Xorazm viloyati yuridik texnikum bitiruvchilari diqqatiga!

⚜️Bitiruvchilarni Toshkent davlat yuridik universiteti bakalavriatiga test sinovlarisiz yakka tartibda suhbat o’tkazish orqali bakalavr tayyorlashning maxsus uch yillik dasturi bo’yicha o’qishga qabul qilish yuzasidan  hujjatlarni qabul qilish boshlandi.

🔰 Bitiruvchilar joriy yilning 10 may kunidan 25 may kuniga qadar (shu kuni ham) hududiy adliya organi Maxsus komissiyasiga (mas’ul kotib S.Quryozov) quyidagi hujjatlarni ilova qilgan holda ariza bilan murojaat qilishlari mumkin:

1.Texnikum bitiruvchisining umumiy o’zlashtirish ko’rsatkichi reyting natijalari.

2.Bitiruvchining chet tilini bilish darajasini tasdiqlovchi sertifkat.

3.Bitiruvchining texnikum ijtimoiy hayotidagi faol ishtiroki (ma’naviy-ma’rifiy va jamoat ishlari, loyihalar va tanlovlarda ishtirok etishi va boshqalar) tog’risidagi hujjatlar.

4.Bitiruvchining texnikumda o’rnatilgan ichki tartib qoidalar, odob-axloq qoidalariga rioya etishi bo'yicha tavsifnoma.