Mamlakatimizda mulkiy huquqlarning ishonchli himoyasini yaratish bo’yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar

Mamlakatimizda mulkiy huquqlarning ishonchli himoyasini yaratish bo’yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar

 

D.Ochilov - Urganch tumanlararo ma’muriy sudining raisi

 

Davlat har bir sohada o‘z faoliyatini olib borar ekan, mavjud tizimni tartibga solish va takomillashtirish uchun huquqni qo‘llashda muhim hisoblangan normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilish orqali amalga oshiradi. Davlat boshqaruvi hamda jamiyat hayotida qabul qilinayotgan qonunlarning o‘rni juda ahamiyatlidir. Har bir soha bir-biriga bog‘liq bo‘lganligi sababli, bir sohada amalga oshirilgan islohotlar boshqa sohaga albatta ta’sir etadi. Buni biz yurtimizda so‘nggi yillarda amalga oshirilayotgan yangiliklar misolida ham ko‘rishimiz mumkin.              

So‘nggi yillarda mamlakatimizda mulkiy huquqlarning ishonchli himoyasini yaratishga qaratilgan keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 22-avgust kuni o‘tkazilgan tadbirkorlar bilan ochiq muloqoti doirasida belgilangan mulkiy huquqlarning ishonchli himoyasini yaratish, ushbu huquqlarni cheklayotgan omillarni bartaraf etish bo‘yicha vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida, shuningdek, 2022/2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mulk huquqining daxlsizligini ishonchli himoya qilishmulkiy munosabatlarga asossiz aralashuvga yo‘l qo‘ymaslikxususiy mulkning kapitallashuv darajasini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 198-sonli Farmoni qabul qilindi.

Mazkur Farmonga ko‘ra, xususiy mulkka egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish huquqini bevosita yoki bilvosita cheklashni nazarda tutuvchi, mulkiy munosabatlarda bozor iqtisodiyoti tamoyillarini to‘liq joriy etishga to‘sqinlik qiluvchi quyidagi tartiblar, talablar va cheklovlar 2022-yil 1-sentabrdan boshlab quyidagilar bekor qilindi: 

a) yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlardan foydalanish sohasida:

yer uchastkalariga bo‘lgan huquqning vujudga kelishi uchun asos bo‘lgan hujjatlarni, shu jumladan Vazirlar Mahkamasi, mahalliy davlat hokimiyati organlarining hujjatlarini ularning o‘zi yoki yuqori turuvchi organ va mansabdor shaxslar tomonidan, xususan prokuror protesti asosida bekor qilish yo‘li bilan yer uchastkasiga bo‘lgan huquqni tugatish, bundan ushbu hujjatlarni sud tomonidan bekor qilish yoki haqiqiy emas deb topish holatlari mustasno;

yer uchastkasidan ixtiyoriy voz kechilganda unga bo‘lgan huquqning bekor qilinishini Vazirlar Mahkamasi, mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarori bilan rasmiylashtirish. Bunda, yer uchastkasidan ixtiyoriy voz kechish to‘g‘risida notarial tasdiqlangan ariza ushbu yer uchastkasiga bo‘lgan huquqlarni bekor qilish uchun asos bo‘lib hisoblanadi;

yuridik shaxs tugatilishi munosabati bilan uning yer uchastkasiga (qishloq xo‘jaligi yerlaridan tashqari) bo‘lgan huquqlarini bekor qilish. Bunda, ushbu huquqlar yuridik shaxs muassislariga (ishtirokchilarga), agar qonunchilikda, ta’sis hujjatlarida yoki muassislar o‘rtasidagi kelishuvga muvofiq boshqacha shartlar nazarda tutilmagan bo‘lsa, ularning yuridik shaxsdagi ulushiga (qo‘shilgan hissasiga) mutanosib ravishda o‘tkaziladi;

yer uchastkalarini jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yishda kompensatsiya sifatida davlat mulkidagi boshqa ko‘chmas mulk ob’ektini mulk qilib berish, bundan ko‘p kvartirali uylarda joylashgan turar joy ob’ektlari mustasno;

b) turar joyga bo‘lgan mulkiy huquqlarni amalga oshirish sohasida:

turar joyga nisbatan mulkiy huquqlarga yoki turar joy mulkdori bilan qarindoshlik aloqalariga ega bo‘lmagan shaxslarni ushbu turar joydan doimiy ro‘yxatdan chiqarish uchun ularning roziligini olish, bundan taraflar o‘rtasida boshqacha kelishuv tuzilgan holatlar mustasno;

sud tomonidan turar joyga nisbatan insofli egallovchi deb topilgan jismoniy shaxsdan ushbu turar joyni unga nisbatan mulk huquqi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan paytdan boshlab uch yil o‘tgach natura shaklida talab qilib olish;

v) jismoniy va yuridik shaxslarga mulk huquqi bilan tegishli bo‘lgan bino va inshootlar, transport vositalaridan foydalanish sohasida — mulkiy huquqlarning vujudga kelishi uchun asos bo‘lgan ma’muriy hujjatlarni ushbu hujjatni qabul qilgan yoki yuqori turuvchi ma’muriy organ va mansabdor shaxslar tomonidan, xususan prokuror protesti asosida bekor qilish yo‘li bilan huquqlarni tugatish, bundan ushbu hujjatlarni sud tomonidan bekor qilish yoki haqiqiy emas deb topish holatlari mustasno;

g) korporativ munosabatlar sohasida:

davlat organlari davlat ishtirokidagi mol-mulkini tasarruf etish bo'yicha normativ-huquqiy hujjatlar yoki boshqa ko'rinishdagi hujjatlar qabul qilish amaliyoti. Bunda, xo'jalik jamiyatining ustav fondidagi (kapitalidagi) davlat ulushiga (aksiyalariga) egalik davlat organlari ulushdor (aksiyador) sifatida qarorlar qabul qilish (aktsiyador) yuqori turuvchi davlat organi bilan yozma ravishda kelishib olishi mumkin;

yuridik xodimlarning ustav fondidagi (kapitalidagi) garovga qo'yilgan ulushlarni (qo'shilgan qismlarni) garovga oluvchining roziligisiz ta'mirlash amaliyoti. Bunda, ushbu rozilik olinmaganligi'sis hujjatlariga' o'rnatilgan boshqaruvlarni davlat ro'yxatidan o'tkazishni rad etish uchun asos bo'lib qoladi, bundanda qonun nuqtai nazaridan tutilgan hollar mustasno.

2023-yil 1-yanvardan o'rnatish kadastr va ko'chmas mulklarni ro'yxatdan o'tkazish integratsiya axborot tizimi (keyingi o'rinlarda — UZKAD tizimi) ko'chmas mulk ob'ektlariga bo'lgan huquqlarning davlat reestri hamda ko'chmas mulk ob'ektlari 'tarmoqlar haqidagi ma'lumotlar yuritiladigan, ma'lumotlarning haqiqiyligi va ishonchliligi davlat tomonidan kafolatlangan yagona axborot tizimi  belgilangan

Xulosa o'rnida shuni aytish kerakki, har qanday normativ-huquqiy hujjat qabul qilinar ekan, ular avvalo, jamiyat va davlat manfaatlari, xalq farovonligi va eng muhimi yurt ravnaqi uchun xizmat qilmog'i darkor. Biz davlatimiz davlat hayotida amalga oshirilgan qurilishga befarq bo'lmagan holda o'z faolligimizni namoyon qilamiz, huquqiy madaniyatimizni saqlashimiz zarurdir. Buning uchun qonunchilikda amalga oshirilayotgan ishlar, yangiliklar eng birinchilardan bo'lib ehtiyot bo'lishimiz va o'zgalarga ham yetkazmog'imiz kerak. Zero, xalqining ma'naviyatli va huquqiy ongi kuchli bo'lgan davlat qudratli bo'ladi. Buning uchun, o'z huquq va burchlarini anglagan har qanday o'ngli inson huquqqa xilof harakat qilish bu g'ayriqonuniyligini,

Xorazm viloyati Yuridik Texnikumi

Bog'lanish ma'lumotlari

O'zbekiston Respublikasi, Xorazm viloyati
Urganch tumani, Fayozov ko'chasi, 1-uy

+998 (62) 229-28-35
xoryuridiktexnikum@umail.uz

Dushanba – Juma / 9:00 – 18:00

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Talabalar uchun resurslar

Ommabop xabarlar

Huquqiy targ'ibot
Xorazm viloyati yuridik texnikumida "Kitob mening do‘stim” ko‘rik-tanlovining texnikum bosqichi bo'lib o'tdi
Huquqiy targ'ibot
"IDROK" - INTELLEKTUAL O'YININING TEXNIKUM BOSQICHI!