Mutaxassis bilan uchrashuv

 Xorazm viloyati yuridik texnikumida joriy yilning 17-mart kuni Sport yo'nalishi bo'yicha "Zulfiya" nomidagi davlat mukofoti sovrindori,  "Belbog'li kurash" bo'yicha xalqaro toifadagi sport ustasi U.Davletova tomonidan "Sport mening taqdirimda"  mavzusida texnikum o'quvchi-yoshlariga mahorat darsi o'tkazildi.

⚜️ Mahorat darsida U.Davletova o'quvchilarga sport sohasida qo'lga kiritgan yutuqlari va bu yutuqlarga erishish yo'lida qilgan mehnatlari haqida gapirib berish bilan birga sportga qiziquvchi iqtidorli o'quvchilarga zaruriy ko'rsatmalar berdi

⚡️Ushbu dars mazmunli va qiziqarli tarzda bo'lib o'tdi hamda o‘quvchilar o‘zlarining qiziqtirgan savollariga atroflicha javob olishdi.