G'oliblar kutib olindi

 G'oliblar kutib olindi

📣 Xabaringiz bor, Xorazm viloyati yuridik texnikumi o'qituvchisi I.Jumaniyozova "Yilning eng yaxshi o'qituvchisi" tanlovida 2-o'rinni, 2-bosqich o'quvchisi I.Ozodova esa "Eng iqtidorli o'quvchi" tanlovida faxrli 3-o'rinni qo'lga kiritgan edi.

👏🏻 Shu munosabat bilan Xorazm viloyati yuridik texnikumida g'oliblarni kutib olish marosimi bo'lib o'tdi. Unda texnikum rahbariyati g'oliblarning yutuqlarini alohida e'tirof etgan holda ularning kelgusi o'qish va ishlariga omadlar tilashdi.