

Xorazm yuridik texnikumida joriy yilning 30-aprel kuni Xorazm viloyati IIB tergov boshqarmasi tergovchisi J.Bobojonov rahbariligidagi kriminalist ekspertlar guruhi xodimlari o'quvchi-yoshlar bilan uchrashdi. Uchrashuvda o'quvchi-yoshlarga jinoyatlarni ochishda kriminalistika bo‘limi xodimlarining roli, qo‘llaniladigan texnik vositalar, barmoq izlari va boshqa dalillarni olish usullari, kriminalistik doktaloskopiya, trasalogiya va kriminalistik ballistika va hodisa joyini ko‘zdan kechirish jarayonida tergovchining vazifalari to‘g‘risida ma’lumotlar berildi. Shuningdek, o'quvchi-yoshlarni qiziqtirgan savollariga javob berildi.
Bog'lanish ma'lumotlari
O'zbekiston Respublikasi, Xorazm viloyati
Urganch tumani, Fayozov ko'chasi, 1-uy
+998 (62) 229-28-35
xoryuridiktexnikum@umail.uz
Dushanba – Juma / 9:00 – 18:00
