“Bir million dasturchi” loyihasi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 11-sentabrdagi ““O‘zbekiston – 2030” strategiyasini 2023-yilda sifatli va o‘z vaqtida amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ–300-son qarorining 1-ilovasi 54-bandida “Bir million dasturchi” loyihasini kengaytirish orqali eng iqtidorli yoshlarni tanlab olib, xalqaro nufuzli kompaniyalar talablariga mos dasturlar asosida xalqaro IT bozoriga tayyorlash vazifasi belgilangan.
Mazkur topshiriq ijrosini ta’minlash maqsadida Raqamli texnologiyalar vazirligi tomonidan yoshlarga “Bir million dasturchi” loyihasining https://uzbekcoders.uz platformasi orqali AQShning “Coursera” kompaniyasining onlayn ta’lim resurslaridan foydalanish imkoniyati yaratilgan.
Ushbu loyiha doirasida 2023-2025-yillarda 1,2 mln. nafar yoshlar 8 ta yo‘nalishdagi onlayn kurslardan bepul o‘qitish rejalashtirilgan hamda IT-Park tomonidan barcha kontentlardan foydalanish imkoniyatini beruvchi jami 10 ming dona litsenziya sotib olish rejalashtirilgan.
Ma’lumot uchun: Coursera sertifikatlari butun dunyoda tan olingan bo‘lib, yoshlarga yuqori oylik to‘lanadigan ishga joylashishlariga hamda qo‘shimcha daromad topishlariga imkoniyat yaratadi.
Shuningdek, Vazirlar Mahkamasining “Xalqaro IT-sertifikatlarga ega yosh mutaxassislarni qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 19-maydagi 310-son qarori bilan yoshlarning xalqaro IT-sertifikatlarini olish xarajatlarining 50 foizgacha bo‘lgan qismini qoplab berish tartibi joriy etilganhamda “Xalqaro IT- sertifikatlar ro‘yxati” tasdiqlangan (ro‘yxat ilova qilinadi).
Ma’lumot uchun: tasdiqlangan xalqaro tan olingan va talab yuqori bo‘lgan 230 ta IT- sertifikatdan 40 tasi “Coursera” dasturlari hisoblanadi.
Oliy ta’lim muassasalari rektorlari va filiallar direktorlariga O‘rta maxsus va professional ta’lim muassasalari direktorlariga Nazorat uchun: Qoraqalpog‘iston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hududiy boshqarma boshliqlariga
Ushbu tartibga muvofiq, xalqaro IT-sertifikatlarga ega yoshlarning o‘qishi hamda ularning xalqaro IT-sertifikatlarni olishi uchun sarf qilgan xarajatlarining 50 foizgacha bo‘lgan qismi qoplab berish yo‘lga qo‘yilgan.
Ma’lumot uchun: hozirgi kunga qadar xalqaro IT-sertifikatini olish uchun qatnashgan jami yoshlar soni 3276 nafar bo‘lib, shundan 1165 nafar yoshlarning xalqaro IT-sertifikatlarini olish uchun sarf qilgan xarajatlari qoplab berilgan.

Xorazm viloyati Yuridik Texnikumi

Bog'lanish ma'lumotlari

O'zbekiston Respublikasi, Xorazm viloyati
Urganch tumani, Fayozov ko'chasi, 1-uy

+998 (62) 229-28-35
xoryuridiktexnikum@umail.uz

Dushanba – Juma / 9:00 – 18:00

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Talabalar uchun resurslar

Ommabop xabarlar

Huquqiy targ'ibot
Xorazm viloyati yuridik texnikumida "Kitob mening do‘stim” ko‘rik-tanlovining texnikum bosqichi bo'lib o'tdi
Huquqiy targ'ibot
"IDROK" - INTELLEKTUAL O'YININING TEXNIKUM BOSQICHI!