Mamuriy sud ishlarini yuritishda - yangi bosqich.

Mamuriy sud ishlarini yuritishda - yangi bosqich.
 
Muhtaram Prezidentimizning qaror va Farmonlari bilan sud tizimi sohasida bir qator islohotlar jadallik bilan amalga oshirilmoqda. 
Davlatimiz rahbari tomonidan shu yilning 29 yanvar kuni imzolangan “Davlat organlari bilan munosabatlarda fuqarolar va tadbirkorlik sub’ektlari huquqlarining samarali himoya etilishini ta’minlash hamda aholining sudlarga bo‘lgan ishonchini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 107-sonli Qarori davlat organlari bilan munosabatlarda fuqarolar va tadbirkorlik sub’ektlari huquqlari va qonuniy manfaatlarini samarali himoya etilishini ta’minlash hamda ma’muriy sud ishlarini yuritishni xalqaro standartlardan kelib chiqqan holda takomillashtirishdan iboratdir.
Ushbu qarorda ma’muriy sud ishlarini yuritishni “sudning faol ishtiroki” tamoyili asosida amalga oshirish, bunda ma’muriy sudlarga ishning haqiqiy holatlarini aniqlash uchun o‘z tashabbusi bilan dalillarni yig‘ish majburiyatini yuklash, huquqi buzilgan fuqaro yoki tadbirkorlik sub’ektiga esa dalillarni yig‘ishda faqat o‘z imkoniyati doirasida ishtirok etishga sharoit yaratish belgilab qo‘yildi.
Huquqi buzilgan fuqaro yoki tadbirkorlik sub’ektiga ommaviy-huquqiy munosabatdan kelib chiqadigan nizo bilan birga unga sababiy bog‘lanishda bo‘lgan zararni undirish talabini ham ma’muriy sudga bildirish huquqini taqdim etish hamda bunday talablarni ko‘rib chiqishni ma’muriy sudlar vakolatiga o‘tkazish belgilangan.
Ma’muriy sudlarning ommaviy-huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan ishlar bo‘yicha hal qiluv qarorlari davlat organlari yoki tashkilotlari tomonidan ijro qilinmagan taqdirda esa, ularning mansabdor shaxslariga nisbatan sud jarimalarini qo‘llash masalasi ko‘rib chiqilishi, shuningdek, ommaviy-huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan ishlar bo‘yicha taraflar o‘rtasida yarashuvga erishish mexanizmlarini joriy qilish va protsessual qonun hujjatlariga o‘zgartirishlar kiritilishi belgilangan. 
Qarorda jamiyatda ma’muriy sudlarning rolini kuchaytirish, ularni fuqarolar va tadbirkorlik sub’ektlarining haqiqiy himoyachisiga aylantirish maqsadida protsessual qonun hujjatlariga o‘zgartirish kiritish belgilab qo‘yildi.
Taraflarga, qonun hujjatlarida belgilangan hollarda, ommaviy-huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan ishlar bo‘yicha kelishuv bitimini tuzish huquqini berish belgilanishi ayni muddao bo‘lib, taraflar o‘rtasidagi nizoni hal qilishda qonuniylik to‘liq  ta’minlanishi bilan birga, sud tomonidan tasdiqlangan kelishuv bitimini ijroga qaratilishida taraflarga qulayliklar yaratadi hamda qisqa muddatlarda nizolarni hal etilishiga erishiladi. 
Shuningdek, Farmonda davlat organlari yoki tashkilotlari ommaviy-huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan ish bo‘yicha hal qiluv qarorini u qonuniy kuchga kirgan kundan boshlab bir oy davomida ijro qilish hamda bu haqda ma’muriy sudga xabar berish, davlat organlari yoki tashkilotlari tomonidan ommaviy-huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan ish bo‘yicha sud hujjati ijro qilinmaganligi uchun davlat organlari yoki tashkilotlarining mansabdor shaxslariga nisbatan sud jarimasini qo‘llash, davlat organlari yoki tashkilotlari tomonidan ommaviy-huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan ish bo‘yicha hal qiluv qarorining takroran ijro qilinmaganligi uchun davlat organlari yoki tashkilotlarining mansabdor shaxslariga nisbatan dastlab qo‘llanilgan sud jarimasini oshirilgan miqdorda ma’muriy sudlar tomonidan qo‘llanilish tartibi qonun normalarida belgilanishi fuqaro va tadbirkorlik sub’ektlarining buzilgan huquqlarini tiklanishi bir so‘z bilan ta’kidlanganda ma’muriy sud himoyasida ekanligidan dalolat beradi. 
Sudlar tomonidan da’vo arizasi, ariza hamda shikoyatni sudga taalluqli bo‘lmaganligi sababli qabul qilishni rad etish yoki ish bo‘yicha ish yuritishni tugatishni taqiqlash, bunda da’vo arizasi, ariza, shikoyat yoki ishni ularni ko‘rib chiqishga vakolatli sudga o‘tkazish, ma’muriy sudning qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarorida aniqlangan holatlar boshqa ishni ko‘rayotgan fuqarolik ishlari bo‘yicha sud uchun majburiy hisoblanishini belgilanishi, bir sud ishi doirasida ba’zilari ma’muriy sudga, boshqalari esa fuqarolik ishlari bo‘yicha sudga taalluqli bo‘lgan bir nechta talabni birlashtirish taqiqlanadi.
Ushbu qonun normasining kiritilishi huquqi buzilgan fuqarolarning yoki tadbirkorlik subektlarining sudma-sud yurib, ovora bo‘lishlariga barham beradi. 
Xulosa o‘rnida shuni aytish joizki, davlatimiz rahbari tomonidan ushbu qarorning qabul qilinganligi mamlakatimizda sud tizimini demokratlashtirish, odil sudlovni amalga oshirishda qonun ustuvorligini, sudlar faoliyati ochiqligi va shaffofligini ta’minlash hamda xalqning sudga bo‘lgan ishonchini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi. 
 
Urganch tumanlararo 
ma’muriy sudining sudyasi                                                     B.T.Samiev

Xorazm viloyati Yuridik Texnikumi

Bog'lanish ma'lumotlari

O'zbekiston Respublikasi, Xorazm viloyati
Urganch tumani, Fayozov ko'chasi, 1-uy

+998 (62) 229-28-35
xoryuridiktexnikum@umail.uz

Dushanba – Juma / 9:00 – 18:00

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Talabalar uchun resurslar

Ommabop xabarlar

Huquqiy targ'ibot
Xorazm viloyati yuridik texnikumida "Kitob mening do‘stim” ko‘rik-tanlovining texnikum bosqichi bo'lib o'tdi
Huquqiy targ'ibot
"IDROK" - INTELLEKTUAL O'YININING TEXNIKUM BOSQICHI!