Xorazm viloyati yuridik texnikumi "Eng iqtidorli o‘quvchi" tanlovining texnikum bosqichini e’lon qiladi

Xorazm viloyati yuridik texnikumi "Eng iqtidorli o‘quvchi" tanlovining texnikum bosqichini e’lon qiladi 

🧑‍🎓👩‍🎓 Tanlovda texnikumning bitiruvchi kurs (2-bosqich) o‘quvchilari ishtirok etishi mumkin.

📂 Ishtirok etish istagida bo‘lgan o‘quvchilar hujjatlar to‘plamini 1-noyabrdan 11-noyabr kuni soat 17:00 ga qadar texnikum dekaniga taqdim qilishi bildiriladi. 

🏆 Tanlov ishirokchilari natijalarga ko‘ra g‘oliblar (1, 2, 3-o‘rinlar) aniqlanadi va texnikum faxriy yorlig‘i hamda pul mukofoti bilan taqdirlanadi.

🥇 Texnikum bosqichida 1-o‘rinni egallagan ishtirokchi tanlovning respublika bosqichida qatnashadi.

🔰 "Eng iqtidorli o‘quvchi" tanlovi to‘g‘risidagi nizom bilan yaqindan tanishish uchun guruh rahbaringiz yoki dekanga murojaat qilishingiz mumkin.