“O’zbekiston Respublikasi mehnat qonunchiligini takomillashtirish bosqichlari va xalqaro tajribalar” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya

O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining 2023-yil 3-fevralda tasdiqlangan “O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi yuridik texnikumlarida 2023-yilda o’tkaziladigan konferensiyalar bo’yicha chora-tadbirlar rejasi”ning uchinchi bandida TDYU, Xorazm viloyat adliya boshqarmasi va Xorazm viloyati yuridik texnikumi “O’zbekiston Respublikasi mehnat qonunchiligini takomillashtirish bosqichlari va xalqaro tajribalar” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya tashkil etish rejalashtirilgan. 
Rejaga muvofiq konferensiya 2023-yil 25-aprel kuni online-offline shaklda o’tkaziladi. Shuningdek konferensiya materiallari nashr qilinishi ham rejalashtirilgan. Shu munosabat bilan Sizdan konferensiyada texnikum pedagog-xodimlari va iqtidorli o’quvchilarni ishtirokini ta’minlab berishingizni hamda konferensiya mavzusiga oid bo’lgan maqola va tezislarni pedagog-xodimlaringiz tomonidan yuborilishida amaliy yordam berishingizni so’raymiz. 
 
Ilova: konferensiya axborot xati “1” varaqda
 
 
Xorazm viloyati yuridik
texnikum direktori                                                                           T.Eshmetov
 
t.me/Sirojbekyurist
https://t.me/Sirojbekyurist
 
 
 
 
 
 
 
Ijrochi: S.Masharifov
1-ilova
                
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI ADLIYA VAZIRLIGI
XORAZM VILOYAT ADLIYA BOSHQARMASI
XORAZM VILOYAT YURIDIK TEXNIKUMI
 
 O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining 2023-yil 3-fevralda tasdiqlangan “O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi yuridik texnikumlarida 2023-yilda o’tkaziladigan konferensiyalar bo’yicha chora-tadbirlar rejasi”ning uchinchi bandida TDYU, Xorazm viloyat adliya boshqarmasi va Xorazm viloyati yuridik texnikumiga “O’zbekiston Respublikasi mehnat qonunchiligini takomillashtirish bosqichlari va xalqaro tajribalar” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyani tashkil etish vazifasi yuklatilgan. Rejaga muvofiq konferensiya 2023-yil 25-aprel kuni online-offline shaklda o’tkaziladi. Adliya vazirligi yuridik texnikumlari hodimlari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar, tegishli davlat boshqaruv organlari va bir nechta xalqaro ta’lim muassasa hodim va professor-o’qituvchilari ishtirokida ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkaziladi. Konferensiya joriy yilning 31 yanvar kuni offlayn va onlayn formatlarda o‘tkaziladi.
Xalqaro konferensiya materiallari to‘plam shaklida chop etilishi munosabati bilan mavzuga oid ilmiy maqola va tezislar o‘zbek, ingliz va rus tillarida 2023 yilning 27-aprel kuniga qadar (S.Masharifov (tel.:+998942387717) telegram raqamiga elektron shaklda yuborilishi lozim.
MAQOLA VA TEZISLARNI RASMIYLAShTIRISh TALABLARI:
            Materiallar faqat telegram tarmog‘i orqali biriktirilgan fayl shaklida (tezislar/maqola) yo‘nalishini ko‘rsatgan holda qabul qilinadi.
  • 1.    Matn takrorlarsiz, mantiqiy izchil, bayon qilingan fikrlar aniq, qisqa va lo‘nda bo‘lishi;
  • Keltirilayotgan ma’lumotlar ishonchli va to‘g‘ri bo‘lishi;
  • Maqolaning nomi bilan birga, o‘zbek, rus va ingliz tillarida qisqacha annotatsiya hamda tayanch so‘zlar bo‘lishi; 
  • Matn o‘zbek, rus yoki ingliz tillaridan birida taqdim etilishi;
  • Matn kompyuterda Microsoft Word dasturining Times New Roman shriftida, 14 kattalikda, 1,5 intervalda A4 formatli standart oq qog‘ozning bir tomonida yozilishi, elektron nusxada taqdim etilishi hamda matnning chap qismi 3 sm, o‘ng qismi 1,5 sm, tepa va pastki qismlari 2 sm bo‘lishi;
  • Maqolada ilmiy bahs-munozara, iqtiboslarning mavjud bo‘lishi; iqtiboslar                                  12 kattalikdagi shriftda 1,0 intervalda yozilishi (iqtiboslar tegishli betning pastki qismida keltirilishi);
  • Maqolaning hajmi 4 betdan 6 betgacha, tezisning hajmi 3-4 bet bo‘lishi;
  • Maqolaning birinchi sahifasida muallifning ism-sharifi, ilmiy darajasi va unvoni, ish joyi va lavozimi, telefon raqamlari yozilishi lozim.
     Tashkiliy qo‘mita ma’ruzalar tezislari va maqolalarni saralash hamda ularni elektron ko‘rinishda chop etishni o‘z zimmasida qoldiradi. 
     Materiallar ushbu xatda bayon etilgan qat’iy talablar asosida qabul qilinadi.
Bog‘lanish uchun mas’ul shaxs: S.Masharifov (+998942387717)
                                                      K.Abdiyeva (+998914333888)
 [attachment=103:ahborot-hati.pdf]

Xorazm viloyati Yuridik Texnikumi

Bog'lanish ma'lumotlari

O'zbekiston Respublikasi, Xorazm viloyati
Urganch tumani, Fayozov ko'chasi, 1-uy

+998 (62) 229-28-35
xoryuridiktexnikum@umail.uz

Dushanba – Juma / 9:00 – 18:00

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Talabalar uchun resurslar

Ommabop xabarlar

Huquqiy targ'ibot
Xorazm viloyati yuridik texnikumida "Kitob mening do‘stim” ko‘rik-tanlovining texnikum bosqichi bo'lib o'tdi
Huquqiy targ'ibot
"IDROK" - INTELLEKTUAL O'YININING TEXNIKUM BOSQICHI!