Yuridik texnikumlarda oʻqish uchun Sizda yana imkoniyat bor

uridik texnikumlarda oʻqish uchun Sizda yana imkoniyat bor

📝 Qonuchilikka koʻra, quyidagi abituriyentlar Adliya vazirligining yuridik texnikumlariga kirish imtihonlarisiz, qabul parametrlaridan tashqari toʻlov-kontrakt asosida qabul qilinadi:

 (https://lex.uz/docs/-5075894#-5078079)🔸Toshkent davlat yuridik universiteti huzuridagi akademik litseyni tamomlagan, oʻzlashtirish koʻrsatkichi 56 va undan yuqori foizlik natijaga ega bitiruvchilar;

🔸joriy yilda oʻqishga kirish uchun respublika OTMning “yurisprudensiya” taʼlim yoʻnalishi boʻyicha test sinovlarida ishtirok etib, oʻqishga tavsiya etilmagan, biroq yuridik texnikumlardagi test sinovlarida oʻtish balini toʻplagan abituriyentlar;

🔸chet tilini bilish darajasini tasdiqlovchi B2 va undan yuqori darajadagi davlat malaka sertifikatiga yoki xalqaro sertifikatlarga ega abituriyentlar. 

❕Ushbu toifadagi abituriyentlar joriy yil 25-sentyabrga qadar (shu kuni ham) toʻlov-kontrakt asosida oʻqishga kirish uchun ariza bilan yuridik texnikumga murojaat qilishlari mumkin.

Yuridik texnikumda oʻqish afzalliklari haqida batafsil bu yerda (https://t.me/Adliya_yuridik_texnikum/13194) tanishing.