DIQQAT E'lon! Tanlov asosida ishga taklif qqlamiz.

Xorazm viloyat yuridik texnikumidagi bo‘sh ish o‘rinlar haqida

M A ‘ L U M O T

02.08.2021 yil

T/r

Tarkibiy bo‘linma nomi

Vakant lavozim

Vakant bo‘lgan lavozim shtat birligi

Vakant joyga ishga kirish uchun hujjat topshiradigan fuqarolarga quyiladigan umumiy talablar

Oylik maosh 

 

1.       

Yoshlar bilan ishlash bo‘limi

Uslubchi

1

oliy yoki professional ma’lumotga ega bo‘lish;
namunaviy, shaxsiy fazilatlarga-intellekt, madaniyatli, etakchilik, ijodiy qobiliyatlar, xushmuomalalik, tashkilotchilik, tashabbuskorlik qobiliyatlariga ega bo‘lish, mas’uliyat hissi, mustaqil qaror qabul qilish va ish tutish, qat’iy harakat qilish, muassasa strategik maqsadlariga erishishni ta’minlash xususiyatlariga ega bo‘lish;
tegishli bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lish;
axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishni bilish

948 324 so‘m

2.       

Professor-o‘qituvchilar

Katta o‘qituvchi

2

pedagogik faoliyatida zarur bo‘lgan kasbiy va tashkilotchilik qobiliyatlariga, ta’lim sohasida ish tajribasi va stajiga, faoliyat turi va vakolatlari doirasida tegishli bilim va ko‘nikmalarga ega;
oliy (yuridik, milliy istiqlol g‘oyasi va huquq) ma’lumotga ega bo‘lishi;
namunaviy shaxsiy fazilatlarga-intellekt, madaniyatli, ijodiy qobiliyatlar, xushmuomalalik va tashabbuskorlik qobiliyatlariga ega bo‘lish, mas’uliyat hissi, mustaqil qaror qabul qilish va ish tutish, qat’iy harakat qilish xususiyatlariga ega bo‘lishi zarur. Rus tilini bilishi ustunlik beradi.

1 990 858 so‘m

3.       

Professor-o‘qituvchilar

Oliy ma’lumotli  o‘qituvchi

5 (O‘zbek guruhlarga dar o‘tadigan)

2 (Rus guruhlarga dars o‘tadigan)

pedagogik faoliyatida zarur bo‘lgan kasbiy va tashkilotchilik qobiliyatlariga, ta’lim sohasida ish tajribasi va stajiga, faoliyat turi va vakolatlari doirasida tegishli bilim va ko‘nikmalarga ega;
oliy (yuridik, milliy istiqlol g‘oyasi va huquq) ma’lumotga ega bo‘lishi;
namunaviy shaxsiy fazilatlarga-intellekt, madaniyatli, ijodiy qobiliyatlar, xushmuomalalik va tashabbuskorlik qobiliyatlariga ega bo‘lish, mas’uliyat hissi, mustaqil qaror qabul qilish va ish tutish, qat’iy harakat qilish xususiyatlariga ega bo‘lishi zarur. Rus tilini bilishi ustunlik beradi.

1 858 821 so‘m

 
 
Ish sharoiti:
- Adliya organlari xodimlariga beriladigan maxsus unvon – martaba daraja (chin)lariga tavsiya etish;
- Lavozim maoshlariga ustama va qo‘shimcha haq (martaba darajalari uchun 20-50 % gacha, uzoq muddat xizmat ko‘rsatganligi uchun 5-40 % gacha) mavjudligi;
- Mehnatni moddiy rag‘batlantirish tizimining mavjudligi (o‘qituvchilarga lavozim maoshiga 200 % gacha ustama haq, xodimlarga lavozim maoshiga 200 % gacha ustama haq);
Ish haqi hajmi mehnat shartnomasi bilan belgilanadi.
Xodimlikka nomzodlar: tanlov uchun ariza shaxsiy ma’lumotnoma (ob’ektivka), diplom nusxasi, pasport nusxasini e-mail:  xoryuridiktexnikum@umail.uz  elektron pochtasiga taqdim etishlari lozim.
Tanlov Xorazm viloyati adliya boshqarmasi binosida bo‘lib o‘tadi. Tanlov kuni va vaqti xabarnoma orqali bildiriladi.
Ariza va tegishli hujjatlar 2021 yil 17 avgust kuni soat 17:00 ga qadar qabul qilinadi.
Ma’lumotnomada nomzodning  yashash manzili, mobil telefon raqamlari va elektron pochta manzili to‘g‘risidagi ma’lumotlar ham ko‘rsatilishi kerak. Batafsil ma’lumot: +99862-22-9-40-44
Tanlov tartibi buzilgan taqdirda yoki korrupsiya holatlari yuz berganda bu haqda Adliya vazirligining “1008” ishonch telefoniga, @antikorbot telegram kanaliga murojaat qilishingiz mumkin.
 
Saralash jarayoni quyidagi bosqichlarda o‘tkaziladi:
1. Hujjatlar qabuli;
2. Arizalar va hujjatlarni o‘rganish;
3. Test sinovlarini o‘tkazish;
4. Suhbat.
 

Xorazm viloyati Yuridik Texnikumi

Bog'lanish ma'lumotlari

O'zbekiston Respublikasi, Xorazm viloyati
Urganch tumani, Fayozov ko'chasi, 1-uy

+998 (62) 229-28-35
xoryuridiktexnikum@umail.uz

Dushanba – Juma / 9:00 – 18:00

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Talabalar uchun resurslar

Ommabop xabarlar

Huquqiy targ'ibot
Xorazm viloyati yuridik texnikumida "Kitob mening do‘stim” ko‘rik-tanlovining texnikum bosqichi bo'lib o'tdi
Huquqiy targ'ibot
"IDROK" - INTELLEKTUAL O'YININING TEXNIKUM BOSQICHI!