Umummilliy Konstitutsiya imtihoni o'tkaziladi

 Umummilliy Konstitutsiya imtihoni o'tkaziladi

O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 31 yilligi munosabati bilan Adliya vazirligi tomonidan Umummilliy Konstitutsiya imtihoni o'tkaziladi.  (https://telegra.ph/Umummilliy-Konstitutsiya-imtihoni-11-10)

✅ Imtihonda barcha ishtirok etishi mumkin.

📝 Tanlovda ishtirok etish uchun 8-dekabr.adliya.uz saytida ro'yxatdan o'tiladi (15-noyabrdan 25-noyabr 23:59 gacha).

🔰 Tanlov quyidagi 2 bosqichda 3 ta toifa uchun alohida tashkil etiladi:

1️⃣-bosqich – test sinovlari:
 
▫️ umumta'lim maktab, akademik litsey va texnikum o'quvchilari uchun – 27-noyabr soat 9:00 dan 14:00 gacha;
▫️ huquqshunoslar va oliy ta'lim muassasalarida huquqshunoslik mutaxassisligi bo'yicha o'qiyotgan talabalar uchun – 28-noyabr soat 9:00 dan 14:00 gacha;
▫️ boshqa barcha fuqarolar uchun – 29-noyabr soat 9:00 dan 14:00 gacha;

2️⃣-bosqich – suhbat.

➡️ Test sinovida 8-dekabr.adliya.uz sayti orqali onlayn tarzda ishtirok etiladi. 

☑️ Test sinovi yangi Konstitutsiya asosida tuzilgan 20 ta test savoli va 1 ta ijodiy savoldan iborat. Test savollariga eng qisqa muddatda to'g'ri javob bergan ishtirokchilar orasidan 30 nafari tanlab olinib, ularning ijodiy savolga javoblari ko'rib chiqiladi. 

❕Baholash natijasiga ko'ra, eng yuqori ball to'plagan 10 nafar ishtirokchi keyingi bosqichga o'tadi.

⏩ Ikkinchi bosqich (suhbat) 8-dekabr – Konstitutsiya bayrami arafasida tashkil etiladi.

🖥 Suhbat jarayonlari onlayn translyatsiya qilinadi. 

🎁 G'oliblar diplom va qimmatbaho sovg'alar bilan taqdirlanadi. (https://telegra.ph/Umummillij-Konstituciya-imti%D2%B3oni-11-06)

⚠️ Tanlovda faqat bitta akkauntdan ishtirok etishga ruxsat etiladi. 

❗️Ishtirokchi keyingi bosqichga o'tish vaqtida turli akkauntlardan qatnashgan holatlar aniqlangan taqdirda, natijasidan qat'i nazar, imtihondan chetlashtiriladi.

Xorazm viloyati Yuridik Texnikumi

Bog'lanish ma'lumotlari

O'zbekiston Respublikasi, Xorazm viloyati
Urganch tumani, Fayozov ko'chasi, 1-uy

+998 (62) 229-28-35
xoryuridiktexnikum@umail.uz

Dushanba – Juma / 9:00 – 18:00

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Talabalar uchun resurslar

Ommabop xabarlar

Xorazm viloyat yuridik texnikumi tomonid an 2024-yil l-chorak yakuni
Xorazm viloyati yuridik texnikumida bir qancha o‘quvchi va ustozlar taqdirlandi.
Xorazm viloyat yuridik texnikumi tomonid an 2024-yil l-chorak yakuni
Xorazm viloyati yuridik texnikumi  o'quvchilari uchun navbatdagi mahorat darsi o'tkazildi.