Onlayn olimpiada g'oliblari aniqlandi

🏛Xabaringiz bor, Qashqadaryo viloyati yuridik texnikumi tomonidan o'quvchilarning huquqiy sohaga oid bilimlarini sinovdan o'tkazish maqsadida onlayn olimpiada bo'lib o'tdi!

⚡️Online olimpiada "Jinoyat huquqi", "Ma'muriy huquq", "Davlat va huquq nazariyasi", "Huquq va ijtimoiy fanlar", "Huquqiy ko'nikmalar va metodologiya" fanlaridan tuzilgan savollar asosida tashkil etildi.

Mazkur olimpiadada yuridik texnikumlarining 420 ga yaqin faol o'quvchilari ishtirok etib,  quyidagilar g'oliblikni qo'lga kiritdi.

1-o'rin Rahmatullayev Ramazon - Qashqadaryo viloyati yuridik texnikumi 2-bosqich o'quvchisi 1 daqiqa 23 soniyada 30 savolga to'g'ri javob berdi.

2-o'rin Karimboyev Valijon - Xorazm viloyati yuridik texnikumi  2-bosqich o'quvchisi 1 daqiqa 33 soniyada  30 ta savolga to'g'ri javob berdi.

3-o'rin Egamberdiyeva Zilola - Qashqadaryo viloyati yuridik texnikumi 2-bosqich o'quvchisi 1 daqiqa 42 soniyada 30 savolga to'g'ri javob berdi.

G'olib va ishtirokchilar diplom hamda esdalik sovg'alar  bilan taqdirlanadi!