RAHBAR VA YOSHLAR UCHRASHUVI


 Xorazm yuridik texnikumida yoshlar bilan ochiq va samimiy muloqotni yo‘lga qo‘yish, ularning fikr va takliflarini tinglash maqsadida “Rahbar va yoshlar uchrashuvi” tashkil etildi. Uchrashuv davomida yoshlarning ta’lim jarayoni, kelajakdagi kasbiy faoliyati, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda ularni qiziqtirayotgan masalalar yuzasidan fikr almashildi. Yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollar, taklif va tashabbuslarini bildirdilar. Rahbariyat tomonidan murojaatlar tinglanib, tegishli tavsiya va tushuntirishlar berildi. Bunday uchrashuvlar yoshlarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, ularning huquqiy bilim va faolligini oshirish, shuningdek, rahbariyat va yoshlar o‘rtasidagi ochiq muloqotni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

Xorazm viloyati Yuridik Texnikumi

Bog'lanish ma'lumotlari

O'zbekiston Respublikasi, Xorazm viloyati
Urganch tumani, Fayozov ko'chasi, 1-uy

+998 (62) 229-28-35
xoryuridiktexnikum@umail.uz

Dushanba – Juma / 9:00 – 18:00

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Talabalar uchun resurslar

Ommabop xabarlar

Sudya va yoshlar uchrashuvi
RAHBAR VA YOSHLAR UCHRASHUVI