Bir asrning ikki dahosi

Bir asrning ikki dahosi

Xorazm viloyati yuridik texnikumi Axborot resurs markazida 9 fevral kuni Alisher Navoiy hamda Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud ayyomlariga bag‘ishlangan “Bir asrning ikki dahosi” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbir texnikum ARM rahbari Matyaqubova Manzura tomonidan tayyorlandi. Tadbirda o‘zbek madaniyati va adabiyoti jahon ma’rifatparvarlari tasavvurida, eng avvalo, Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur singari ulug‘ siymolar timsolida gavdalanishi, ajdodlarimizning o‘lmas ijodi asrlar osha millionlab kitobxonlar qalbini zabt etib kelayotganligi haqida ma’lumotlar  keltirib o‘tildi.

Shuningdek, tadbirda texnikum o‘quvchilari tomonidan Navoiy va Bobur g‘azallari o‘qildi hamda sahna ko‘rinishlari namoyish etildi.