Nazariya va amaliyot uyg'unligi

Xorazm viloyati yuridik texnikumi o’quvchilari joriy yilning 28-noyabr kuni Shovot tumanlararo sudi va Shovot tumanlararo iqtisodiy sudi binosida o’tkazilgan "Ochiq eshiklar kuni" tadbirida ishtirok etishdi.

🌐Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuniga bag‘ishlangan "Aksilkorrupsiya oyligi" doirasida o‘tkazilgan tadbirda o’quvchilar tumanlararo sudining devonxonasi, arxivi, sud majlislari o‘tkaziladigan zal va xodimlar faoliyati bilan tanishishdi.

🗣Shuningdek, sudyalar va yoshlar ishtirokida davra suhbati tashkil etildi. 

⚖️Tadbirda ayniqsa korrupsiyaga qarshi kurashishda sudlarning roli bu toifadagi jinoyatlar uchun jazoning muqarrarligini ta’minlash jihatidan ham muhim ekanligi tushuntirildi.

🔱Shuningdek, “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri doirasida ishtirokchilar 10 dan ortiq interaktiv sud xizmatlari va ulardan foydalanish tartibi bilan tanishtirildi.

Xorazm viloyati Yuridik Texnikumi

Bog'lanish ma'lumotlari

O'zbekiston Respublikasi, Xorazm viloyati
Urganch tumani, Fayozov ko'chasi, 1-uy

+998 (62) 229-28-35
xoryuridiktexnikum@umail.uz

Dushanba – Juma / 9:00 – 18:00

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Talabalar uchun resurslar

Ommabop xabarlar

Huquqiy targ'ibot
Xorazm viloyati yuridik texnikumida "Kitob mening do‘stim” ko‘rik-tanlovining texnikum bosqichi bo'lib o'tdi
Huquqiy targ'ibot
"IDROK" - INTELLEKTUAL O'YININING TEXNIKUM BOSQICHI!