Xorazm yuridik texnikumida "Milliy qadriyatlar" tadbiri

"Milliy qadriyatlar" tadbiri uchun bugun texnikum pedagog-xodimlari va o'quvchilar-yoshlari milliy liboslarda kelishdi.Milliy liboslarda xalqimiz urf-odatlari, didi, estetik qarashlari, shuningdek, o‘ziga xos xususiyatlari mujassamligini namoyon etish maqsadida o‘tkazilayotgan mazkur tadbir doirasida texnikum pedagog-xodimlari, o‘quvchi-yoshlari ishga va o‘qishga rasmiy va odatiy kiyimda emas, balki milliy adras va atlas matolaridan tikilgan liboslarda kelishdi.