Xorazm viloyati yuridik texnikumi direktorining bayram tabrigi

 Siz azizlarni goʻzal diyorimizga qutlugʻ qadamlar ila kirib kelgan bahor faslining yangilanish va yasharish, ezgulik va mehr oqibat ayyomi - Navroʻzi olam bilan samimiy muborakbod etaman!

🌹 Navroʻz oʻzining oʻlmas ruhi, umuminsoniy gʻoyalari bilan bashariyat hayotidan tobora chuqur oʻrin egallamoqda. Birlashgan Millatlar Tashkilotining qarori bilan 21 mart – butun dunyoda Xalqaro Navroʻz kuni sifatida keng nishonlanmoqda. 

💐 Hammamiz uchun suyukli va ardoqli Navroʻz har bir xonadonga, butun el-yurtimizga tinchlik-xotirjamlik, baxt-u saodat, qut-baraka olib kelsin! 

🌷Barcha ezgu niyat va maqsadlarimiz amalga oshsin!
Vatanimiz yanada obod, xalqimiz doim omon boʻlsin!
Navroʻzi olam barchangizga muborak boʻlsin!  

Hurmat bilan, Xorazm viloyati adliya boshqarmasi boshligʻi o'rinbosari, texnikum direktori T.X.Eshmetov

Xorazm viloyati Yuridik Texnikumi

Bog'lanish ma'lumotlari

O'zbekiston Respublikasi, Xorazm viloyati
Urganch tumani, Fayozov ko'chasi, 1-uy

+998 (62) 229-28-35
xoryuridiktexnikum@umail.uz

Dushanba – Juma / 9:00 – 18:00

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Talabalar uchun resurslar

Ommabop xabarlar

O‘zbekiston Respublikasi manfaatlar to’qnashuvi to’g’risida qonuni
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tizimida manfaatlar to‘qnashuvini boshqarish to‘g‘risida NIZOM