Texnikum bitiruvchilariga yo‘llanma berish masalasi ko‘rib chiqilayotganda, maxsus komissiya quyidagi asosiy minimal talablarni hisobga oladi:

👉 yuridik texnikum bitiruvchisining har bir fan bo‘yicha o‘zlashtirish ko‘rsatkichi reyting natijalari bo‘yicha 71 va undan ortiq (sirtqi yoki masofaviy ta'lim shakli o‘quvchilari 85 va undan ortiq) foizni tashkil qilishi kerek;

👉 bitiruvchining chet tilini B2 va undan yuqori darajada bilishini tasdiqlovchi amaldagi davlat malaka sertifikatiga yoki xalqaro sertifikatga ega ekanligi;

👉 yuridik texnikum bitiruvchisining ma'naviy-ma'rifiy va jamoat ishlari, loyihalar va tanlovlarda faol ishtirok etish, shaxsiy yutuqlar mavjudligi (kunduzgi ta'lim shakli o‘quvchilari);

👉  yuridik texnikum bitiruvchisining yuridik texnikumda o‘rnatilgan ichki tartib-qoidalarga, odob-axloq qoidalariga rioya etishi va namunali xulq-atvorga egaligi.

🔹 Minimal talablarga tegishli masalalarni ko‘rib chiqishda bitiruvchining yuridik texnikumdagi butun o‘qish davri hisobga olinadi.

❗️ Ushbu asosiy minimal talablarga javob bermagan bitiruvchilar tanlovda ishtirok etmaydi.

📄 O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 22 noyabrdagi 705-sonli qarori

Xorazm viloyati Yuridik Texnikumi

Bog'lanish ma'lumotlari

O'zbekiston Respublikasi, Xorazm viloyati
Urganch tumani, Fayozov ko'chasi, 1-uy

+998 (62) 229-28-35
xoryuridiktexnikum@umail.uz

Dushanba – Juma / 9:00 – 18:00

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Talabalar uchun resurslar

Ommabop xabarlar

Xorazm yuridik texnikumi bitiruvchilariga yo‘llanma berish yuzasidan tanlov savollari
Xorazm yuridik texnikumi bitiruvchilariga yo‘llanma berish yuzasidan tanlov savollari
Xorazm yuridik texnikumida “Dolzarb 90 kun” loyihasi
Xorazm yuridik texnikumida “Dolzarb 90 kun” loyihasi