Ma’muriy sudlar tomonidan hal etiladigaan masalalar hamda Ma’muriy sudlarga murojaat qilish tartibi

Ma’muriy sudlar tomonidan hal etiladigaan masalalar hamda 
Ma’muriy sudlarga murojaat qilish tartibi
 
Mamlakatimizda ommaviy-huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan nizolarni qonuniy va asosli hal qilish institutini takomillashtirish maqsadida ko‘plab chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. 
Ommaviy huquqiy munosabatlar – davlat boshqaruvi sohasida vujudga keladigan ijtimoiy munosabatlar hisoblanadi. Bunday munosabatlar davlat organlari tomonidan ijro etish va boshqarish faoliyatini amalga oshirish jarayonida vujudga keladi. 
Aytish mumkinki, ommaviy-huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan nizolarni qonuniy va adolatli hal qilish borasida O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining tashabbusi bilan bugungi zamon talablariga mos ravishda ko‘plab chora-tadbirlar amalga oshirilib, bu bo‘yicha qonunchilik tashabbusi huquqidan foydalanilgan holda qonun normalari takomillashtirilmoqda. 
Ma’muriy sudlarga murojaat qilish huquqi Ma’muriy sud ishlarini yuritish to‘g‘risidagi kodeksining 4-moddasiga asosan, har qanday manfaatdor shaxs o‘zining buzilgan yoki nizolashilayotgan huquqlarini yoxud qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini himoya qilish uchun ma’muriy sudga (sudga) murojaat qilishga haqli.
Qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda, sudga prokuror, davlat organlari va boshqa shaxslar murojaat qilishga haqli.
Sudga murojaat qilish huquqidan voz kechish haqiqiy emas.
Ushbu kodeksning 5-moddasiga ko‘ra, sudga murojaat qilish shakli quyidagicha fuqarolar va yuridik shaxslarning buzilgan yoki nizolashilayotgan huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish to‘g‘risidagi ma’muriy ishlar bo‘yicha, shuningdek ushbu Kodeksda nazarda tutilgan boshqa hollarda — ariza (shikoyat) va iltimosnoma shaklida;
apellyatsiya va kassatsiya instansiyasi sudlariga murojaat etilganda, shuningdek ushbu Kodeks hamda boshqa qonunlarda nazarda tutilgan hollarda shikoyat (protest) shaklida amalga oshiriladi.
Murojaat va unga ilova qilinadigan hujjatlar sudga elektron hujjat tarzida yuborilishi mumkin.
Shu jumladan, Ma’muriy sud ishlarini yuritish to‘g‘risidagi kodeksining 27-moddasida maxmuriy sudlar tomonidan hal etiladian ishlar:
1) idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar yuzasidan nizolashish to‘g‘risidagi;
2) mahalliy davlat hokimiyati organlarining, davlat boshqaruvi organlarining, ma’muriy-huquqiy faoliyatni amalga oshirishga vakolatli bo‘lgan boshqa organlarning (bundan buyon matnda ma’muriy organlar deb yuritiladi), fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining va ular mansabdor shaxslarining qonunchilikka mos kelmaydigan hamda fuqarolar yoki yuridik shaxslarning huquqlarini va qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini buzadigan qarorlari, harakatlari (harakatsizligi) yuzasidan nizolashish to‘g‘risidagi;
3) saylov komissiyalarining xatti-harakatlari (qarorlari) yuzasidan nizolashish to‘g‘risidagi;
4) notarial harakatni amalga oshirish, fuqarolik holati dalolatnomalarini yozishni ro‘yxatga olish rad etilganligi yoki notariusning yoxud fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organi mansabdor shaxsining harakatlari (harakatsizligi) yuzasidan nizolashish to‘g‘risidagi;
5) davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni rad etish yoxud belgilangan muddatda davlat ro‘yxatidan o‘tkazishdan bo‘yin tovlash ustidan shikoyat qilish to‘g‘risidagi;
6) ushbu Kodeksning 271-moddasida ko‘rsatilgan investitsiya nizolari bo‘yicha;
7) ushbu Kodeksning 272-moddasida ko‘rsatilgan raqobat to‘g‘risidagi;
8) ma’muriy va boshqa ommaviy huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan talablar bo‘yicha undirish so‘zsiz tartibda amalga oshiriladigan ijro hujjati yoki boshqa hujjat ustidan shikoyat qilish to‘g‘risidagi ishlarni hal qiladi.
Sud fuqarolar va yuridik shaxslarning buzilgan yoki nizolashilayotgan huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish to‘g‘risidagi ma’muriy va boshqa ommaviy huquqiy munosabatlardan yuzaga keladigan, qonun bilan o‘zining vakolatiga kiritilgan boshqa ishlarni ham hal qiladi.
Arizachi ushbu moddada ko‘rsatilgan ariza (shikoyat) bilan bir qatorda ushbu talablarga sababiy bog‘lanishda bo‘lgan zararlarning o‘rnini qoplash to‘g‘risidagi talabni ham taqdim etishga haqli.
Ushbu moddada ko‘rsatilgan talablardan alohida tarzda bildirilgan zararlarning o‘rnini qoplash to‘g‘risidagi talab taalluqliligiga ko‘ra fuqarolik ishlari bo‘yicha sudda yoki iqtisodiy sudda ko‘rib chiqiladi.
Bu mamlakatimizda ma’muriy sud ishlarini barcha sud instansiyalarida qonuniy, asosli va adolatli ko‘rib chiqib, hal qilishdi, avvalo, xalq manfaatlari birinchi o‘ringa qo‘yilayotganidan dalolat beradi.  
  
                               Urganch tumanlararo 
ma’muriy sudi sudyasi                                                             S.Z.Allabergenov