Tadbirkorlik huquqlarini himoya qilish bilan bog‘liq qonun va qonun osti hujjatlarini mazmun-mohiyatini o‘rganish

Tadbirkorlik huquqlarini himoya qilish bilan bog‘liq qonun va qonun osti hujjatlarini mazmun-mohiyatini o‘rganish
 
            So‘ngi besh yil davomida mamlakatimizda tadbirkorlikni rivojlantirish, tadbirkorlarga keng imkoniyatlar yaratish borasida bir qator chora-tadbirlar belgilandi. Bu esa mamlakatimizda tadbirkorlik muhiti shakllanishi hamda chet eldan ko‘plab investorlarning mamlakatimizga tashrif buyurib, investitsiya kiritishiga zamin yaratmoqda. 
Tadbirkorlik faoliyatini samarali yo‘lga qo‘yish maqsadida ko‘plab amaliy chora-tadbirlar amalga oshirib kelinmoqda. Shunday chora-tadbirlardan biri – O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 15 sentabrdagi “Tadbirkorlik sub’ektlari uchun ma’muriy
 va soliq yukini yanada kamaytirish, biznesning qonuniy manfaalarini hmoya qilish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘isida”gi PF-6314-sonli Farmoni hisoblanadi. Aytish joizki, mazkur Farmon O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil avgust oyida tadbirkorlar bilan uchrashuvidan so‘ng, ularning o‘z faoliyatlarida duch kelayotgan to‘siqlarni inobatga olib, har tomonlama puxta va uzoqni o‘ylagan holda qabul qilindi.
Jumladan mazkur Farmon bilan tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatining jadal rivojlanishini ta’minlash, davlat nazoratini takomillashtirish va “Soliqchi — ko‘makchi” tizimi orqali ularga nisbatan ma’muriy va soliq yukini kamaytirish, shuningdek, tadbirkorlarning muammo va takliflarini bevosita o‘rganish, tadbirkorlikni kelgusida rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlarini belgilab olish bo‘yicha 2021 yil 20 avgust kuni o‘tkazilgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan ochiq muloqoti doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida 2021 yil 1 oktabrdan boshlab qat’iy belgilangan miqdordagi jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i to‘lovchisi bo‘lgan yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan soliq organlariga soliq hisobotini topshirish majburiyati, alohida tayyor import iste’mol tovarlarining bojxona deklaratsiyasi rasmiylashtirilgan sanadan keyin 12 oy o‘tgach sotuvga qo‘yilishi hamda chakana savdoda realizatsiya qilinishiga qo‘yilgan taqiq bekor qilindi. 
Shuningdek, 2022 yil 1 yanvardan 2023 yil 1 yanvarga qadar respublika tumanlarida (Toshkent shahri bundan mustasno) faoliyat yurituvchi yakka tartibdagi tadbirkorlik sub’ektlariga belgilangan ijtimoiy soliq stavkasi ikki baravarga pasaytirilgan holda bazaviy hisoblash miqdorining 50 foizi miqdorida belgilandi. 
Shu qatorda tadbirkorlar faoliyatiga to‘siq bo‘ib kelayotgan ko‘plab muammoli holatlar ham Farmon bilan o‘z yechimini topganligini ta’kidlab o‘tish joiz bo‘ladi. Jumladan, adliya vazirligi, Tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil hamda Savdo-sanoat palatasining 2021 yil
 1 oktabrdan davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlarining nazorat funksiyalarini bekor qilish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berildi. Shuningdek tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatining qonunchilik talablariga muvofiqligini tekshirish bo‘yicha davlat nazorati funksiyalari ro‘yxati qonun bilan tasdiqlanishi, bunda tegishli qonun qabul qilingandan so‘ng ro‘yxatga kiritilmagan davlat nazorati funksiyalarini amalga oshirishga yo‘l qo‘yilmasligi hamda vakolatli organni xabardor etish tartibida o‘tkaziladigan tekshiruvlar ro‘yxatiga fuqarolarning hayoti va sog‘lig‘iga, jamoat xavfsizligi, atrof-muhitga zarar yetkazish xavfining oldini olish uchun kechiktirib bo‘lmaydigan nazorat tadbirlarini o‘tkazish bilan bog‘liq tekshiruvlar, shuningdek, sayyor soliq tekshiruvlari kiritilishi belgilandi.
Shu bilan bir qatorda, kelgusida tadbirkorlikni keng rivojlantirishga qaratilgan Yo‘l xaritasi ham tasdiqlanib, unda tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatida o‘tkaziladigan tekshiruvlarni kelishish va o‘tkazish, profilaktika tadbirlarini amalga oshirish, tekshiruvlarni elektron ro‘yxatga olish, Tekshirishlarni ro‘yxatga olish kitobini yuritish tartibini ishlab chiqish, tadbirkorlik faoliyati erkinligi indeksini aniqlash tartibini ishlab chiqish, davlat nazorati funksiyalari, majburiy talablar hamda tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatini tekshirish huquqiga ega mansabdor shaxslarning elektron reestrlarini shakllantirish va yuritish tartibini nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish va boshqa shu kabi dolzar vazifa va funksiyalar belgilandi. 
Xulosa qilib aytganda, mamlakatimizda tadbirkorlik muhitini yaratish, tadbirkorlarning huquq va manfaatlarini qonun yo‘li bilan himoya qilib, davlat tomonidan kafolatlanishi – jamiyat va davlat rivoji, xalqimizning osoyishta va farovon turmush-tarzi kechirishiga zamin yaratadi.  
 
             Urganch tumanlararo ma’muriy
                                sudining sudyasi                                          Yusupov Temurbek Durdibayevich

Xorazm viloyati Yuridik Texnikumi

Bog'lanish ma'lumotlari

O'zbekiston Respublikasi, Xorazm viloyati
Urganch tumani, Fayozov ko'chasi, 1-uy

+998 (62) 229-28-35
xoryuridiktexnikum@umail.uz

Dushanba – Juma / 9:00 – 18:00

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Talabalar uchun resurslar

Ommabop xabarlar

Huquqiy targ'ibot
Xorazm viloyati yuridik texnikumida "Kitob mening do‘stim” ko‘rik-tanlovining texnikum bosqichi bo'lib o'tdi
Huquqiy targ'ibot
"IDROK" - INTELLEKTUAL O'YININING TEXNIKUM BOSQICHI!