Xorazm viloyati yuridik texnikumida "O’zbek tili bayrami"

  Joriy yilning 20-oktyabr kuni texnikumning faollar zalida "Tilini asragan elini asraydi!" mavzusida tadbir bo'lib o'tdi.

⚜️ Tadbir boshida  "O’zbek tili bayrami" munosabati bilan texnikum o'quvchi-yoshlari o'rtasida o'tkazilgan "Qadring baland bo'lsin, ona tilim!" mavzusidagi insholar tanlovi g'oliblari darajali diplom bilan taqdirlandi.

👩🏻‍🏫 Texnikumning 2-bosqich 22-02-guruh rahbari S.Isakjanova o'quvchilari bilan tayyorlagan tadbir  ko'tarinki kayfiyatda o'tdi.

✨ Q'quvchilar tadbirda o'zbek tilini ulug'lovchi she'rlar o'qib berishdi va sahna ko'rinishlari namoyish qilishdi.