"Ona tilim o'lmaydi" insholar tanlovida ishtirok eting!

 "Ona tilim o'lmaydi" insholar tanlovida ishtirok eting!

🇺🇿 Xorazm viloyati yuridik texnikumi "O’zbek tili bayrami" munosabati bilan, yoshlarimizni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash va ularning fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish maqsadida texnikum o’quvchilari o’rtasida “Ona tilim o'lmaydi” mavzusidagi insholar tanlovini e’lon qiladi. 

✍🏻 Tanlov shartlari:
🔹 Insho rejasining mukammalligi;
🔹 Inshoning mazmuni;
🔹 Husnixat va to'g'ri yozish qoidalariga amal qilish.

📚 Tanlov 14-oktyabr kuni soat 14:20 da  texnikum ARM zalida bo'lib o'tadi. 

👩🏻‍🏫 Tanlovda ishtirok etish uchun ARM rahbari Matyoqubova Manzuraga uchrashing.

🏆 G'oliblar 21-oktyabr kuni bayram tadbirida texnikum tomonidan taqdirlanadi.