qoʻshma ta’lim dasturlari abituriyentlari diqqatiga!

Hurmatli V.F.Yakovlev nomidagi Ural davlat yuridik universiteti va N.I.Lobachevskiy nomidagi Nijniy Novgorod Milliy tadqiqot davlat universiteti (Rossiya Federatsiyasi) bilan tuzilgan qoʻshma ta’lim dasturlari abituriyentlari diqqatiga!

📆 Kirish sinovlarining ikkinchi bosqichi doirasidagi “Rus tili” fanidan test sinovlari 2022-yil 30-avgust kuni soat 15:00 da Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi binosida boʻlib oʻtadi. Manzil: Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Bogʻishamol koʻchasi, 12-uy (https://goo.gl/maps/NRdueVUo38KTJn7P9).

❗️ Abituriyentlar test sinovlarini oʻtkazish joyiga 2022-yil 30-avgust kuni ertalab soat 14:00 ga qadar yetib kelishlari shart. Abituriyentlar test sinovlariga, albatta, oʻzlariga tegishli pasport yoki ID-kartaning asl nusxasi bilan kelishlari lozim. Pasport yoki ID-kartani taqdim etmagan yoki oʻz vaqtida yetib kelmagan abituriyentlar test sinovlarga qoʻyilmaydi.

‼️Mobil telefon va qimmatbaho buyumlarni olib kelmang, ular binoga kiritilmaydi.