Munosabat: Murojaatnomada qonun ustuvorligini ta’minlash va sud-huquq sohasini takomillashtirishni izchil davom ettirishga alohida urg‘u berildi.

Munosabat: Murojaatnomada qonun ustuvorligini ta’minlash va sud-huquq sohasini takomillashtirishni izchil davom ettirishga alohida urg‘u berildi.
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoevning Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga yo‘llagan Murojaatnomasida so‘nggi yillarda sud-huquq tizimida adolat o‘rnatish bo‘yicha ko‘p ish qilinganligi, afsuski, hozir ham tergov sifati pastligi, sudlarda odamlarning ovoragarchiligi, sud qarorlari ijro etilmay qolayotgani bilan bog‘liq holatlar uchrayotganligi aytilib, qisqa muddatda huquq-tartibot idoralarini yangicha ishlashga o‘rgatadigan, odil sudlov sifatini oshiradigan tizim yaratilishi, bu masalada alohida Farmon imzolanishi, eng avvalo, odamlarimizning joylarda sudma-sud sarson bo‘lib yurishlariga barham berilishi, buning uchun adolatli hukm va qaror chiqarish bo‘yicha viloyat sudlarining vakolati ham, mas’uliyati ham oshirilishi alohida ta’kidlandi.
Sud tizimida amalga oshiriladigan ishlar, yangi islohotlar odil sudlov sifatini oshirishga, bu esa fuqaro va tadbirkorlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga, shuningdek, mamlakatimizning rivojlanishiga xizmat qiladi.
Davlatimiz rahbari “O‘zbekistonda mulk va investitsiyaning himoyachisi qaysidir hokim yoki vazir emas, faqat Konstitutsiya, qonun va sud bo‘ladi” deb ta’kidlab o‘tdilar.
Darvoqe, amaldagi qonun hujjatlariga ko‘ra, davlat organining mulkdorga qarashli uy, boshqa imoratlar, inshootlar yoki ekinlar joylashgan yer uchastkasini olib qo‘yish to‘g‘risidagi qarori munosabati bilan mulk huquqining bekor qilinishiga qonunlarda belgilangan hollar va tartibdagina yo‘l qo‘yilishi, bunda mulkdorga olib qo‘yilgan mol-mulkka teng mol-mulk berilishi va uning ko‘rgan boshqa zararlari to‘lanishi yoki mulk huquqi bekor qilinishi bilan yetkazilgan zarar to‘la hajmda to‘lanishi belgilangan bo‘lsa-da, keyingi vaqtlarda mansabdor shaxslar tomonidan g‘ayriqonuniy qarorlar, shu jumladan qonun hujjatlariga muvofiq bo‘lmagan hujjat chiqarilishi natijasida, fuqarolar yoki yuridik shaxslarning mulkiy huquqlari buzilganligi holatlarini ko‘plab uchratish mumkin. Ushbu holatlar xususiy mulk daxlsizligi va himoyasi kafolatlarini yanada kuchaytirish davr taqozosi ekanligini ko‘rsatmoqda.
Ma’muriy sudlar tomonidan mansabdor shaxslarning g‘ayriqonuniy qarorlari haqiqiy emas deb topilib, fuqarolar va yuridik shaxslarning huquqlari tiklanib kelinmoqda. Xususan, joriy yilning o‘tgan davri davomida Xorazm viloyat ma’muriy sudlari tomonidan 159 ta hokim qarorlari haqiqiy emas deb topilgan.   
Murojaatnomada Davlatimiz rahbari tomonidan ma’muriy sudlar faoliyati haqida alohida so‘z yuritilib, ma’muriy sudlarga hokim qaroridan norozi bo‘lib murojaat qilingan taqdirda, ishlarni eksterritorial tartibda, ya’ni boshqa hududda ham ko‘rish amaliyotini joriy qilish belgilab berildi.
Bu o‘z navbatida, protsess ishtirokchilarining sud hokimiyati organlarining xolisligi va beg‘arazligiga bo‘lgan ishonchini mustahkamlashga imkon yaratadi.
Sud tizimida amalga oshiriladigan yangi islohotlar jamiyatda qonun hamda adolat ustuvorligini ta’minlash orqali inson huquq va erkinliklarini kafolatli himoya qilishga qaratilgan.
 
Yusupov Dilmurod Baxtiyarovich
Xorazm viloyat ma’muriy sudining sudyasi

Xorazm viloyati Yuridik Texnikumi

Bog'lanish ma'lumotlari

O'zbekiston Respublikasi, Xorazm viloyati
Urganch tumani, Fayozov ko'chasi, 1-uy

+998 (62) 229-28-35
xoryuridiktexnikum@umail.uz

Dushanba – Juma / 9:00 – 18:00

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Talabalar uchun resurslar

Ommabop xabarlar

Huquqiy targ'ibot
Xorazm viloyati yuridik texnikumida "Kitob mening do‘stim” ko‘rik-tanlovining texnikum bosqichi bo'lib o'tdi
Huquqiy targ'ibot
"IDROK" - INTELLEKTUAL O'YININING TEXNIKUM BOSQICHI!