Huquqiy targ'ibotlar

 Huquqiy targ'ibotlar

📣 Xorazm viloyati yuridik texnikumi tomonidan vebinar tashkil etildi

🔰 Texnikum Xorazm viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi bilan hamkorlikda viloyatdagi barcha umumiy o'rta ta'lim maktabi bitiruvchilari uchun ZOOM platformasi orqali uchrashuv qilishni rejalashtirdi.

🔹 Bugungi vebinarda viloyatning Yangibozor, Gurlan, Shovot va Qo'shko'pir tumanlaridagi umumiy o'rta ta'lim maktabi bitiruvchi-o'quvchilari va ularning ota-onalari, maktab direktorlari, bitiruvchi-o‘quvchilarning bandligiga mas’ul bo‘lgan guruh rahbarlari va psixologlar qatnashdi. 

📹 Vebinarda Xorazm viloyati yuridik texnikumi to'g'risida videorolik namoyish etilib, o'quvchilarga yaratilgan sharoitlar va o'qishga kirish tartibi tushuntirib berildi.