtiradi.
26. Test sinovlari o‘tkaziladigan hududga yoki binoga kirish joylarida tashkil etilgan nazorat xizmati postlarida xizmat olib borayotgan O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi hamda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi xodimlari tomonidan tekshiruv vaqtida abituriyent va guruh nazoratchilarida mikrokalkulyator, lug‘at, jadval, kitob, uyali telefon, kompyuter, telekommunikatsiya vositalari, shpargalkalar mavjudligi, shuningdek barmoq izlari va fotosurati tekshirilgan vaqtda shaxsi tasdiqlanmaganligi aniqlangan taqdirda, bu haqida Davlat test markazining vakilini xabardor qilinib, ularni test sinovlariga kiritmaslik to‘g‘risida dalolatnoma rasmiylashtiradi.
27. Bino rahbari ertalab soat 06:00 dan 06:30 gacha guruh nazoratchilariga ularning ruxsatnomalarini tarqatadi va taqsimotini rasmiylashtiradi hamda birinchi smenada soat 06:30 dan 07:00 gacha, ikkinchi smenada soat 13:30 dan 14:00 gacha abituriyentlarning guruhlar bo‘yicha ro‘yxatini (ikki nusxada) va test materiallarini tarqatadi va qabul qilish bayonnomasini rasmiylashtirilishini tashkil etadi.
28. Guruh nazoratchilari soat 8.30 gacha abituriyentlarni ularning pasportlarini guruh ro‘yxati bilan tekshirgan holda binoga kiritadi. Abituriyentlar ro‘yxatda ko‘rsatilgan o‘ringa o‘tiradi.
Test sinovlarini o‘tkazish vaqtida imtihonga kelmagan abituriyentlar o‘rni bo‘sh qoladi.
29. Guruh nazoratchilari ikki nafar abituriyent guvohligida test materiallari joylashtirilgan qutilar va abiturentlar ro‘yxati hamda javob varaqalari solingan paketlarning muhrlanganligiga ishonch hosil qilib, ularni ochadi.
Nazoratchilar test sinovlari kitoblari hamda javob varaqalarini tartib bilan tarqatadi.
30. Guruh nazoratchilari test sinovlari boshlangunga qadar nomzodlarni 30 daqiqa mobaynida javoblar varaqalarini to‘ldirish qoidalari bilan tanishtiradi va ular tomonidan tegishli bo‘limga o‘zi to‘g‘risidagi shaxsiy ma’lumotlar kiritiladi.
31. Bino rahbari abituriyentlarni test topshiriqlari kitobining muqovasida va javoblar varaqasida ko‘rsatilgan tegishli joylarni rasmiylashtirish zarurligi hamda javoblar varaqasini havorang pastali sharikli ruchkadan boshqa rangda foydalanib to‘ldirish, javoblar varaqasini bukish, marker chizig‘iga yozish, javoblar varaqasi raqami ostida joylashgan doirachalarni bo‘yashlik test sinovlarini o‘tkazish talablarini buzilishi deb tan olinishi haqida ogoxlantiradi.
Davlat test markazi vakili, bino rahbari guruh nazoratchilariga test sinovlari o‘tkazishning belgilangan tartibini buzgan abituriyentlarni chetlashtirish bo‘yicha ko‘rsatma beradi.
32. Guruh nazoratchisi abituriyent test topshiriqlari kitobi nuqsonli ekanligi haqida murojaat qilsa, birinchi smenada 09:00 gacha, ikkinchi smenada 15:00 gacha quyidagi ishlarni amalga oshiradi:
test sinovlari kitobi va javob varaqalarini olganligini tasdiqlovchi imzo qo‘ydiradi, shuningdek abiturentlar ro‘yxati to‘ldirilgan ro‘yxatning bir nusxasini bino rahbariga beradi;
guruhda test sinovlarida qatnashmagan abituriyent uchun ajratilgan test topshiriqlari kitobini murojaat qilgan abituriyentga beradi;
guruhda ortiqcha test topshiriqlari kitobi bo‘lmasa, bino rahbaridan zaxiradagi shu ta’lim yo‘nalishi va tiliga mos bo‘lgan test topshiriqlari kitobini berishni so‘raydi. Bu jarayonni dalolatnoma bilan rasmiylashtiradi.
Abituriyent test sinoviga kelmagan taqdirda guruh ro‘yxatiga “qatnashmadi” degan yozuv kiritiladi.
Test topshiriqlari kitobida nuqson mavjudligi aniqlansa, uning birinchi betiga “yaroqsiz” deb yoziladi, almashtirilgan vaqti ko‘rsatiladi hamda abituriyentning familiyasi, ismi, otasining ismini yozilib imzolanadi va ushbu holat haqida dalolatnoma tuziladi. Abituriyentga yaroqsiz test sinovlari kitobi o‘rniga yangisi beriladi.
33. Abituriyent test sinovlari o‘tkaziladigan kuni binoga tegishli hududga soat 07:00 (ikkinchi smena soat 14:00) gacha, binoga soat 08:30 (ikkinchi smena soat 14:30) gacha faqat abituriyent ruxsatnomasi va pasporti bilan shaxsni identifikatsiyalash vositalari hamda videofiksatsiya qurilmalari orqali tartibli ravishda kirishi bilan birgalikda, birinchi smenada soat 07:30 dan 08:00 gacha, ikkinchi smenada soat 14:30 dan 15:00 gacha quyidagi ishlarni amalga oshirishga majbur:
test materiallari nuqsonsizligini tekshirish va nuqson borligi aniqlansa, darhol guruh nazoratchisiga xabar berish;
javoblar varaqasi to‘g‘ri to‘ldirilishini ta’minlash;
test topshiriqlari kitobi muqovasida va javoblar varaqasida ko‘rsatilgan tegishli joylarni rasmiylashtirish.
34. Bino rahbari birinchi smenada 09:00 da, ikkinchi smenada 15:00 da test sinovlari boshlanganligini e’lon qiladi.
35. Javoblar varaqasi abituriyent bilim darajasini belgilovchi asosiy hujjat hisoblanadi.
Test sinovlariga javoblar havo rang pastali sharikli ruchkada to‘ldirilgan bo‘lishi lozim.
Abituriyent javoblar varaqasini to‘g‘ri to‘ldirilishi uchun shaxsan javobgar bo‘ladi. Javoblar varaqasining tegishli bo‘limlarini to‘g‘ri to‘ldirmagan abituriyentlarning e’tirozlari ko‘rib chiqilmaydi.
36. Abituriyent o‘zining fikriga ko‘ra to‘g‘ri bo‘lgan va test sinovlari kitobidagi javobga mos keladigan javoblar varag‘idagi tegishli doirani to‘ldiradi. Bunda, har bir test topshirig‘i bo‘yicha to‘g‘ri javobga — faqat bitta doira to‘ldiriladi.
Agar, javoblar varaqasidagi “belgilash uchun namuna” qoidasiga rioya etilmasa, jumladan, bitta test topshirig‘iga javoblar varaqasida tegishli doiracha bo‘yalmasa yoki ikki va undan ortiq doiracha bo‘yalsa yoxud to‘liq bo‘yalmasa ushbu test topshirig‘iga ball berilmaydi.
37. Abituriyentlarga test sinovlari materiallarini bir biriga uzatish va boshqalarga yordam berish, shuningdek o‘zaro gaplashish taqiqlanadi.
Abituriyent tomonidan uyali telefon yoki boshqa aloqa va telekommunikatsiya vositalarini olib kirish va foydalanish qat’iyan taqiqlanadi.
38. Test sinoviga uyali telefon, kompyuter yoki boshqa aloqa va telekommunikatsiya vositalarini, mikrokalkulyator, lug‘at, kitoblar, shpargalkalar olib kirishga harakat qilgan yoki olib kirgan, test sinovi jarayonida test sinovi materiallarini boshqaga uzatgan yoki yordam bergan, test sinovi uchun ajratilgan vaqt tugaganidan keyin test sinovi materiallarini topshirmagan, test sinovi materiallarini bino tashqarisiga olib chiqqan abituriyent test sinovi o‘tkazish tartibini buzgan hisoblanadi.
39. Test sinovlari davomida abituriyentlarga binodan chiqish taqiqlanadi. O‘zboshimchalik bilan binoni tark etgan abituriyentlar test sinovlari o‘tkazish tartibini buzgan hisoblanadi. Sog‘lig‘ining yomonlashishi va boshqa zarur holatlarda test sinovlari materiallarini binoda qoldirib, kuzatuv ostida binodan chiqishga ruxsat beriladi.
40. Test sinovlari o‘tkazishning belgilangan tartibini buzgan abituriyentlar sinovdan chetlashtiriladi va bu haqda test sinovlaridan chetlashtirish bo‘yicha bino rahbari va guruh nazoratchisi tomonidan dalolatnoma rasmiylashtiriladi.
41. Test sinovlaridan chetlashtirilgan abituriyentlarning test sinovlari tekshirilmaydi va ular imtihonda ishtirok etmagan hisoblanadi.
42. Bino rahbari test sinovlari vaqti tugaganligini e’lon qiladi va guruh nazoratchilariga test topshiriqlari kitobi va javoblar varaqlarini yig‘ishga ko‘rsatma beradi.
43. Test sinovlari uchun ajratilgan vaqt tugagandan so‘ng abituriyentlar test materiallarini topshiradi, belgilangan muddatdan oldin javob berishni tugatgan abituriyentlar, test materiallarini muddatidan oldin topshirishlari mumkin.
44. Guruh nazoratchilari abituriyentlardan test topshiriqlari kitobi va javoblar varaqasiga shikast yetmaganligini tekshirib qabul qilib oladi.
Barcha javoblar varaqalari, shu jumladan, test sinovlarida qatnashgan abituriyentlarning javoblar varaqalari, “yaroqsiz” deb topilgan test topshiriqlari kitobini, abituriyentlarning guruhlar bo‘yicha ro‘yxatining ikkinchi nusxasini javoblar varaqasi paketga solinib, paket muhrlanadi.
Ishlatilgan va ishlatilmagan test topshiriqlari kitoblari test materiallari qutisiga joylashtiriladi.
45. Guruh nazoratchisi test sinovlari uchun belgilangan vaqt tugagandan so‘ng 20 daqiqa ichida javoblar varaqasi paketi, test topshiriqlari kitobi qutisi guruhlarda muhrlanishini nazorat qilish hamda guruh nazoratchilaridan muhrlangan javoblar varaqasi paketi va test materiallari qutilarini bino rahbariga topshiradi, bino rahbari esa topshirish vaqtini qayd etib, tegishli reyestrga imzo qo‘yadi.
46. Bino rahbari abituriyentlarning guruhlar bo‘yicha ro‘yxati solingan va muhrlangan paketni, test materiallari hamda bino bo‘yicha to‘plangan javob varaqalari paketlari solingan va muhrlangan qutilarni Davlat test markazi vakiliga (Davlat feldyegerlik xizmatiga) topshirilishini ta’minlaydi.


*************************************************************************************************************************
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining yuridik texnikumlariga o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risida nizomga
3-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining yuridik texnikumlariga xorijiy fuqarolarni o‘qishga qabul qilish
TARTIBI


1. Mazkur Tartib O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining (keyingi o‘rinlarda — Adliya vazirligi) yuridik texnikumlariga (keyingi o‘rinlarda — yuridik texnikum) xorijiy fuqarolarni o‘qishga qabul qilish tartibini belgilaydi.
2. Xorijiy fuqarolarni (xorijiy davlat fuqarosi bo‘lgan jismoniy shaxsni, shuningdek xorijiy davlat hududida doimiy yashovchi fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni) yuridik texnikumga o‘qishga qabul qilish yuridik texnikumlar tomonidan belgilangan tartibda o‘tkaziladigan suhbat natijasi bo‘yicha amalga oshiriladi.
Suhbat 25 — 30-avgust kunlari o‘tkaziladi. Zarur hollarda, Adliya vazirligi tomonidan suhbat o‘tkazish muddatiga o‘zgartirish kiritilishi mumkin.
3. Suhbat yuqori darajada ochiqlik va shaffoflikni hamda imtihon jarayoni videokuzatuvlar orqali jamoatchilik, shu jumladan, abituriyentlarning ota-onalari tomonidan real vaqt rejimida (onlayn) kuzatib borilishini ta’minlaydigan xonalarda o‘tkaziladi.
Xonalarni tayyorlash, tanlov jarayonini videokuzatuvlar orqali jamoatchilik, shu jumladan abituriyentlar ota-onalarining onlayn tarzda kuzatib borishlari uchun sharoit yaratish uchun javobgarlik qabul komissiyasi zimmasiga yuklanadi.
4. Xorijiy fuqarolarni yuridik texnikumlarga o‘qishga qabul qilish qabul parametrlaridan tashqari, to‘lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.
5. Adliya vazirligining xorijiy fuqarolarni yuridik texnikumlarga o‘qishga qabul qilish to‘g‘risidagi qarori, qoida tariqasida, 2-sentabrdan kechikmasdan qabul qilinadi.
6. Adliya vazirligi tomonidan xorijiy fuqarolarni o‘qishga qabul qilish to‘g‘risida qaror qabul qilingandan keyin yuridik texnikum bilan jismoniy va yuridik shaxslar o‘rtasida belgilangan tartibda shartnoma (kontrakt) tuziladi.
Belgilangan namunadagi shartnoma blankalari Adliya vazirligining qarori e’lon qilingan kundan boshlab beriladi va yuridik texnikum direktori va bosh buxgalteri tomonidan imzolangan holda (yuridik shaxslar uchun 3 nusxada, jismoniy shaxslar uchun 2 nusxada) rasmiylashtiriladi.
7. Xorijiy fuqarolar o‘qish uchun to‘lovni har yili shartnoma shartlarida ko‘rsatilgan muddatlarda amalga oshiradi. To‘lov-kontrakt asosida o‘qish miqdori Adliya vazirligi tomonidan belgilanadi.
8. Xorijiy fuqarolarni o‘qishga qabul qilish jismoniy yoki yuridik shaxslar tomonidan o‘qish uchun shartnomada belgilangan pul mablag‘larini 15-sentabrdan kechiktirmay to‘langandan so‘ng yuridik texnikum direktorining buyrug‘i bilan rasmiylashtiriladi. Xorijiy fuqarolarga o‘quv yili boshidan o‘quv mashg‘ulotlariga qatnashishga ruxsat berish to‘g‘risida buyruq rasmiylashtiriladi.
Adliya vazirlig tomonidan yuridik texnikumlarning takliflariga binoan, xorijiy fuqarolarni kontrakt asosida o‘qishga haq to‘lash muddatlari o‘zgartirilishi, shu jumladan uzaytirilishi mumkin.
Xorijiy fuqarolarga o‘quv yili boshidan o‘quv mashg‘ulotlariga qatnashishga ruxsat berish to‘g‘risida buyruq rasmiylashtiriladi.
Yuridik texnikumlarning asoslantirilgan takliflari asosida xorijiy fuqarolarni o‘qishga qabul qilish va to‘lov-kontrakt summasini to‘lash muddatlari Adliya vazirligi tomonidan o‘zgartirilishi, shu jumladan uzaytirilishi mumkin.


*************************************************************************************************************************

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining yuridik texnikumlariga o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risida nizomga
4-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining yuridik texnikumlariga ko‘zi ojiz abituriyentlarni o‘qishga qabul qilish
TARTIBI


1. Mazkur Tartib O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining yuridik texnikumlariga ko‘zi ojiz abituriyentlarni o‘qishga qabul qilish tartibini belgilaydi.
2. Ko‘zi ojizlar toifasiga quyidagi abituriyentlar kiradi:
maxsus maktab-internatlar tomonidan ko‘zi ojizlar uchun berilgan umumiy o‘rta ta’lim (11-sinf negizida) attestatiga ega shaxslar;
imkoniyati cheklangan shaxslar uchun ixtisoslashtirilgan o‘rta maxsus kasb-hunar ta’lim muassasalari tomonidan ko‘zi ojizlar uchun berilgan diplomga ega shaxslar;
9 yillik ko‘zi ojizlar maxsus maktab-internatida o‘qigan va o‘rta maxsus kasb-hunar ta’lim muassasalari diplomiga ega bo‘lgan shaxslar;
umumiy o‘rta ta’lim (11-sinf negizida) hujjati yoki o‘rta maxsus kasb hunar ta’limi muassasasi diplomiga ega bo‘lgan, belgilangan tartibda I guruh nogironligi to‘g‘risida berilgan ma’lumotnomaga ega bo‘lgan shaxslar.
3. Ko‘zi ojiz abituriyentlarni qabul qilish uchun tanlov test sinovlari uchun belgilangan fanlar bo‘yicha ko‘p balli yoxud an’anaviy besh balli tizim asosida o‘tkaziladi.
4. Fanlar bo‘yicha kirish imtihonlarini o‘tkazish shakli (yozma yoki og‘zaki) Adliya vazirligi bilan kelishgan holda qabul komissiyasi tomonidan belgilanadi.
5. Ko‘zi ojizlar uchun test sinovlari savollari qabul komissiyasi tomonidan test savollarining tegishli fanlari bo‘yicha malakali mutaxassislardan iborat bo‘lgan va ularning rahbarlari bilan kelishilgan holda shakllantiriladigan ekspert guruhi tomonidan tuziladi. Ekspert guruhi faoliyatini qabul komissiyasi raisi boshqaradi.
6. Ko‘zi ojiz abituriyentlarga doimiy yordam berish uchun qabul komissiyasi tomonidan mas’ul xodim ajratiladi.
7. Tanlovni o‘tkazish jadvali mas’ul kotibning taqdimnomasi asosida yuridik texnikum direktorining buyrug‘i bilan tasdiqlanadi. Buyruqqa tanlovda ishtirok etish huquqiga ega abituriyentlar ro‘yxati ilova qilinadi.
8. Qabul komissiyasi tomonidan tanlovni o‘tkazish uchun fanlar bo‘yicha komissiyalar tashkil etiladi.
9. Fanlar bo‘yicha tanlov dasturlari umumiy o‘rta ta’lim (11-sinf negizida), o‘rta maxsus, boshlang‘ich professional ta’lim dasturlari umumta’lim fanlarining o‘quv dasturlariga muvofiq holda tuziladi va Adliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.
10. Tanlovni o‘tkazuvchi komissiya tarkibiga O‘zbekiston ko‘zi ojizlar jamiyatining vakili kiritiladi.
11. Tanlov yuqori darajada ochiqlik va shaffoflikni hamda imtihon jarayoni videokuzatuvlar orqali jamoatchilik, shu jumladan, abituriyentlarning ota-onalari tomonidan real vaqt rejimida (onlayn) kuzatib borilishini ta’minlaydigan xonalarda o‘tkaziladi.
Xonalarni tayyorlash, tanlov jarayonini videokuzatuvlar orqali jamoatchilik, shu jumladan abituriyentlar ota-onalarining onlayn tarzda kuzatib borishlari uchun sharoit yaratish uchun javobgarlik qabul komissiyasi zimmasiga yuklanadi.
Zarur hollarda, Adliya vazirligi tomonidan yuridik texnikumlarning taklifiga ko‘ra, mazkur bandning birinchi xatboshisida belgilangan tanlov o‘tkazish muddatiga o‘zgartirish kiritilishi mumkin.
12. Test sinovlari blokiga kiritilgan barcha fanlar yig‘indisidan belgilangan maksimal ballning 55 foizi va undan kam ball (besh balli baholash tizimida baholanganda – “3” bahodan pastni) to‘plagan, shuningdek belgilangan vaqtda tanlovga kelmagan ko‘zi ojiz abituriyentlar yuridik texnikumlarga qabul qilinmaydi.
13. Yuridik texnikumlarga qabul qilish uchun ko‘zi ojizlar uchun tanlovni qayta o‘tkazish taqiqlanadi.
Tanlovga belgilangan vaqtda yetib kelmagan ko‘zi ojiz abituriyentlar uchun qo‘shimcha tanlov o‘tkazilmaydi.
14. Tanlov natijalari har bir fan bo‘yicha komissiya tomonidan qaydnomaga kiritiladi va shu asosida tanlovning umumiy ballari chiqariladi.
15. Qaydnomada ko‘zi ojiz abituriyentlar ro‘yxati har bir mutaxassislik va kasb bo‘yicha ko‘p balli yoxud tegishli an’anaviy besh balli tizim asosida to‘plangan eng yuqori balldan boshlab kamayib borish tartibida joylashtiriladi.
16. Tanlov natijalari ko‘zi ojiz abituriyentlarga tanlov o‘tkazilgan kuni e’lon qilinadi.



************************************************************************************************************************

Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 30-oktabrdagi 677-son qaroriga
2-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining yuridik texnikumlariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning
MA’MURIY REGLAMENTI


1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Reglament davlat xizmatlari markazlari (keyingi o‘rinlarda — Markaz), O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi o‘rinlarda — YIDXP) va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi (keyingi o‘rinlarda — Davlat test markazi) rasmiy veb-sayti orqali abituriyentlarga O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining yuridik texnikumlariga (keyingi o‘rinlarda — yuridik texnikumlar) o‘qishga qabul qilish bo‘yicha davlat xizmatlarini (keyingi o‘rinlarda — davlat xizmatlari) ko‘rsatish tartibini belgilaydi.
2. Markazlar, Davlat test markazi va yuridik texnikumlar o‘rtasida ma’lumot almashish faqat elektron raqamli imzolar (keyingi o‘rinlarda — ERI)ni qo‘llanishi shart bo‘lgan holda idoralararo elektron aloqa orqali amalga oshiriladi.
3. Abituriyentlar doimiy (vaqtincha) ro‘yxatdan o‘tgan joyidan qat’iy nazar, istalgan Markazga murojaat qilishlari mumkin.
Abituriyentlar doimiy ro‘yxatdan o‘tgan joydagi test sinovlarida qatnashadilar.
4. Davlat xizmatlari abituriyentlarga har yili, qoida tariqasida, 1-avgustdan 20-avgust (shu kuni ham)gacha ko‘rsatiladi.
5. Davlat xizmatlarini ko‘rsatish ushbu Nizomning 1-ilovasiga muvofiq sxemaga asosan amalga oshiriladi.
2-bob. Davlat xizmatlarini ko‘rsatish tartibi
6. Davlat xizmatlarini olish uchun murojaat etuvchi ushbu Reglamentning 4-bandida ko‘rsatilgan muddatda davlat xizmatlarini elektron ko‘rinishda olish uchun Markazga murojaat qiladi yoki YIDXP yoxud Davlat test markazi rasmiy veb-saytida ro‘yxatdan o‘tadi.
Imtiyozga ega bo‘lgan abituriyentlar, shuningdek fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar va pasport yoshiga yetmaganlar davlat xizmatlaridan foydalanish uchun Markazlarga murojaat etadi.
7. Agar ariza beruvchi shaxsan murojaat qilsa, Markaz xodimi arizachining nomidan, YIDXP orqali murojaat qilgan takdirda, abituriyent mustaqil ravishda elektron shaklda ma’lumotni ushbu Reglamentning 2-ilovasida ko‘rsatilgan so‘rovnoma shaklida Davlat test markazining maxsus tizimiga kiritadi.
Markaz xodimi tomonidan so‘rovnomada tegishli ma’lumotlarni kiritish uchun ariza beruvchi Markaz xodimiga quyidagi hujjatlarning aslini taqdim etadi:
fuqarolik pasporti (ichki ishlar organi tomonidan 09 shakli bo‘yicha, shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqamini, pasport seriya va raqamini ko‘rsatuvchi ma’lumotnoma);
pasport yoshiga yetmagan shaxslar uchun tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma;
umumiy ta’lim (11-sinf negizida) yoki o‘rta maxsus, kasb-hunar va boshlang‘ich professional ta’limi muassasasini tugatganligi haqidagi hujjat (ilova bilan). Agar abituriyent hujjatlarni topshirish muddatida ta’lim muassasasini tugatganligi haqidagi hujjatni olmagan bo‘lsa, u hujjatning asli va nusxasini tanlov o‘tkazish kuniga qadar hujjat aslini taqdim etish sharti bilan tegishli ta’lim muassasasi tomonidan berilgan hamda uning rasmiy muhri bilan tasdiqlangan rasmiy ma’lumotnomani taqdim etadi;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hamda Vazirlar Mahkamasining normativ-huquqiy hujjatlarida belgilangan tartibda imtiyozga ega bo‘lgan abituriyentlar imtiyoz huquqini tasdiqlovchi hujjat.
Hujjatlarni topshirish muddati tugaganidan keyin so‘rovnomaga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish qat’iyan man etiladi.
Abituriyentdan qo‘shimcha hujjatlarni so‘rash man etiladi.
8. Davlat test markazi Davlat xizmatlari agentligi va Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda, imtiyozga ega bo‘lgan abituriyentlarning elektron reyestrini shakllantirish uchun vakolatli organlar tomonidan real vaqt rejimida kiritib borilishini ta’minlovchi yagona platforma faoliyat yuritilishini ta’minlaydi.
9. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining yuridik texnikumlariga o‘qishga kirish uchun imtiyozga ega bo‘lgan abituriyentlarning reyestrini shakllantirish bo‘yicha mas’ul bo‘lgan mazkur Nizomga 3-ilovada keltirilgan vakolatli organlar imtiyozga ega abituriyentlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarning elektron reyestrini shakllantirib, yagona platformaga doimiy ravishda ma’lumotlar kiritib borilishini ta’minlaydi.
Ushbu vakolatli organlar imtiyozlar haqidagi ma’lumotlarning axborot tizimiga o‘z vaqtida va to‘liq kiritib borilishi uchun shaxsan mas’ul hisoblanadi hamda axborot tizimiga kiritilmagan ma’lumotlar bo‘yicha davlat xizmatlari markazlari tomonidan imtiyozli huquq asosida abituriyentlardan hujjatlar qabul qilinmaydi.
10. Kerakli ma’lumotlarni to‘ldirib, so‘rovnomaga kiritilgandan so‘ng Markaz xodimi hujjatlarning asl nusxasini arizachiga qaytaradi, QR-kod (matritsali shtrix kod) bilan ikki nusxada arizani bosib chiqaradi va ularni arizachiga topshiradi. Abituriyent ma’lumotlarning to‘g‘riligini tekshiradi, anketani o‘z imzosi bilan tasdiqlaydi, bitta nusxasini o‘ziga qoldiradi va ikkinchi nusxasini Markaz xodimiga topshiradi.
So‘rovnoma abituriyentning imzosi bilan tasdiqlanganidan so‘ng avtomatik ravishda Markaz tizimiga Markaz xodimining ERI bilan kiritiladi.
Davlat test markazi ma’lumotlar bazasiga kiritilgan ma’lumotlarni avtomatik ravishda qabul qiladi.
11. Davlat xizmatlari amalga oshirilganligi uchun haq olinmaydi.
12. So‘rovnomada noto‘g‘ri ma’lumotlarning ko‘rsatilishi, abituriyentning Markazga shaxsan murojaat etishdan bosh tortishi davlat xizmatlarini ko‘rsatishni rad etish uchun asos hisoblanadi. Boshqa sabablarga ko‘ra davlat xizmatlarini ko‘rsatishni rad etish taqiqlanadi.
13. Abituriyent har qanday bosqichda davlat xizmatlarini olishdan voz kechish huquqiga ega. Agar abituriyent davlat xizmatlarini olishdan voz kechsa, uning hujjatlari ko‘rmasdan qoldiriladi.
14. Ro‘yxatdan o‘tish YIDXP yoki Davlat test markazining veb-sayti orqali amalga oshirilganda mazkur Reglamentning 7-bandi uchinchi — oltinchi xatboshilarida keltirilgan ma’lumotlar abituriyent tomonidan mustaqil ravishda elektron shaklda yuklanadi, ma’lumotlarning haqqoniyligi va to‘g‘riligi uchun abituriyent shaxsan javobgar hisoblanadi.
15. Ro‘yxatdan o‘tishda tegishli ma’lumotlar rasmiylashtirib tizimga kiritilganidan so‘ng YIDXP yoki Davlat test markazining rasmiy veb-sayti orqali elektron ravishda QR-kod (matritsali shtrix kod) qo‘yilgan so‘rovnomani abituriyent elektron shaklda oladi.
3-bob. Yakunlovchi qoidalar
16. Ko‘zi ojiz abituriyentlar uchun tanlov Davlat test markazi tizimiga kiritilgan so‘rovnoma ma’lumotlari asosida o‘tkaziladi.
17. Yuridik texnikumga test sinovlari, ko‘zi ojiz abituriyentlar uchun tanlov natijalari asosida qabul qilinganda, shuningdek TDYU huzuridagi akademik litsey bitiruvchilari uchun tanlov natijalari bo‘yicha qabul qilingan taqdirda, ushbu abituriyentlar o‘quv yili boshlanishidan oldin tegishli yuridik texnikumga ushbu Reglamentning 7-bandi uchinchi — oltinchi xatboshilarida ko‘rsatilgan hujjatlarning asl nusxalarini, shuningdek 3,5 x 4,5 sm o‘lchamli 6 dona rangli fotosurat topshiradilar.
18. Markazlar, Davlat test markazi va yuridik texnikumlar o‘z faoliyati natijasida olingan ma’lumotlarning maxfiyligini ta’minlaydilar.
19. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi, uning hududiy boshqarmalari va markazlar davlat organlari va boshqa tashkilotlar faoliyati Reglament talablariga muvofiqligi yuzasidan, shu jumladan, YIDXP orqali doimiy nazorat va monitoring olib boradi.
20. Abituriyentlar davlat organlari va boshqa tashkilotlar xodimlari harakatlari ustidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilishlari mumkin.
21. Ushbu Reglamentni qo‘llash bilan bog‘liq nizolar qonunda belgilangan tartibda hal etiladi.
22. Ushbu Reglament talablarini buzganlikda aybdor shaxslar qonunda belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi.



************************************************************************************************************************
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining yuridik texnikumlariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamentiga
1-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining yuridik texnikumlariga o‘qishga qabul qilishni tashkil etish
SXEMASI


Bosqichlar


Subyektlar


Tadbirlar


Bajarish muddati










1-bosqich


Abituriyent


Yuridik texnikumga kirish hujjatlarini qabul qilish uchun abituriyent Davlat xizmatlari markaziga shaxsan keladi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali yoxud Davlat test markazi veb-saytida ro‘yxatdan o‘tadi.

1 — 20-avgust kunlari














2-bosqich


Davlat xizmatlari markazi


Davlat xizmatlari markazining xodimi ariza beruvchi nomidan,

10 daqiqa davomida


Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali

YIDXP yoki Davlat test markazi veb-sayti orqali murojaat qiling�n taqdirda, abituriyent elektron shaklda so‘rovnoma bo‘yicha ma’lumotni Davlat test markazida shakllantirilgan abituriyentning maxsus test ma’lumotlar bazasiga mustaqil ravishda kiritadi.



avtomatik ravishda










3-bosqich


Davlat test markazi


1. Abituriyentlarning ma’lumotlar bazasiga kiritilgan ma’lumotlarni qabul qiladi.

avtomatik ravishda hujjatlari qabul qilish muddati tugaganidan keyin




2. Abituriyentlardan hujjatlarni qabul qilish muddati tugagandan so‘ng test sinovlari jadvaliga muvofiq rasmiy veb-saytida test sinovlarining vaqti va joyi to‘g‘risida ma’lumot joylashtiriladi.







3. Abituriyentlar ma’lumotlar bazasiga kiritilgan ma’lumotlar asosida test sinovlarini o‘tkazadi.

30-avgustga qadar















4-bosqich


Abituriyent


Imtihonlardan muvaffaqiyatli o‘tgan taqdirda kerakli hujjatlarini asl nusxalarini tegishli yuridik texnikumlarga taqdim etadi

o‘quv yilining 2-sentabriga qadar







 

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining yuridik texnikumlariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamentiga
2-ILOVA



Izoh. Barcha ma’lumotlar abituriyent hujjatlarining asl nusxasidan to‘ldiriladi.
Abituriyent tomonidan topshirilgan hujjatlarning qalbakiligi yoki soxtaligi aniqlansa, u holda abituriyent test sinovlaridan (yuridik texnikumdan) chetlashtiriladi, taqdim etilgan hujjatlar belgilangan tartibda huquqni muhofaza qiluvchi organlarga tegishli chora ko‘rish uchun yuboriladi.


***********************************************************************************************************************
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining yuridik texnikumlariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamentiga
3-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining yuridik texnikumlariga o‘qishga kirish uchun imtiyozga ega bo‘lgan abituriyentlar toifasi hamda ularning reyestrini shakllantirish uchun mas’ul bo‘lgan vakolatli organlar
RO‘YXATI


T/r

Imtiyozlar turlari (toifalari)

Imtiyozlarni berish uchun mas’ul vakolatli organlar

1.

I guruh nogironligi bo‘lgan, shu jumladan ko‘zi ojiz abituriyentlar

Sog‘liqni saqlash vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

2.

“Mehribonlik uyi” va Bolalar shaharchasining bitiruvchilari

Sog‘liqni saqlash vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Qoraqalpogiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

3.

Kam ta’minlangan oilalar a’zolari

Uzbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi

4.

Toshkent davlat yuridik universiteti huzuridagi akademik litsey bitiruvchilari (o‘zlashtirish ko‘rsatkichining 56 va undan yuqori foiziga ega ekanligi haqidagi ma’lumotnoma)

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Toshkent davlat yuridik universiteti

5.

Chet tilini bilish darajasi to‘g‘risida davlat namunasidagi V1 va undan yuqori darajadagi malaka sertifikatga va xalqaro sertifikatga ega bo‘lgan abituriyentlar

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi


 
************************************************************************************************************************
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 30-oktabrdagi 677-son qaroriga
3-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar


1. Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 3-sentabrdagi 414-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1999-y., 9-son, 50-modda) bilan tasdiqlangan Budjet tashkilotlarini xarajatlarini moliyalashtirish (to‘lash) tartibining 15-bandiga quyidagi mazmundagi xatboshi qo‘shilsin:
“Toshkent davlat yuridik universiteti va O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining yuridik texnikumlarida asosiy vositalar va tovar-moddiy boyliklarni sotishdan tushgan mablag‘lar universitet va yuridik texnikumlarning rivojlantirish jamg‘armasi shaxsiy g‘azna hisobvaraqlarida 100 foiz qoladi va ular tomonidan mustaqil ravishda tasarruf qilinadi”.
2. Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 11-fevraldagi 40-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2009-y., 2-son, 11-modda) bilan tasdiqlangan Kasb-hunar kollejlari o‘quvchilari tomonidan korxonalar, muassasalar va tashkilotlarda ishlab chiqarish amaliyotini o‘tash tartibi to‘g‘risidagi nizomning 1-bandi ikkinchi xatboshisidagi “kollejlari” so‘zi “texnikumlari” so‘zi bilan almashtirilsin.
3. Vazirlar Mahkamasining “Davlat mulkini ijaraga berish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2009-yil 8-apreldagi 102-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2009-y., 4-son, 26-modda):
a) 3-bandda:
quyidagi mazmundagi beshinchi xatboshi qo‘shilsin:
“Toshkent davlat yuridik universiteti, yuridik texnikumlar va Toshkent davlat yuridik universiteti huzuridagi akademik litseyning mol-mulkini ijaraga berishdan kelib tushadigan mablag‘lar elektron savdo maydonchasi operatori to‘lovini chegirib tashlagan holda, to‘liq hajmda mazkur muassasalarning rivojlantirish jamg‘armalariga o‘tkaziladi”;
beshinchi — sakkizinchi xatboshilar tegishli ravishda oltinchi — to‘qqizinchi xatboshilar deb hisoblansin;
b) ilovaning 23-bandida:
quyidagi mazmundagi beshinchi xatboshi qo‘shilsin:
“Toshkent davlat yuridik universiteti, yuridik texnikumlar va Toshkent davlat yuridik universiteti huzuridagi akademik litseyning mol-mulkini ijaraga berishdan kelib tushadigan mablag‘lar elektron savdo maydonchasi operatori to‘lovini chegirib tashlagan holda, to‘liq hajmda mazkur muassasalarning rivojlantirish jamg‘armalariga o‘tkaziladi”;
beshinchi — o‘n ikkinchi xatboshilar tegishli ravishda oltinchi — o‘n uchinchi xatboshilar deb hisoblansin.
4. Vazirlar Mahkamasining “Muhammad al Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va Toshkent davlat yuridik universitetlarida o‘quv yuklamasining hajmlarini tasdiqlash to‘g‘risida” 2013-yil 23-dekabrdagi 337-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QHT, 2013-y., 52-son, 691-modda) kiritilayotgan o‘zgartirishlar rus tilidagi matnda berilgan.
5. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining qonun loyihalariga doir faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2016-yil 17-oktabrdagi 345-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2016-yil, 10-son, 90-modda):
a) 1-ilovada:
41-bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“41. Qonun loyihasining jamoatchilik muhokamasi seminarlar va davra suhbatlarini o‘tkazish, qonun loyihalari matnlarini va ularga tahliliy materiallarni O‘zbekiston Respublikasining Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali, organning rasmiy veb-saytida joylashtirish yo‘li bilan, shuningdek, boshqa usullar bilan fuqarolar, manfaatdor davlat organlari, shuningdek, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari va fuqarolik jamiyati boshqa institutlari, ilmiy, nodavlat notijorat va boshqa tashkilotlarning vakillari, olimlar va mutaxassislar, ekspertlar ishtirokida o‘tkaziladi”;
44-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“44. Qonun loyihasi ishlab chiquvchi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portaliga jamoatchilik muhokamasi o‘tkazilishi uchun belgilangan tartibda joylashtirilishi lozim”;
45-band o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin;
46-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“O‘zbekiston Respublikasining Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida joylashtiriladigan qonun loyihalarini jamoatchilik tomonidan muhokama qilish natijalari O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga (huquqiy ekspertiza uchun) va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga (ko‘rib chiqish uchun) kiritiladi, bunda, qoida tariqasida, kelib tushgan takliflarni ko‘rib chiqish natijalari ko‘rsatilishi majburiydir”;
47-banddan “jamoatchilik va (yoki)” so‘zlari chiqarib tashlansin;
b) 2-ilovada:
14-bandning o‘n birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“qonun loyihasi mutaxassislar muhokamasining o‘tkazilganligi va uning natijalari to‘g‘risidagi axborot”;
17-bandga quyidagi mazmundagi oltinchi xatboshi qo‘shilsin:
“O‘zbekiston Respublikasining Yagona interaktiv davlat xizmatlari portaliga jamoatchilik muhokamasi uchun joylashtirilgan qonun loyihasi bo‘yicha fuqarolar takliflarini (izohlari) ko‘rib chiqish yakuni bo‘yicha jadval”;
oltinchi — yettinchi xatboshilar tegishli ravishda yettinchi — sakkizinchi xatboshilar deb hisoblansin.
6. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Toshkent yuridik kollejida o‘quv-tarbiya jarayonini tashkil etish va uning mazmunini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 10-noyabrdagi 901-son qarori 14-bandi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
7. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi yuridik kollejlari bitiruvchilarini Toshkent davlat yuridik universitetining bakalavriatiga o‘qishga qabul qilish to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash to‘g‘risida” 2018-yil 24-iyuldagi 573-son qarorida:
a) nomidagi “kollejlari” va “Nizomni” so‘zlari tegishlicha “texnikumlari” va “nizomni” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 1-banddagi “2020/2021” va “kollejlari” so‘zlari tegishlicha “2021/2022” va “texnikumlari” so‘zlari bilan almashtirilsin;
v) 2 va 3-bandlardagi “kollejlari” so‘zi “texnikumlari” so‘zi bilan almashtirilsin;
g) ilovaning nomidagi, 1-bandning ikkinchi xatboshisidagi, 2-bandning ikkinchi va uchinchi xatboshisidagi “kollejlari” so‘zi “texnikumlari” so‘zi bilan almashtirilsin;
d) 5-bandda:
uchinchi xatboshidan “darajasida yurisprudensiya sohasidagi bilim va kasbiy ko‘nikmalarning mavjudligi)” so‘zlari chiqarib tashlansin;
beshinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“yurisprudensiya sohasidagi bilim va kasbiy ko‘nikmalarning mavjudligi (professional ta’limi darajasida yurisprudensiya sohasida o‘z fikrini bayon qilish va tahlil qilish ko‘nikmalarining mavjudligi)”;
e) 810 va 11-bandlardagi “kollejlar” so‘zi “texnikumlar” so‘zi bilan almashtirilsin;
j) 12 — 1416 — 19 va 69-bandlardagi “kollej” so‘zi “texnikum” so‘zi bilan almashtirilsin;
z) 15-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“15. Yo‘llanma berish masalasi ko‘rib chiqilayotganda, maxsus komissiya quyidagi asosiy minimal talablarni hisobga oladi:
a) yuridik texnikum bitiruvchisining umumiy o‘zlashtirish ko‘rsatkichi reyting natijalari bo‘yicha 71 va undan ortiq foizni tashkil qilishi kerak;
b) bitiruvchining chet tilini bilish darajasini tasdiqlovchi quyidagi milliy yoki xalqaro sertifikatga ega ekanligi:
ingliz tili uchun — milliy sertifikat yoki International English Language Testing System (IELTS 5,5 (bunda writing modulidan 5,5 ball), Test of English as a Foreign Language (TOEFL IBT 72), Cambridge Assessment English FCE va CAE xalqaro imtihon tizimlari bo‘yicha tilni bilish darajalari B2 va undan yuqori;
yapon tili uchun — milliy sertifikat yoki Japanese Language Proficiency Test (JLPT № 2) xalqaro imtihon tizimlari bo‘yicha tilni bilish darajalari B2 va undan yuqori;
nemis tili uchun — milliy sertifikat yoki Goethe-Zertifikat, Deutsches Sprachdiplom (DSD II) xalqaro imtihon tizimlari bo‘yicha tilni bilish darajalari B2 va undan yuqori;
fransuz tili uchun — milliy sertifikat yoki Diplôme d’Etudes en Langue Française (DELF), Test de Connaissance du Français (TCF4) xalqaro imtihon tizimlari bo‘yicha tilni bilish darajalari B2 va undan yuqori;
boshqa tillar uchun — milliy sertifikat yoki xalqaro imtihon tizimlari bo‘yicha tilni bilish darajalari B2 va undan yuqori;
v) yuridik texnikum bitiruvchisining yuridik texnikum ijtimoiy hayotidagi faol ishtiroki (ma’naviy-ma’rifiy va jamoat ishlari, loyihalar va tanlovlarda ishtirok etishi va boshqalar);
g) yuridik texnikum bitiruvchisining yuridik texnikumda o‘rnatilgan ichki tartib qoidalar, odob-axloq qoidalariga rioya etishi va namunali xulq-atvorga egaligi.
Mazkur bandda ko‘rsatilgan asosiy minimal talablarga tegishli masalalarni ko‘rib chiqishda, bitiruvchining yuridik texnikumdagi butun o‘qish davri hisobga olinadi.”;
i) 28-bandga quyidagi mazmundagi xatboshilari qo‘shilsin:
“Obyektiv sabablarga ko‘ra ushbu muddatlarda suhbat o‘tkazish imkoniyati bo‘lmasa, TDYU yakka tartibdagi suhbat o‘tkazish muddatini o‘zgartirishi mumkin. Bunda abituriyentlar belgilangan muddatdan kamida bir hafta oldin xabardor qilinadi.
Yakka tartibdagi suhbat komissiya qaroriga asosan onlayn tarzda Internet jahon axborot tarmog‘i orqali o‘tkazilishi mumkin”;
k) 37-band o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin;
l) 44-bandda “abituriyentlar” so‘zlaridan keyin “qabul komissiyasiga” so‘zlari qo‘shilsin;
m) quyidagi mazmundagi 471 va 472-bandlar qo‘shilsin:
“471. Yakka tartibdagi suhbat asosida o‘qishga qabul qilinmagan abituriyentlar ularning yozma murojaatiga binoan (15-sentabrgacha) qo‘shimcha ravishda TDYUga o‘qishning birinchi yili uchun belgilangan tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida TDYUning moddiy-texnik bazasi imkoniyatlaridan kelib chiqib, qabul qilinishi mumkin (1-oktabrgacha).
Bunda, tabaqalashtirilgan to‘lov kontrakt miqdori amalda o‘rnatilgan to‘lov-kontrakt miqdoriga nisbatan 2 barobar etib belgilanadi.
472. Tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida TDYU tomonidan qabul qilingan abituriyentlar uchun to‘lovlar, har yili shartnoma shartlarida belgilangan vaqtda, ammo TDYU tomonidan belgilangan muddatdan kechiktirmasdan amalga oshiriladi.
Abituriyentlarni o‘qishga qabul qilish TDYU rektorining buyrug‘i bilan jismoniy yoki yuridik shaxslar shartnomada ko‘rsatilgan pul miqdorini 10-oktabrdan kechiktirmay to‘lagandan keyin amalga oshiriladi.
Ushbu abituriyentlarga shartnoma tuzilgan kundan boshlab o‘quv mashg‘ulotlariga katnashishga ruxsat berish to‘g‘risida buyruq chiqariladi”;
n) 1-ilovaning nomi va sxema nomidagi, 2-ilovaning nomidagi, 4 — 6-ilovalar nomidagi “kollejlari” so‘zi “texnikumlari” so‘zi bilan almashtirilsin;
o) 3-ilova (Toshkent davlat yuridik universiteti bakalavriatiga maxsus uch yillik dastur bo‘yicha o‘qishga qabul qilish uchun yakka tartibdagi suhbatda abituriyentlar javobini baholash varaqasi)ning “Suhbat mezonlari” grafasi 4-pozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“yurisprudensiya sohasidagi bilim va kasbiy ko‘nikmalarning mavjudligi”.
8. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining yuridik kollejlarida o‘qishni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 23-oktabrdagi 858-son qarorida:
a) nomidagi “kollejlarida” so‘zi “texnikumlarida” so‘zi bilan almashtirilsin;
b) 1-bandda:
ikkinchi xatboshidagi “kollej” va “kollejlar” so‘zlari tegishli ravishda “texnikum” va “texnikumlar” so‘zlari bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshidagi “kollejlarning” so‘zi “texnikumlarning” so‘zi bilan almashtirilsin;
v) 2-band o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin;
g) 3-bandning birinchi xatboshisidagi “kollejlarning” so‘zi “texnikumlarning” so‘zi bilan almashtirilsin;
d) 4-bandda:
“a” kichik bandda:
birinchi xatboshidagi “kollejlarda” so‘zi “texnikumlarda” so‘zi bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshidagi “kollejlarni” so‘zi “texnikumlarni” so‘zi bilan almashtirilsin;
yettinchi xatboshidagi “kollejlar” so‘zi “texnikumlar” so‘zi bilan almashtirilsin;
“b” kichik bandda:
birinchi — uchinchi xatboshilardagi “kollejlar” so‘zi “texnikumlar” so‘zi bilan almashtirilsin;
to‘rtinchi xatboshidagi “kollejlarda” so‘zi “texnikumlarda” so‘zi bilan almashtirilsin;
e) 5-banddagi “kollejlarda” so‘zi “texnikumlarda” so‘zi bilan almashtirilsin;
j) 6-band o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin;
z) 7 — 9-bandlardagi “kollejlarga” so‘zi “texnikumlarga” so‘zi bilan almashtirilsin;
i) 10-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“10. Belgilansinki:
TDYUning yuridik texnikumlar va TDYU qoshidagi akademik litseyda o‘quv-metodik jarayonini muvofiqlashtirish bo‘yicha faoliyatni tashkil etadigan tarkibiy bo‘linmasi xodimlarining shtatdagi cheklangan soni Adliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan TDYU namunaviy shtatlari bilan aniqlanadi;
TDYU mazkur tarkibiy bo‘linmasi boshlig‘ining lavozim maoshi oliy ta’lim muassasasi dekanining bazaviy lavozim maoshiga, uning o‘rinbosari lavozim maoshi — oliy ta’lim muassasasi dekani o‘rinbosari bazaviy lavozim maoshiga tenglashtiriladi;
avtotransport vositalarini sotib olish va saqlash bilan bog‘liq xarajatlar yuridik texnikumlarning budjetdan tashqari mablag‘lari, budjetdan tashqari Adliya organlari va muassasalarini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hamda adliya organlari va muassasalarining budjetdan tashqari boshqa mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladi;
Yuridik texnikumlar va TDYU huzuridagi akademik litsey o‘quv-metodik jarayonini muvofiqlashtirish bo‘yicha faoliyatni tashkil etadigan TDYU tarkibiy bo‘linmasi shtat birliklarining soni ko‘paytirilishi bilan hamda mazkur tarkibiy bo‘linma boshlig‘ining lavozim maoshi oliy ta’lim muassasasi dekanining bazaviy lavozim maoshiga, uning o‘rinbosari lavozim maoshi — oliy ta’lim muassasasi dekani o‘rinbosari bazaviy lavozim maoshiga tenglashtirish bilan bog‘liq xarajatlar TDYU budjetdan tashqari mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladi.”;
k) 11 va 12-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“11. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlarida yuridik texnikumlarda kam ta’minlangan oilalar a’zolari bo‘lgan o‘quvchilar, “Mehribonlik uyi” va Bolalar shaharchasining bitiruvchilari, I guruh nogironligi bo‘lgan, shu jumladan ko‘zi ojiz shaxslar ta’lim olishi bilan bog‘liq xarajatlar uchun zarur mablag‘larni nazarda tutsin.
12. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga ta’lim xizmatlari sifatini oshirish maqsadida yuridik texnikumlaring boshqaruv, pedagog, o‘quv-yordamchi, texnik va xizmat ko‘rsatuvchi xodimlariga ustama haqlari va moddiy rag‘batlantirishning boshqa turlari miqdorlarini yuridik texnikumlarning to‘lov-kontraktdan kelib tushgan mablag‘lari (shu jumladan, tabaqalashtirilgan kontrakt) hisobidan hamda Adliya organlari va muassasalarini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari, adliya organlari va muassasalarining budjetdan tashqari boshqa mablag‘lari hisobidan mustaqil belgilash huquqi berilsin.
Yuridik texnikumlar xodimlariga har oylik ustamalarni belgilash mezonlari O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan o‘rnatiladi.”;
l) 13-banddagi “kollejlarda” so‘zi “kollejlarda va texnikumlarda” so‘zlari bilan almashtirilsin.
9. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 22-martdagi 242-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2019-yil, 3-son, 44-modda) bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining reglamentida:
a) 30-bandda:
quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi qo‘shilsin:
“O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida joylashtiriladigan normativ-huquqiy hujjatlarning loyihalarini jamoatchilik tomonidan muhokama qilish natijalari O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga (huquqiy ekspertiza uchun) va Vazirlar Mahkamasiga (ko‘rib chiqish uchun) kiritiladi, bunda, qoida tariqasida, kelib tushgan takliflarni ko‘rib chiqish natijalari ko‘rsatilishi majburiydir”;
ikkinchi xatboshi uchinchi xatboshi deb hisoblansin;
b) 38-bandda:
quyidagi mazmundagi o‘ninchi xatboshi qo‘shilsin:
“O‘zbekiston Respublikasining Yagona interaktiv davlat xizmatlari portaliga jamoatchilik muhokamasi uchun joylashtirilgan hujjat loyihasi bo‘yicha fuqarolar takliflarini (izohlari) ko‘rib chiqish yakuni bo‘yicha jadval”;
o‘ninchi-o‘n birinchi xatboshilar tegishlicha o‘n birinchi-o‘n ikkinchi xatboshilar deb hisoblansin;
o‘n ikkinchi xatboshidagi “uchinchi — to‘qqizinchi” so‘zlari “uchinchi — o‘ninchi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
v) 89-bandda:
quyidagi mazmundagi beshinchi xatboshi qo‘shilsin:
“O‘zbekiston Respublikasining Yagona interaktiv davlat xizmatlari portaliga jamoatchilik muhokamasi uchun joylashtirilgan qonun loyihasi bo‘yicha fuqarolar takliflarini (izohlari) ko‘rib chiqish yakuni bo‘yicha jadval”;
beshinchi — to‘qqizinchi xatboshilar tegishlicha oltinchi — o‘ninchi xatboshilar deb hisoblansin;
g) 3-ilovaning 7-bandi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
10. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 3-maydagi 392-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QHT, 2019-y., 20-son, 372-modda) bilan tasdiqlangan Maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar va maktabdan tashqari davlat ta’lim muassasalari pedagog kadrlarini attestatsiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 1-bandiga quyidagi mazmundagi xatboshi qo‘shilsin:
“Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining yuridik texnikumlari pedagog kadrlariga nisbatan tatbiq etilmaydi”.
11. Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 19-martdagi 171-son “Al-Xorazmiy nomidagi Xalqaro fizika va matematika maktab-internatini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori 5-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“5. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi hamda boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda:
2021-yil 1-yanvarga qadar xalqaro maktabning rahbar va boshqa kadrlarini attestatsiyadan o‘tkazsin hamda tanlov asosida xalqaro maktabni zamonaviy talablarga javob beradigan, yuksak malaka va yuqori professional tayyorgarlikka ega boshqaruv va boshqa kadrlar bilan to‘ldirishni ta’minlasin;
bir oy muddatda xalqaro maktabni rahbar va boshqa kadrlarini attestatsiyadan o‘tkazish hamda xodimlarni tanlov asosida xalqaro maktabga ishga qabul qilish tartibini ishlab chiqsin va tasdiqlasin”.