O’zbekiston Respublikasi o’z davlat mustaqilligini qo’lga kiritgan buyuk tarixiy sana xalqimizning ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy hayotida beqiyos o’rin egallagan, har yili eng ulug’, eng aziz bayram sifatida katta shod-u xurramlik bilan nishonlandi.

O’zbekiston Respublikasi o’z davlat mustaqilligini qo’lga kiritgan buyuk tarixiy sana xalqimizning ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy hayotida beqiyos o’rin egallagan, har yili eng ulug’, eng aziz bayram sifatida katta shod-u xurramlik bilan nishonlanadigan qutlug’ ayyomdir. Bu yil Vatanimiz, mamlakatimiz istiqlolining shonli sanasi – milliy mustaqilligimizning 31 yilligi “Yangi O’zbekistonda el aziz, inson aziz” shiori ostida keng nishonlanmoqda. Har yili 1-sentyabr yurtimizning barcha viloyatlarida, xiyobonlar-u bog’larida katta tantana bilan nishonlanadi.
 
 “O’zing mening ulug’lardan ulug’imsan, Vatanim!”-deganda shoir haq so’zni aytgan: odam farzandi uchun vatan bamisoli onaday, bamisoli otaday, bu yorug’ olamda bitta, yagona. Vatan borki, biz bormiz. Ona bor mehrini farzandiga ataganiday, Vatan boshida kulgan quyosh kabi bizni o’z harorati og’ushida erkalaydi. Uning bag’rida kulgan bahor - bizning bahorimiz, Vatan erishgan zafar - bizning ko’chamizda bayramlarni boshlaydi. Uning olamda qozongan obro’-e’tibori, mavqedan har birimizning chehramizda nur, ko’zimizda chaqmoq. U bor ekan, boshimiz tog’larday sarbaland, qaddimiz qoyalarday tik. Ona O’zbekistonimiz biz uchun shunday tengsiz, yagona, e’zozli ma’vo, tanho Vatan, bebaho qadriyat. Vatanga sadoqat, ona yurtga muhabbat hissi kishi qalbidagi eng bebaho tuyg’udir. Shoirlar ona Vatanga sadoqat mavzusini otashin misralarda madh etsa, iste’dodli hofizlar buni dilbar navo, soxir ovoz ila kuylaydi. Shunisi ham borki, Vatan haqida so’z aytmoq, ona yurtga muhabbatni tarannum etmoq oson yumush emas. Buning o’ziga yarasha mas’uliyati, yuki bor. Betakror san’at asarlari, yosh avlod qalbida o’zi tug’ilib-o’sgan makonini ulug’lash va uni ko’z qorachig’idek asrashga intilish, his-tuyg’usini shakllantirishga xizmat qiladi.
 
Vatan! Bu muqaddas so’z zamirida qanchalik ilohiy kuch-qudrat, ma’no, beqiyos da’vat mujassam ekanligini hech kim, hech qachon to’la ifoda etolmasa kerak. Biz kindik qonimiz to’kilgan Vatan, ona tuproq bilan faxrlanamiz, e’zozlaymiz. Uning nomini eshitgan zahoti qalbimiz to’lqinlanadi, bir olam g’ururga to’ladi. Vatan yagonadir, vatan bittadir. Dunyoda o’zbekman degan har bir insonning asl vatani shu aziz tuproqdir. Bu muqaddas zaminda ulug’ bobokalonlarimiz hoki yotibdi. Dinimizda iymon, qalblarda "Vatanni sevmoqlik — iymondandir" degan hikmat muhrlanib qolgan. Vatanni quruq madh etish boshqa-yu, vatan tuyg’usini qalbdan his etish boshqa. Uning muqaddasligi ana shu holda namoyon bo’ladi. Vatan yurakdadir. Inson uchun yurak nechog’li zarur va aziz bo’lsa, vatan undan-da zarur va azizroqdir.
 
Mustaqillik hayotimizga ko’plab yangiliklar olib kelmoqda. G’olibona bosib o’tilgan 31 yillik yo’lga nazar solsak, bu o’zgarishlar yaqqol ko’zga tashlanadi. Milliy istiqlol sharofati tufayli o’zligini tanib, qadr-qimmatini topib, qad rostlayotgan, o’ziga xos taraqqiyot va yuksalish yo’llarini belgilab, istiqbolning ko’z ilg’amas yorqin ufqlari sari muzaffar odimlar tashlab borayotgan Yangi O’zbekistonning jahon uzra e’zoz-u e’tibor, shon-u shuhratga sazovor bo’lib, qanchalab xorijiy ellar, davlatlar bilan turli-tuman aloqalarda, hamkor-u hamjihatlikda bo’lib kelayotganligi, teran, baquvvat ildizlari asrlar qa’riga borib tutashuvchi asl milliy qadriyatlarimiz, sharqona urf-odatlarimiz, ajoyib-u g’aroyib an’analarimiz, go’zal udumlarimiz, din-u iymonimiz, e’tiqod-u e’timodimiz, qayta tiklanganligi, hayotda o’z o’rnini topayotganligi hamda xalqimizning bebaho ma’naviy mulkiga aylanib borayotganligi–bular bugun kechayotgan dorilamon davrimizning betakror, beqiyos xarakterli belgilaridandir.

Inson uchun ozodlikdan qadrli ne’mat yo’q. Dunyodagi jamiki bunyodkorlik va yaratuvchanlikning asosi – ozodlikdir. Tarixan qisqa bir davrda, avvalo el-yurtimizning xohish-irodasi, kuch-qudrati, mashaqqatli va bunyodkorona mehnati evaziga jahon xaritasida yangi, o’z kuchi va salohiyatiga tayangan, bugun taraqqiyot yo’lidan barqaror sur’atlar bilan rivojlanib borayotgan mustaqil, suveren O’zbekiston davlatining paydo bo’lishi, hech shubhasiz, xalqimizning tarixiy g'alabasidir.

Xorazm viloyati Yuridik Texnikumi

Bog'lanish ma'lumotlari

O'zbekiston Respublikasi, Xorazm viloyati
Urganch tumani, Fayozov ko'chasi, 1-uy

+998 (62) 229-28-35
xoryuridiktexnikum@umail.uz

Dushanba – Juma / 9:00 – 18:00

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Talabalar uchun resurslar

Ommabop xabarlar

Huquqiy targ'ibot
Xorazm viloyati yuridik texnikumida "Kitob mening do‘stim” ko‘rik-tanlovining texnikum bosqichi bo'lib o'tdi
Huquqiy targ'ibot
"IDROK" - INTELLEKTUAL O'YININING TEXNIKUM BOSQICHI!