“O`zbekiston – 2030” strategiyasi

O`zbekiston Respublikasining Prezidenti SH.M.Mirziyoyevning 2023 yil
 1 sentabrdagi Farmoni bilan “O`zbekiston – 2030” strategiyasi tasdiqlandi. Unga ko`ra, yangilangan konstitutsiyaviy-huquqiy sharoitlar mamlakatimiz taraqqiyotining asosiy yo`nalishlarini takomillashtirish va amalga oshirilayotgan keng ko`lamli islohotlarni yangi bosqichga olib chiqish uchun, shuningdek, xalqimizning erkin va farovon, qudratli Yangi O`zbekistonni barpo etish bo`yicha xohish ­irodasini ro`yobga chiqarish, har bir fuqaroga o`z salohiyatini rivojlantirish uchun barcha imkoniyatlarni yaratish, adolat, qonun ustuvorligi, xavfsizlik va barqarorlikni kafolatli ta`minlash ko`zda tutilgan. Farmonning ijrosi yuzasidan 2023 yil 11 sentabr kuni PK-300-sonli qaror qabul qilindi.

“O`zbekiston – 2030” strategiyasi quyidagi 5 ta ustuvor yo`nalish hamda
 100 ta maqsaddan iborat:
  1. har bir insonga o`z salohiyatini ro`yobga chiqarish uchun munosib sharoitlar yaratish;
  2. barqaror iqtisodiy o`sish orqali aholi farovonligini ta`minlash;
  3. suv resurslarini tejash va atrof-muhitni muhofaza qilish;
  4. qonun ustuvorligini ta`minlash, xalq xizmatidagi davlat boshqaruvini tashkil etish;
  5. “xavfsiz va tinchliksevar davlat” tamoyiliga asoslangan siyosatni izchil davom ettirish.
Davlat dasturi 5 ta yo`nalish va 100 ta maqsaddan iborat. Unda Konstitutsiya va qonunlarning ustuvorligini ta`minlash, inson huquq va erkinliklarining ishonchli himoya qilinishini ta`minlashni sud-huquq islohotlarining bosh mezoniga aylantirish, davlat organlari va mansabdor shaxslarning faoliyati ustidan samarali sud nazoratini o`rnatish, sud hokimiyatining mustaqilligini kuchaytirish va uning faoliyatida ochiqlikni ta`minlash orqali odil sudlovga erishish darajasini oshirish borasidagi qator ustuvor vazifalar ham qamrab olingan.
Xususan, fuqarolarga qulaylik yaratish maqsadida sud xarajatlari to`lovlarini amalga oshirish tizimini raqamlashtirishni yanada kengaytirish orqali sud xarajati to`lovlarini sud binolarida onlayn tarzda amalga oshirish imkoniyatini yaratish belgilandi. Bu sudga murojaat qiluvchilar uchun ortiqcha ovoragarchiliklarning oldini olish, sud xarajatlari to`lovini sud binosining o`zida qulay usulda amalga oshirish imkonini beradi.
Ma`muriy organlar bilan munosabatlarda qonun ustuvorligini ta`minlash, fuqarolar yoki tadbirkorlarning huquqlari himoya etilishini kafolatlash maqsadida ma`muriy sud ishlarini yuritishda protsessual majburlov choralari doirasini belgilash ko`zda tutildi.
 “O`zbekiston – 2030” strategiyasi nazarda tutilgan sud-huquq sohasidagi islohotlar to`xtaladigan bo`lsa, jumladan,
Sud-huquq tizimida raqamlashtirish yo`nalishi bo`yicha bir qatorda o`zgarishlar amalga oshirilmoqda. Birinchi navbatda fuqarolar sudlarga murojaat qilgan paytda har bir bosqichning raqamlashtirilishiga alohida e`tibor qaratilmoqda. Ya`ni, ortiqcha ovoragarchiliklarning oldini olish va fuqarolar sud bilan tezkor bog`lanishini ta`minlash uchun ham bu yo`nalish muhim hisoblanadi.
Sud jarayonini to`liq elektronlashtirish va vaziyatni doimiy kuzatib turish tizimi shakllanadi.
“O`zbekiston – 2030” strategiyasining asosiy g`oyalardan biri, xalq xizmatidagi adolatli va zamonaviy davlatni barpo etish belgilangan.
 2024 yil 21 fevralda qabul qilingan Prezidentimizning “O`zbekiston – 2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qo`llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to`g`risida”gi Farmonida jamiyatning barcha qatlamlari manfaatlarini inobatga olgan, yurtimiz hayotida amalga oshiriladigan muhim islohotlar va asosiy tadbirlar nazarda tutilgan.
Aniqrog`i, ayrim toifadagi ma`muriy-huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan iqtisodiy, masalan, huquqiy ta`sir choralarini qo`llash to`g`risidagi ishlarni ko`rish vakolatini tegishliligi bo`yicha ma`muriy organlarga o`tkazish tadbirkorlik sub`ektlarining ortiqcha vaqt va xarajat sarflashi oldini olib, ushbu toifadagi ishlarni hal etishning xalqaro tajribada o`zini oqlagan mexanizmlarini joriy etishga xizmat qiladi. 
O`zbekiston Respublikasi Oliy sudida amalga oshirilayotgan izchil tadbirlar fuqarolar va tadbirkorlik sub`ektlariga o`z huquqlari va manfaatlarini himoya qilish uchun sudga murojaat qilishni erkinlashtirish, umuman olganda, odil sudlovga erishish darajasini oshirish hamda sudlar faoliyatida ochiqlik va shaffoflikni ta`minlash imkonini berib, sudlar mustaqilligini ta`minlashga xizmat qilishdan iborat.
Yuqoridagilarni umumlashtirib xulosa o`rinida shu ta`kidlash joizki, xalqqa erkin va farovon turmush sharoitini yaratish, qudratli Yangi O`zbekistonni barpo etish, umidlarini ro`yobga chiqarish, har bir fuqaroga o`z salohiyatini rivojlantirish uchun barcha imkoniyatlarni yaratish, adolat, qonun ustuvorligi, xavfsizlik va barqarorlik ta`minlash asosiy ustuvor yo`nalish hisoblanadi. 
 
Xorazm viloyati ma`muriy sudi 
sudya katta yordamchisi                                  Jahongir Mahmudov  

Xorazm viloyati Yuridik Texnikumi

Bog'lanish ma'lumotlari

O'zbekiston Respublikasi, Xorazm viloyati
Urganch tumani, Fayozov ko'chasi, 1-uy

+998 (62) 229-28-35
xoryuridiktexnikum@umail.uz

Dushanba – Juma / 9:00 – 18:00

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Talabalar uchun resurslar

Ommabop xabarlar

Huquqiy targ'ibot
Xorazm viloyati yuridik texnikumida "Kitob mening do‘stim” ko‘rik-tanlovining texnikum bosqichi bo'lib o'tdi
Huquqiy targ'ibot
"IDROK" - INTELLEKTUAL O'YININING TEXNIKUM BOSQICHI!