Ota-onalar bilan uchrashuv

 Xorazm viloyati yuridik texnikumi rahbariyati joriy yilning 17-oktyabr kuni texnikumning 1-bosqich o'quvchi-yoshlarining ota-onalari bilan uchrashishdi. 

⚜️ Uchrashuvda texnikum direktori T.Eshmetov o'quvchilar uchun yaratilgan sharoitlar to'g'risida, direktorning o'quv ishlari bo'yicha birinchi o'rinbosari S.Quryozov ta'lim jarayonidagi kredit-modul tizimi to'g'risida, direktorning yoshlar bilan ishlash bo'yicha o'rinbosari F.Matyakubova o'quvchilar o'rtasida o'tkaziladigan ko'rik-tanlovlar va texnikumning odob-axloq va ichki tartib-qoidalari to'g'risida ma'lumotlar berishdi.

♻️ Texnikum rahbariyati ota-onalarni qiziqtirgan savollarga javob berishdi. Ota-onalar taklif va savollarini berish bilan birga texnikum jamoasiga ularning mashaqqatli mehnati uchun o'z minnatdorchiligini bildirib o'tdilar.