Ta’lim bu kelajak, uni belgilash esa Konstitutsiya darajasida

Ta’lim bu-kelajak va ta’lim olish shaxsni barkamollikka yetaklaydi, kelajak va shaxs barkamolligi jamiyatning rivojini belgilab beradi.
Shu bois, yoshlarga sifatli ta’lim berish, kasb-hunarga o‘qitish va bandligini ta’minlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Yangi tahrirdagi Konstitutsiyamizning 50-52-moddalarida ham ta’lim bo‘yicha bir qator kafolatlar belgilangan va ushbu 9 muhim kafolatni quyida keltirib o‘tamiz:
  1. Har kim ta’lim olish huquqiga ega.
  2. Davlat uzluksiz ta’lim tizimi, uning har xil turlari va shakllari, davlat va nodavlat ta’lim tashkilotlari rivojlanishini ta’minlaydi.
  3. Davlat maktabgacha ta’lim va tarbiyani rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratadi.
  4. Davlat bepul umumiy o‘rta ta’lim va boshlang‘ich professional ta’lim olishni kafolatlaydi.
  5. Maktabgacha ta’lim va tarbiya, umumiy o‘rta ta’lim davlat nazoratidadir.
  6. Alohida ta’lim ehtiyojlariga ega bo‘lgan bolalar uchun inklyuziv ta’lim va tarbiya ta’minlanadi.
  7. Fuqarolar davlat ta’lim tashkilotlarida tanlov asosida davlat hisobidan oliy ma’lumot olishga haqli.
  8. Oliy ta’lim tashkilotlari akademik erkinlik, o‘zini o‘zi boshqarish, tadqiqotlar o‘tkazish va o‘qitish erkinligi huquqiga ega.
  9. Davlat o‘qituvchilarning sha’ni va qadr-qimmatini himoya qilish, ularning ijtimoiy va moddiy farovonligi, kasbiy jihatdan o‘sishi to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qiladi.
Yuqorida keltirilgan kafolatlar, davlat tomonidan ta’limning har bir bosqichida kafolat taqdim etmoqda.
 
 
Boyquvatov Orif Sodiqovich
Adliya vazirligi mas’ul xodimi

Xorazm viloyati Yuridik Texnikumi

Bog'lanish ma'lumotlari

O'zbekiston Respublikasi, Xorazm viloyati
Urganch tumani, Fayozov ko'chasi, 1-uy

+998 (62) 229-28-35
xoryuridiktexnikum@umail.uz

Dushanba – Juma / 9:00 – 18:00

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Talabalar uchun resurslar

Ommabop xabarlar

Huquqiy targ'ibot
Xorazm viloyati yuridik texnikumida "Kitob mening do‘stim” ko‘rik-tanlovining texnikum bosqichi bo'lib o'tdi
Huquqiy targ'ibot
"IDROK" - INTELLEKTUAL O'YININING TEXNIKUM BOSQICHI!