Yuridik texnikum direktori Temur Eshmetovning "Yangi yil" bayrami munosabati bilan texnikum jamoasiga va barcha yurtdoshlarimizga bayram tabrigi.

Xorazm viloyati adliya boshqarmasi boshlig'i o'rinbosari, yuridik texnikum direktori Temur Eshmetovning "Yangi yil" bayrami munosabati bilan texnikum jamoasiga va barcha yurtdoshlarimizga bayram tabrigi.
 Betakror diyorimizga yangi – 2022 yil kirib kelmoqda. Siz azizlarni, ushbu go‘zal ayyom bilan chin qalbimdan tabriklayman! Barchangizga sihat-salomatlik, tinchlik-xotirjamlik, baxtu saodat va farovonlik tilayman!
🪅 O‘tib borayotgan yil texnikumimizning hayotida muhim voqealar va yutuqlarga boy bo‘ldi. 2021 yil bitiruvchilarimizdan uch nafari Toshkent davlat yuridik universitetiga suhbat asosida 2-bosqichdan o‘qishini davom ettirish, 14 nafari Toshkent davlat yuridik universitetining qo‘shma ta’lim dasturi asosida Belorusiyaning Yanki Kupala nomidagi Grodno davlat universitetiga suhbat asosida 2-bosqichdan o‘qishini davom ettirish baxtiga erishdilar. Ko‘plab bitiruvchilarimiz mutaxassisligi asosida huquqni muhofaza qiluvchi organlarda va davlat tashkilotlarida ishlab kelmoqdalar. Texnikumning iqtidorli 6 nafar o‘quvchilari  Adliya vaziri stipendiyasi sohiblari bo‘lishdi. Texnikum pedagog, xodimlari va o‘quvchilari yil davomida Respublika va xalqaro jurnallarda 30 dan ortiq ilmiy maqolalar chiqarishdi, konferensiya va seminarlarda ishtirok etishdi. O‘quvchilarimiz nufuzli tanlovlarda, fan va sport musobaqalarida sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritishmoqda.

Qadrli texnikum jamoasi!

🎉 Biz kirib kelayotgan 2022 yilda ham yaxshi niyat va katta rejalar qo‘yganmiz va bunga siz azizlar bilan birga erishamiz. Yetuk va jahon talablariga mos yuridik kadrlarni tayyorlashga qaratilgan ulkan ishlarimizni qat’iy davom ettiramiz.

Aziz vatandoshlar!

🎊 Kirib kelayotgan 2022 yil ona diyorimizga fayzu baraka, yangi yutuq va zafarlar olib kelsin! Yangi yil barchamizga muborak bo‘lsin!

Temur Eshmetov, Xorazm viloyati adliya boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari-yuridik texnikum direktori

Xorazm viloyati Yuridik Texnikumi

Bog'lanish ma'lumotlari

O'zbekiston Respublikasi, Xorazm viloyati
Urganch tumani, Fayozov ko'chasi, 1-uy

+998 (62) 229-28-35
xoryuridiktexnikum@umail.uz

Dushanba – Juma / 9:00 – 18:00

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Talabalar uchun resurslar

Ommabop xabarlar

Huquqiy targ'ibot
Huquqiy targ'ibot
"IDROK" - INTELLEKTUAL O'YININING TEXNIKUM BOSQICHI!
Xorazm viloyati yuridik texnikumida "Kitob mening do‘stim” ko‘rik-tanlovining texnikum bosqichi bo'lib o'tdi